loading...

Zumrad qayerdan paydo bo`lgan? 

7363

Zumrad — eng yumshoq nodir toshlardan biri. U berilliy ma'dan toshlari guruhiga kiradi. Eng a'lo navli zumrad jilolarga boy, sof yashil tusda bo’ladi. Biroq benuqson tosh kamdan-kam topiladi, shuning uchun topilgan noyob toshlar nihoyatda qimmatlidir.

ZUMRAD QAYERDAN PAYDO BO’LGAN?
 Zumrad — eng yumshoq nodir toshlardan biri. U berilliy ma'dan toshlari guruhiga kiradi. Eng a'lo navli zumrad jilolarga boy, sof yashil tusda bo’ladi. Biroq benuqson tosh kamdan-kam topiladi, shuning uchun topilgan noyob toshlar nihoyatda qimmatlidir. Qadim zamonlarda zumradning barcha xillari Misrdagi shaxtalarda kovlab olingan. Lekin topilgan zumradlar miqdori aytarli ko’p emas. Eng a'lo navli zumradlar bizning zamonamizda Kolumbiya poytaxti — Bogota yonidagi shaxtalardan qazib olinmoqda. Rossiyaning Ural tog’larida, Zaltsburgning baland o’tloqli tog’larida ham zumrad konlari bor. Zumrad konlarining eng so’nggilaridan biri Transvaal (JAR)da topib ishga tushirildi. Zumrad to’g’risida ko’pgina afsonalar saqlanib qolgan. Ulardan birida naql qilinishicha, Iso payg’ambar o’z umrining so’nggi kechasida sharob to’ldirib ichgan Graal shokosasi yirik zumraddan kesib tayyorlangan ekan. Zumrad shifobaxsh xususiyatga ega, masalan, tutqanoq kasalligini davolaydi, deb ham hisoblashadi. Boshqa bir qadimiy afsonaga ko’ra, zumrad o’z sohibiga kelajakni bashorat qiladigan kuch bag’ishlar ekan. Yana aytishadiki, zumradning yashil bag’riga tikilib turib kelajak hayotingizda yuz beradigan narsalarni ko’rishingiz mumkin ekan. Maydalanmagan eng katta ma'lum va mashҳur zumradning uzunligi 5 sm va diametri ҳam 5 sm keladi. Yarimnodir toshlar tabiatda ancha ko’p uchraydi. Ametistlar, qora opal, sariq topaz, akvamarin, yashil tusli nefrit (uni Xitoyda juda xush ko’rishadi), sirkon, xrizolit va boshqalar shu turdagi ma'danlardir.
 METALL ILK BOR QACHON QO’LLANILGAN?
  Bundan 6000 yil muqaddam inson tosh asrida yashagan. Shuning uchun ham «tosh asri» deyiladiki, barcha mehnat va ov qurollari u davrda faqat toshdan yasalgan edi. Inson hali metalldan qurol-aslaha ishlashni o’rganmagan edi. Odamzot ilk marotaba foydalangan metallar, ehtimol, mis va oltin bo’lsa, ajab emas. Buning sababi shundaki, ushbu metallar tabiatda ham sof holatida, ham rudalar tarkibida mavjud edi. Odamlar mis va oltin yombilarini topib, ularni eritmasdan har xil shaklga sola olishi mumkin edi. Biz bu metallar odamlar tomonidan qachon kashf etilganini aytib bera olmaymiz, biroq mis miloddan avvalgi 5-mingyillikda qo’llanila boshlanganini tasdiqlovchi ma'lumotlar bor. Miloddan oldin 4-mingyillikning boshlanishi arafasida oltin ham muomalaga kiritilgan. Miloddan avvalgi 3-mingyillikda inson metall bilan ishlash sohasida ko’p narsalarni o’rgandi. Bu davrga kelib, kumush va qo’rg’oshin ham kashf etildi. Biroq mis baribir o’z qattiqligi va keng tarqalganligi sababli eng ko’p ishlatiladigan metall turi edi. Dastlab odamzot metalldan o’zi uchun foydali narsalarni — idishlar, asbob-uskunalar va qurol-aslahalarni yasashni o’rgandi. Metalni bolg’alab qayta ishlash jarayonida u metallni toblash (ya'ni metall avval yumshoq va egiluvchan holga kelguniga qadar qizdiriladi, keyin shitob bilan sovutiladi), eritish, quyish va shaklga quyish jarayonlarini o’zlashtirdi. U ayni paytda rudadan metall olishni o’rgandi, chunki toza metaldan kura ruda tarkibida metall ko’proqdir. Keyinchalik inson qalayini topdi va uni mis bilan qorishtirishni o’rganib, yanada qattiqroq metall bo’lgan — bronzani olishni o’rgandi. Miloddan avvalgi taxminan 3500-yildan to 1200-yilga qadar bronza asbob-uskuna va qurol-aslaha tayyorlashda eng muhim xomashyo bo’lib xizmat qildi. Bu davr tarixda bronza davri deb ataladi. Inson yerga tushgan meteoritlarni topib olib, shu asosda metallni ruda tarkibidan olishni ancha oldin o’zi uchun kashf etdi. Miloddan avvalgi 1200 yilda inson temirni qayta ishlashni o’rgandi va bu hunar avloddan-avlodga meros qoldi. Temir ko’p hollarda bronza o’rnini egalladi. Bu, temir davrining boshlanishi edi. Rim imperiyasi davriga kelib insonga allaqachon oltin, mis, kumush, qo’rg’oshin, qalayi, temir va simob kabi yetti xil metall ma'lum edi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash