loading...

Afrikada yer yorildi, u qit’ani ikkiga bo’lib yuborishi mumkin! 

2765

Keniyada juda katta yoriq paydo bo’ldi. Mutaxassislarning fikricha, u Afrika qit’asining ikkiga bo’linib ketishiga sababchi bo’lishi mumkin. Ushbu voqea aks etgan video Daily Nation nashrining YouTube’dagi kanalida paydo bo’ldi.

Ushbu yoriq Nayrobi va Narok shaharlari o’rtasida kutilmaganda paydo bo’ldi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko’ra, u bir necha kilometr masofaga cho’zilgan, balki butun qit’ani egallab olishi ham mumkin.

Yoriqning eni olti metrni, chuqurligi esa 15 metrni tashkil etadi. Uning bir qismi avtomobil yo’lidan o’tgan. Shu sabab transportlar harakati bilan bog`liq muammolar oshishi kutilmoqda.

Olimlarning aytishicha, bu yerda ikkita tektonik plitalar chegarasi joylashgan. Ilgari ular bir-biridan har yili uch santimetrga uzoqlashayotgan edi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash