L - harfiga oid izohli lug`atlar
Lab - daryo, ko`ll, jar va boshqsa suv havzalari
sohilining qirg`oq bo`yi qismi.
Lava (lotincha labes –
ko`chki) - vulkan krateridan yoki yer po`stidagi yoriqlardan yer yuzasiga oqib
chiqib, gazlarining bir qismini yuqotgan magma. Yer yuzasida lava harorati 1000-1200
daraja bo`ladi. Lava qotishidan vulkan tog` jinslari,
masalan, bazalt hosil bo`ladi. Lava - vulqonlar og`zidan yoki yer po`stidagi yoriqlardan yer yuzasiga oqib chiqib, gazlarning bir qismini yo`qotgan magma.
Laguna (italyancha laguna, lotincha
lakus – ko`l) - dengizdan keltirma
marzalar orqali ajralgan tabiiy, sayoz suv havzasi. Xalqasimon marjon orollari O`rtasidagi
suv havzasi ham lava deb yuritiladi.
Laylak qor - ko`pincha bahorda yog`adigan yirik
pag`a-pag`a qor. Havoda ko`tarilma oqim kuchayib, turli haroratdagi havo
aralashgan vaqtda yog`adi. Bahorda laylak kelishi vaqtida ko`proq yoqqanidan laylak
qor deyiladi.
Lakkolit (yunoncha lakkos
- chuqurlik va litoye -
tosh) - uncha chuqur bo`lmagan yer qatlamlari
orasida qotib qolgan magmatik jism.
Shakli linzasimon yoki gumbazsimon bo`ladi, cho`kindi jinslar orasida tomirlar
hosil qiladi.
Langar - to`xtash joy, karvonsaroy,
qo`noq, manzil. «Aziz-avliyolar» ning mozori, qabri ham langar deyilgan. Joy
nomlari shaklida ko`p uchraydi.
Landshaft - tabiiy komplekslarni
umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, reylefi, iqlimi, tuproqlari, o`simlik turkumlari, hayvonot
dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy
chegaralarga ega bo`lgan hudud. Landshaftshunoslikda landshaftning uch xil talqini
mavjud: 1) regional tushunchada landshaftning yer yuzasining tabiiy
chegaralangan, uncha katta bo`lmagan qismi. Bu fikrni dastlab L.S.Berg taklif
etgan. L.S.Berg fikricha, landshaft
geografiyaning asosiy birligi, o`rganish ob’ekti; 2) Landshaft tipologik
tushunchalarni umumlashtiruvchi tushuncha. Masalan, tog`-o`rmon qo`ng`ir tuproqlaridagi bo`tazor - siyrak o`rmonlar
landshafti; 3) Landshaft umumiy tushuncha. Masalan, o`rmon landshafti, cho`l landshafti,
botqoq landshafti.
Landshaft
arxitekturasi - arxitekturaning bir bo`limi. Landhaft arxitekturasining asosiy vazifasi
arxitektura ob’yektlarini tabiiy landshaftga moslashtirishdan iborat.
Landshaft biotikasi - landshaftning biologik
komponentlari (o`simlik va hayvonot dunyosi) kompleksi. Landshaft biotikasini o`rganish
landshaftlarning biologik mohiyatini ochib beradi.
Landshaft geofizikasi (fizikasi)
- landshaftshunoslikning landshaftlarni va geografik prosesslarni fizika
metodlari yordamida o`rganuvchi tarmog`i. Landshaft geofizikasida modda va
energiya almashinuvining fizik jihatlariga; geografik qobiq va
landshaftlarning energetikasiga; chunonchi yer yuzasining radiatsiya va issiqlik
balansiga, tuproqlarning issiqlik hamda
namlik rejimiga katta e’tibor beriladi.
Landshaft geokimyosi (kimyosi)
- landshaftshunoslikning bir tarmog`i, landshaftdagi moddalar migratsiyasini o`rganuvchi
fan. Landshaft geokimyosida geokimyoning eng muhim g`oyalari va metodlari landshaftlarni
o`rganishda tadbiq qilinadi. XX asrning 40-yillarida tashkil topgan bu yo`nalishning
asoschisi - akademik B.B.Polinovdir. Landshaft-geokimyoviy tadqiqotlarda
biologik hamda texnogen modda almashinuviga, elementlar klarkiga hamda fizik-kimyoviy
jarayonlarga katta e’tibor beriladi. Landshaft geokimyoviy mohiyatini ochib beradi,
foydali qazilmalarni qidirib topish, tabiatni muhofaza qilish va tibbiyotda muhim
amaliy ahamiyatga ega.
Landshaft dinamikasi - landshaftdagi
oddiy mexanik harakatlardan to strukturasining o`zgarishigacha bo`lgan jarayon hamda
o`zgarishlar. Landshaft dinamikasi landshaftlarning rivojlanishiga, ya’ni sifat
jihatidan bir holatdan ikkinchi holatga o`tishiga sabab bo`ladi. Landshaft dinamikasining
eng muhim belgisi modda va energiya almashinuvidir. Landshaft
dinamikasini o`rganishda sutkalik mavsumiy va ko`p
yillik ritmik o`zgarishlarni hisobga olish katta ahamiyatga ega.
Landshaftlar klassifikatsiyasi -
landshaftlarni paydo bo`lishi, strukturasi va boshqa muhim belgilariga ko`ra
sistemaga solish, guruhlashtirish. Landshaftlarni klassifikatsiya qilishda ular
turli taksonomik birliklarga ajratiladi; bular: landshaft tipi, landshaft
kichik tipi, landshaft turi. Bir xil guruhga kiruvchi landshaftlar umumiy xu-
susiyatlarga ega bo`ladi. Buni hisobga olish esa, ularni o`rganishni
osonlashtiradi hamda o`zlashtirishda muhim amaliy ahamiyatga molikdir. Landshaft
klassifikatsiyasi tabiiy geografik rayonlashtirish muammosini hal qilishda ham
katta rol o`ynaydi.
Landshaft (tabiiy geografik kompleks) modellari - landshaft strukturasini grafik tarzda aks ettiruvchi sxemalar. Landshaftning monosistema va polisisema modeli mavjud.

Landshaftning
komponentlararo aloqalari - monosistema modelini,
turli katta-kichiklikdagi komplekslararo aloqalari polisistema
modelini hosil qiladi.
Landshaft morfologiyasi - landshaftshunoslikning bir tarmog`i. Landshaft morfologiyasi - landshaftlarning ichki tipologik komplekslari (fatsiya, joy va h. k.) ni, ya’ni morfologik birliklarini tadqiq qiladi. Landshaft morfologiyasi landshaftlar strukturasiga ko`ra morfologik birliklar majmuidan iborat deb qaraladi. Landshaft morfologiyasi yirik masshtabli landshaftshunoslik tadqiqotlari olib borishga imkon beradi, shuning uchun ham katta amaliy va nazariy ahamiyatga ega. Akademik V.B.Sochova rahbarligida rivojlantirilayotgan geotopologiya ham mazmuniga ko`ra Landshaft morfologiyasiga o`xshash.
Landshaft profili - landshaftning ma’lum bir yo`nalish bo`yicha o`tkazilgan grafik tasviri. Landshaft profilini tuzishda tanlab olingan gorizontal va vertikal masshtabda barcha tabiiy komponentlar: reylef, geologik tuzilish, tuproqlar, o`simliklar, iqlim elementlari tushiriladi, landshaft komplekslarining chegaralari belgilanadi. Landshaft profili landshaftning komponentlari va morfologik qismlari strukturasini hamda joylanishini yaqqol aks ettiradi.
Landshaft strukturasi - landshaftlarning tuzilishini, ya’ni komponentlari, kichik komplekslari hamda morfologik qismlari (fatsiya va h. k.) ning o`zaro ichki aloqasini hamda bir butunligini ifodalovchi atama. Landshaftlar strukturasiga ko`ra oddiy va murakkab bo`ladi. Masalan, muz zonasi landshaftlari oddiy strukturaga ega, tropik va subtropik landshaftlar esa murakkab strukturalidir. Murakkab strukturali landshaftlar komponentlarining ko`pligi, ular o`zaro aloqasining kuchliligi hamda landshaft komplekslarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Landshaft sferasi - geografik qobiqning troposfera, litosfera va gidrosfera bevosita tutashgan, nisbatan yupqa markaziy qismi. Landshaft sferasi geografik qobiqning biologik fokusidir. U hozirgi nurash po`stini, tuproq-o`simlik qoplamini, barcha tirik organizmlarni va havoning yerga tutashib turgan pastki qismini o`z ichiga oladi. Landshaft sferasining qalinligi tundrada va arktika sahrolarida 5-10 m dan tropiklarda 100-150 m gacha yetadi. Bu atamani F.N.Milkov tavsiya etgan. Ba’zi olimlar landshaft sferasini geografik qobiqning sinonimi deb qaraydilar.
Landshaft tiplari - morfologik strukturasi va tabiiy geografik sharoitiga ko`ra bir-biriga o`xshash regional y tipologik landshaft komplekslarining umumlashma nomi. Chunonchi, har bir geografik zonada muayyan bir landshaft tipi (tundra, tayga, o`rmonli dasht, dasht, cho`l va h. k.) ustun turadi.
Landshaft hosil qiluvchi omillar - geografik komplekslarning shakllanishida ishtirok etuvchi landshaft komponentlari: iqlim, geologik tuzilishi, relyef, tuproqlar, o`simliklar, hayvonot dunyosi. Landshaft hosil qiluvchi omillar zonal (iqlim, tuproqlar, o`simliklar, hayvonot dunyosi) va azonal (reylef, geologik tuzilishi) bo`ladi. Bundan tashqari, ular litogen (tog` jinslari, reylef shakllari), gidroiqlimiy (suv va havo) hamda biogen (o`simlik va hayvonot dunyosi) omillar deb ham yuritiladi. Har bir komponentning landshaft xili va tipini shakllantirishdagi roli hamda salmog`ini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Landshaftlar rekultivatsiyasi, yerlar rekultivatsiyasi - inson faoliyati ta’sirida muvozanati buzilgan yoki ishdan chiqqan tabiiy va antropogen landshaftlar (chunonchi, qishloq xo`jalik yerlari) ni tiklash, qayta ishga solish yoki ular o`rnida yangi tipdagi landshaftlar bunyod qilish. Landshaftlar rekultivatsiyasiga tog`-kon sanoati hududlaridagi terrikonlarni o`zlashtirish, qayta sho`rlangan va botqoq bosgan yerlarni tiklash, sanoat chiqindilari uyumlari o`rnida madaniy landshaftlar yaratish va boshqalar kiradi.
Landshaftlarning vertikal differensiatsiyasi (tabaqalanishi)- tekislik landshaftlarining reylefning past-balandligiga ko`ra sifat jihatidan o`zgarishi, almashinishi. Masalan, tekisliklardagi qir landshaftlari atrofidagi pasttekislik landshaftlaridan farq qiladi.

Landshaftlarning progressiv elementlari - landshaftning kelgusi
rivojlanish yo`lidan darak beruvchi eng dinamik elementlar. Masalan, dasht
zonasida orol tarzida kichik-kichik o`rmonlarning paydo bo`lishi, doimiy muzloqlarning
ayrim joylarda erib ketishi, muzlik reylefi hududlarida erozion reylefning
rivojlanishi, o`rmon zonasining ayrim joylarida dasht landshaftlarining paydo bo`lishi
va h.k. Landshaftlarning progressiv elementlari landshaftlar rivojini bashorat qilishda
muhim ko`rsatkichdir.
Landshaftning yoshi - hozirgi landshaftlar strukturasi shakllana boshlagan vaqt. Masalan, O`rta Osiyodagi tekislik landshaftlarining yoshi oligotsen epoxasiga to`g`ri keladi. Chunki, paleogen davrining oxirida - oligotsen epoxasida Turon tekisligi o`rnidagi dengiz chekinib, bu yerda kontinental (quruqlik) landshaftlar shakllana boshlagan.
Landshaftning relikt elementlari - qadimgi landshaftlarning hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan namunalari. Ular hozirgidan boshqacha tabiiy sharoitda paydo bo`lgan, shuning uchun ham hozirgi tabiiy sharoit bilan yetarli uyg`unlikka ega emas. Landshaftning relekt elementlariga cho`llardagi qadimgi daryo vodiylari – o`zbo`ylar, daryo tirsaklarining asosiy o`zandan ajralib qolib ko`lmak hamda botqoqlik landshaftlarini hosil qilishi va h.k. lar kiradi. Ular landshaftlarning rivojlanish tarixini o`rganishda muhim ahamiyatga ega.
Landshaftshunoslik - Yerning landshaft qobig`i va uni tashkil etgan landshaft komplekslarini, bu komplekslarning tuzilishi, geografik joylashishi, rivojlanishi, xo`jalikda foydalanishini o`rganuvchi fan. Tabiiy geografiyaning bir tarmog`i. Landshaftshunoslik barcha geografik komplekslarni - landshaft qobig`i va geografik mintaqalardan tortib eng kichik komplekslargacha, ya’ni landshaft, joy, urochishegacha bo`lgan komplekslarni o`rganadi. Landshaftshunoslikni faqat landshaftni va uning tarkibiy qismlari bo`lgan joy, urochishe, fatsiyalarni o`rganadigan fandir, deb hisoblovchilar ham bor. Landshaftshunoslikning asosiy tadqiqot metodi bevosita joyda kuzatish, tabiiy komplekslarni xaritaga tushirish. Landshaftlar ta’rifi miqdoriy va sifat ko`rsatkichlariga asoslanadi. Landshaftshunoslik tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga va ularni muhofaza qilishga yordam beradi. Landshaftshunoslik faniga birinchi bo`lib V.V.Dokuchayev va uning shogirdlari asos solishgan. Ular tuproq zonalarini o`rganib, landshaftlarning zonallik qonuniyatini ishlab chiqishdi. Landshaftshunoslik keyingi yillarda ancha rivojlandi: landshaft, uning tuzilishi, komponentlari, tarkibiy qismlari, tadqiqot metodlariga bag`ishlangan anchagina ilmiy ishlar nashr qilindi. Mamlakatimiz turli joylarining landshaft xaritalari tuzildi.
Lapilli (lotincha lapillus - tosh parchasi) - vulkan otilganda uchib borayotib qotgan lavaning kichik (diametri bir necha sm gacha) parchalari va kraterdan chiqib qotib qolgan vulkan jinslari bo`laklari.
Laterit tuproqlar (lotincha later – g`isht) - sernam tropik o`rmonlar tagida tarkib topgan tuproqlar. Janubiy Amerikada, Markaziy Afrikada, Janubi-Sharqiy Osiyoda va Avstraliyaning shimolida keng maydonlarda tarqalgan. Tarkibida temir ko`pligidan rangi ko`proq qizil bo`ladi. Ustki qismida chirindi 4-6%. Laterit tuproqli o`lkalarda sholi, kakao, geveya, kofe va boshqa ekinlar ekiladi.
Latifundiya (lotincha latus - keng va fundus - mulk) - katta yer pomestesi; bunda yer egasi (latifundiyachi) yerni ishlatish uchun ekspluatatsiyaning turli shakllaridan foydalanadi, jumladan, ijaraga beradi va h. k.

Legenda (lotincha legenda –
o`qilishi kerak bo`lgan narsa) - xarita mazmunini ochib beradigan barcha
shartli belgilar va izohlar. Legenda xaritalarning chetlariga yoki xarita
ramkasi ichidagi bo`sh yerga joylashtiriladi. Atlas va ko`p sahifali xaritalarda
legenda alohida sahifaga bosiladi yoki broshyura holida ilova qilinadi.
Legirlash (nemischa legiyeren - eritmoq) - metall yoki metall qotishmalarining mexanik, fizik, kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash uchun ularga boshqa metallar (ba’zan, metallmaslar) yoki metall qotishmalari qo`shish. Legirlovchi elementlar (xrom, nikel, mis va b.) odatda, suyuq holatdagi metall yoki metall qotishmalariga qo`shiladi. Legirlash yo`li bilan butunlay yangi xossalarga ega bo`lgan metall qotish malar olinadi. Qattiq jism sirtini ionlar bilan bombardimon qilib, shu jism ichiga tashqi atomlarni kiritish jarayoni ham legirlash deb ataladi.
Lyoss (nemischa) – sarg`ish, mayda zarrali, bo`shoq tog` jinsi. Tarkibida gil mineralardan tashqari, kvars, slyuda, dala shpati, kalsit, temir ikki okidi zarrachalari ham bo`ladi. Lyoss orasida karbonat donachalari uchraydi. Lyosslarning qalinligi bir necha metrdan 400 metrgacha boradi. Lyoss ustida hosil bo`lgan tuproqlar unumdor bo`ladi. Lyoss oqar suvlar, ko`l, muzlik yotqiziqlaridan, shamol keltirmalaridan vujudga keladi. Lyossda kapillyar naychalar tik joylashganligidan lyossdagi jarlar tik devor hosil qiladi.
Lignit (lotincha lignum – daraxt) – qo`ng`ir ko`mir turlaridan biri. Yog`ochli qoldiqlari aniq ko`rinib turadi. Kukun qo`ngir ko`mirga qaraganda yopishqoq bo`ladi. Issiqlik qobiliyati 5-6 ming kkall. Yoqilg`i, kimyo sanoati uchun xom ashyo bo`ladi.
Liman (yunoncha limen - gavan, qo`ltiqcha) - 1) qirg`oqlari uncha baland bo`lmagan va qiyaroq, qing`ir-qiyshiq qo`ltiq. Liman dengiz sohilining pasayib, tekisliklardagi daryo, vodiylarning suv bosishidan hosil bo`ladi. Liman maydoni bir necha m.kv dan unlab km.kv ga boradi. Azov va Qora dengizning shimoliy sohillarida limanlar ko`p. 2) Yevropaning qurg`oqchil janubi-sharqiy hududlaridagi sayoz pastliklar. Bahorda limanga qor-muz suvlari to`lib, ko`llar hosil qiladi, yozda esa qurib qoladi. Bunday limanlardan o`tloq sifatida foydalaniladi.
Litogen omillar - landshaft hosil bo`lishining geologik-geomorfologik omillari.
Litoral (lotincha litoralis – qirg`oq bo`yi, sohil) - dengiz suvi qaytganda dengiz tubining ochilib qoladigan qismi. Sutkasiga ikki marta suv ostida qoladi va ikki marta suvdan ochiladi. Tubining qiyaligi va suvning ko`tarilishi - qaytishi amplitudasiga qarab litoralning eni bir necha metrdan bir necha kilometrgacha bo`lishi mumkin. Zamini xususiyatlariga qarab balchiqli, qumli, toshli va qoyali litorallar bo`ladi.
Loy - 1) zarrachalari juda mayda (fraksiyasining diametri 0,01 mm dan kichik) mayin tog` jinslari. Loy tabiiy holatda, suvga bo`kkanda yopishqoq va plastik xususiyatga ega bo`ladi. Suvni yomon o`tkazadi. Kelib chiqishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: a) qoldiq loy. Ular jinslarnig nurashidan hosil bo`lib, o`z joyida saqlanib qoladi; b) cho`kindi loy - suv, shamol, muz vositasida boshqa joydan keltirib yotqizilgan loy. Loy yotqiziqlari quriganda palaxsa-palaxsa bo`lib yorilib ketadi.
Lot (gollandcha lood) - dengiz, ko`l va boshqa suvlarning chuqurligini o`lchaydigan asbob. Oddiy (dastaki), Mexanik va gidroakustik xillari bor. Oddiy lot metrlarga bo`lingan sim (lotlin) uchiga konus (piramida) shaklidagi qo`rg`oshin yoki cho`yan (3,5-5 kg) bog`langan moslamadan iborat bo`lib, 50 m gacha chuqurlikni o`lchashga imkon beradi. Mexanik lot suvga botirilgan naychadagi gidrostatik bosimni o`lchashga asoslangan, naychaning bir uchi kavsharlangan, suvga botiriladigan ikkinchi uchi esa ochiq bo`ladi. Suv juda chuqur bo`lsa, gidroakustik lot bilan o`lchanadi.
Lub ekinlari, lub tolali ekinlar - lub tolasi uchun o`stiriladigan o`simliklar (zig`ir, nasha, kanop, jut, rami, kandir va b.). MDHda, asosan, zig`ir va kanop ekiladi. Lub ekinlari tolasidan xar xil matolar, kanop, arqon, baliq tutadigan to`rlar, brezent paloq va boshqalar tayyorlanadi. Urug`i tarkibidagi moydan oziq-ovqat uchun va texnika maqsadlarida foydalaniladi. Kunjarasi hayvonlar uchun yaxshi oziq. Poyasidan qurilish plitalari, qog`oz, termoizolyatsiya materiallari tayyorlanadi. O`zbekiston va Turkmanis- tonda kanop va jut ekiladi.

Laplandiya - "qorli yer" degan ma`noni bildiradi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.