loading...

Mis nima? 

4917

  Odamzot misni barcha metallardan oldin kashf etgan. Tarix boshlanmasidan oldingi davrlarda tosh davri odamlari tomonidan ham misdan foydalanilgan. Mis u paytlarda toza shaklda — yaxlit yombi va hech bir aralashmasiz dona-dona ҳolda topilgan. Ehtimol, misni inson ilk bor tabiatning go’zal hodisasi sifatida qo’lga olgandir. Shundan keyin u buyuk kashfiyot qilib, bu g’aroyib qizg’ish toshni har xil shaklga solib ishlash mumkinligini payqadi. Bu chaqmoqtoshni qiynalib urib sindirishga nisbatan ancha odmi qurol-yarog’ va pichoq yasash usuli edi. Keyin oradan ancha zamonlar o’tdi, dunyoga kelgan yangi odamlar bu qizil toshlarni eritib, ulardan mis likopcha va ko’zalar yasashni o’rgandilar. Xuddi o’sha davrlarda misni qazib olish va undan rang-barang asbob-uskunalar va buyumlar yasash boshlandi.   Minglab yillar mobaynida mis yagona qayta ishlanadigan metall bo’lib keldi, sababi oltin nihoyatda kamyob metall edi, bundan tashqari u g’oyatda yumshoq bo’lib turli maqsadlarda qayta ishlashga yaroqsiz edi. Mis asbob-uskunalardan, ehtimol, buyuk Misr ehromlarini qurishda ham foydalanilgandir.    Bronza kashf etilgach (u mis va qalayi qotishmasidir), mis yanada ko’p miqdorda qazib olipa boshladi. Biroq temir topilganidan keyin mis ma'lum bir miqdorda ishlatiladigan bo’lib qoldi, uni asosan taraqqiyotning eng quyi darajasidagi xalqlargina ishlatishardi. Elektr energiyasi davri boshlanguniga qadar ahvol shu tarzda qoldi. Mis o’zidan elektrni yaxshi o’tkazadi, shu sababli u zamonaviy sanoatda keng qo’llaniladi. Kamdan-kam odamlargina misni sof holda ko’rishgan, shu sababli uni ko’rishganida ham tanishadi deb bo’lmaydi. U kumushsimon va jinday pushtirang tusli moddadir, ochiq havoga to’qnash kelsa, qizg’ish tusga kiradi. Odatda biz ko’rib turadigan mis qizg’ishjigarrant tuslidir. Bu rang mis oksidiga xos bo’lib, metalning havo bilan o’zaro ta'siri natijasida yuzaga keladi. Dunyodagi misning katta qismi boshqa moddalar bilan birikkan holda mavjuddir. Misni ishlatishdan oldin ulardan ajratib olinadi. Aksariyat hollarda mis oltingugurtli moddalar bilan yonma-yon bo’ladi, ular esa o’z navbatida yana temir va margimush bilan birikkanligi sababli ulardan misni ajratib olish osonmas. Mis boshqa ko’pgina metallar bilan raqobatni boshdan kechirib yashab kelayotganidan tashqari yana boshqa bir qator xossalarga egadir. U ancha mustahkam metallardan biri bo’lishi bilan birga yetarli darajada qayishqoq hamdir, uni cho’zish, qayta ishlash asosida istalgan shaklga solish mumkin. U issiq o’tkazuvchanlikda elektrdan qolishmaydi. Misda o’ymakorlik usulida naqshlar ishlash mumkin. Biroq uni osonlik bilan sindirib bo’lmaydi. Bundan tashqari, uni boshqa metallarga qo’shib bronza va latun birikmalarini olish mumkin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash