loading...

Kometa nima? 

12660

Bir vaqtlar odamlar paydo bo’lgan kometalarni ko’rib dahshatga tushishgan. Ular kometani shayton alomati, vabo, urushlar va o’lim nishonasi deb bilishgan. Bugungi kunga kelib, kometalar nima ekanini bilsak-da, ular haqidagi ko’p narsalar hali bizga ma'lum emas. Kometaga ilk bor ko’zimiz tushganda, garchi diametri bir necha ming kilometrni tashkil etsa ham, uning kichik bir shu'lali jism ekanini kuzatamiz. Kometaning markazidagi kichik, yarqiroq yoruglik nuqtasini ham ko’rish mumkin. Ushbu yorug’lik nuqtasi kometaning yadrosi deb ataladi. Munajjimlarning fikricha, yadro muz va chang zarralari aralashmasidir. Bu aralashmadan diametri 0,5 dan 20 kilometrgacha bo’lgan shar hosil bo’ladi. Quyoshga yaqinlashishi bilan kometaning dumi paydo bo’ladi. Dum juda siyrak gaz va uta mayda zarralardan iborat bo’lib, ular kometa yadrosidan Quyosh ta'siri ostida ajralib chiqadi. Kometa yadrosini uning «po’stloq» deb atalmish uchinchi qismi o’rab turadi. U qattiq moddadan iborat yaqinlanib turuvchi bulutdir. Kometalar dumi turli shakl va o’lchamga ega. Ba'zilari — qisqa va keng, boshqalari esa uzun va ingichka. Ba'zi kometalarning esa, umuman, dumi yo’q. Kometa Quyoshga yaqinlashayotganda undan dum usib chiqadi va harakati ham tezlashadi. Bu vaqtda kometa boshi oldinda kuyi harakat qiladi. So’ngra qiziq bir vaziyat yuz beradi. Kometa Quyoshdan uzoqlashgani sari dumi uning oldiga o’tadi. Buning sababi shundaki, Quyosh nurlari kometa yadrosidan materiyaning mayda zarralarini yulib oladi va uning Quyoshga teskari bo’lgan yo’nalishda dumi paydo bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun kometa Quyoshdan uzoqlashayotganda dumi oldinda harakatlana boshlaydi. Bu vaqtda kometaning tezligi pasayadi va asta-sekin ko’zimizga ko’rinmay qoladi. Kometalar uzoq yillar yo’q bo'lib ketishi ham mumkin, ammo aksariyati vaqt o’tishi bilan qaytib keladi. Ular Quyosh atrofida aylanadi. Ayrimlarining Quyosh atrofida bir marta to’la aylanib chiqishi uchun juda ko’p vaqt talab etiladi. Masalan, Gatley kometasi Quyosh atrofida 76-yilda bir marta to’la aylanib chiqadi. Galley kometasi ilk marta xitoylik bir rassom chizgan suratda meloddan avvalgi 168-yilda o’z aksini topgan. 1682-yilda Britaniya qiroli mo’najjimi Edmund Galley bu kometaning harakatini kuzatish jarayonida olib borgan o’z yozuvlarini sinchiklab tekshirib chiqqandan so’ng, aynan shu kometa har 76 yilda Yerga yaqin kelib ketishini aniqladi. Bu kometani inglizlar 1066-yili Gastings yaqinidagi jang arafasida ko’rishgan. 1986-yili Galley kometasi to’g’risida ma'lumot to’plash uchun kosmik kema uchirildi. Kema kometaning shakli va o’lchamlarini ko’rsatuvchi 2000 ta suratni Yerga yubordi. Aniqlashicha, kometa olimlar taxmin qilganidan ikki marta katta ekan. Uning uzunligi 16 km.dan oshiq, eni esa 10 km atrofida. Munajjimlar bugungi kungacha 1000 ga yaqin kometani ro’yxatga olishgan, ammo bizning Quyosh sistemamizda ko’zga ko’rinmaydigan kometalarning soni bir necha yuz mingdan oshiq bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas. Har bir asrda kometalar Quyosh yaqinidan shu darajada ko’p o’tadiki, ularning yorqin va porloq "dumi”ni Yerdan ham ko’rish mumkin bo’ladi. Kometani faqat Quyoshning yonidan o’tayotganda kuzatish mumkin. So’ngra Quyosh kometa yadrosidagi muzni bug’lantirib yuboradi. Quyoshdan chiqayotgan radiatsiya gazlar orqali o’tib, ularni ionlaydi va bu gazlar nurlanishiga sabab bo’ladi. 

KOMETA PORTLASHI MUMKINMI?

  Ko’pchilik to shu kungacha, kometalar Yerga katta ziyon yetkazishi mumkin, deb hisoblaydi. Masalan, ayni paytda Yerdan unchalik uzoqda bo’lmagan kometa portlasa, nima bo’lishi mumkin? Bilishimizcha, kometalar portlamaydi. Kometalar Quyosh atrofidagi o’z orbitasi bo’ylab ma'lum bir tezlikda harakat qiladi. Ko’pgina kometalarning orbitasi shu darajada cho’zinchoqki, ularning shakli uzaytirilgan yo’g’on sigaretani eslatadi. Kometalar orbitasi ularga yaqin yulduzlarning yonidan o’tadi. Kometa o’z orbitasini bir marta aylanib chiqishi uchun minglab yillar kerak bo’ladi. Ular butunlay ko’zdan yo’qolganday tuyuladi, aslida esa ko’rish maydonidan chiqib ketgan bo’ladi. Sayyoralarning tortish kuchi kometalarga juda qattiq ta'sir qiladi. Ayrim kometalar bunday tortish kuchlari ta'sirida o’z orbitasidan chiqib ketadi va orbitasi qisqarib qoladi. Masalan, Yupiter — Mushtariy shunday yo`l bilan juda ko`p kometa to`plagan, ularning har biri Quyosh atrofida 6 yillik davr bilan aylanadi. Ma'lum bir vaqt muntazamligi bilan paydo bo`lib turadigan kometalar davriy kometalar deb ataladi. Kometalar abadiy yo`qolib ketishi mumkin-mi? Ayrimlari yo`qolib ham ketadi. Munajjim Vilgelm fon Bila 1826-yili ana shunday «yo`qolib ketgan kometalar»dan birini izlab topdi. U bir necha bor paydo bo`ldi, har safar paydo bo`lganida uni yuzlab munajjimlar kuzatishdi. So`ngra 1846 yili kometa ikkiga bo’lindi va undan ikkita kometa hosil bo`ldi. Undan ham keyin Bila kometasining ikki bo`lagi juda kichik qismlarga parchalanib ketdi. Mutaxassislar, bu bo`laklar noyabr oxirida osmonda paydo bo’ladigan meteorit yomg’irini hosil qilgan, deyishadi. Bila kometasi tarixidan shu narsa ma'lum bo`ladiki, darhaqiqat, kometalar yo`q bo`lib ketadi; ular parchalanadi, orbitasidan chiqib ketadi va meteorit changiga aylanadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash