loading...

Qimmatbaho toshlar haqida 20 ta qiziqarli dalil 

20282

1. Bugungi kunda 4 mingtadan ko‘p minerallar ma’lum. Har yili o‘ntalab yangi minerallar turlari kashf qilinib, bir nechtasi "yopiladi” – bunday mineral mavjud emasligi isbotlanadi.
2. Barcha qimmat baho toshlar qo‘lda olinadi.
3. O‘rtacha hisobda, Kolumbiyada topilgan bir karat zumradga 20 tonna qayta ishlangan tuproq to‘g‘ri keladi.
4. Olmos – birgina kimyoviy element – ugleroddan iborat bo‘lgan, yagona qimmatbaho tosh.
5. Minerallar soni doimo kamayib bormoqda, shuning uchun ziynat buyumlar narhi doimo oshib boradi.
6. O‘ziga xos (chumoli) yoqut bor, uning konlarini faqatgina, chumolilar uylari oldida topish mumkin. Bu mineral kristallari faqatgina chumolilar inlari yonida topiladi. In qurish paytida, hashoratlar bu mineral kristallarini yerning ustki qatlamiga tashlashadi. Bu chumolilar AQShning "4 burchak” nomli joyida istiqomat qilishadi.
7. Ko‘pchilik, olmos faqat rangsiz bo‘lishi mumkin degan xato fikrlaydilar. Haqiqatda esa, olmos ranglar palitrasiga har qaysi qimmat baho tosh havas qilishiga arziydi. Ammo, hozirda, hamma rangli olmoslar rangi ham, tabiiy emas. Ko‘pgina toshlarga sun’iy ravishda rang berishadi. Bu ularning kamyobligi bilan tushuntiriladi.
8. Moos shkalasi (qattiqlikning mineralogik shkalasi) ishlab chiqarilganligiga qadar, toshlarni ranglarga qarab ajratishgan. Shunday qilib, barcha yashil toshlar zumrad, qizil toshlar esa, yoqutga aylangan.
9. Haqiqiy zumrad, brilliantdan qimmat.
10. Yoqutlarning 95%i sun’iy ravishda yaxshilantiriladi. Bundan faqatgina haqiqatdan ham katta va o‘ta chiroyli toshlar xalos bo‘lishlari mumkin.
11. Yoqut va sapfir – bir xil narsa. Bu toshlar orasidagi farq ularning rangidadir.
12. Barcha topilgan olmoslarning 90%i, sanoatda foydalaniladi va faqatgina 10%i zargarlik do‘konlariga boradi.
13. Aleksandrit shoh Aleksandr, bo‘lajak imperator Aleksandr II sharafiga nomlangan.
14. Akvamarin va zumrad – bir xil narsa, gap shundaki, turli xil kimyoviy elementlar aralashmasi, har xil rang beradi. Xrom zumradga yashil, alyuminiy esa, akvamaringa havo rang beradi.
15. Topaz, quyoshda xiralashish va rang yo‘qotish kabi yomon odatlarga ega. Shuning uchun, bu mineral mavjud bo‘lgan zeb-ziynatlarni plyajga taqmaslik maslahat qilinadi.
16. "Qizil zumrad” ham mavjud. Aslida esa, bu – berillning qizil rangdagi turi, Biksbit. Bu o‘ta kamyob mineral bo‘lib, u faqat AQShning Yuta shtatida topiladi.
17. Pushti rangdagi topaz – ushbu mineralning eng nodir rangli turi. Aynan pushti topazlarni ko‘pincha soxtalashtirishadi.
18. Ba’zi minerallar juda havfli. Masalan, sharoit "minichernobыl”ga, kinovar esa "dars etgan simobli termometr”ga aylanishi mumkin.
19. Deyarli barcha zumradlar darzlar va aralashmalarga ega (har xil ma’lumotlarga ko‘ra, 90-95%). Lekin bu ularning narxini pasaytirmaydi, chunki mineral uning rangi va to‘yinganligi bo‘yicha baholanadi.
20. Kreml yulduzlari yoqut oynasidan yasalgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash