11-fevral Yaponiya davlati tashkil topgan kun.
11-fevral – "Davlat tashkil topgan kun” bayrami Yaponiyada "Milliy bayramlar haqida”gi qonun bilan joriy qilingan, shuning shiori: "Davlat tashkil topgan kunni eslash, mamlakatni sevadigan yurakni tarbiyalashdir”. Bayram har yili 11-fevral kuni nishonlanadi va umumxalq dam olish kuni hisoblanadi. Zamonaviy Yaponiya – bu tezkorlik va megapolislar kengligidir. Yaponiya tarixi kitobida, Nara davri (710-794) paytidan boshlangan davlat solnomasida shunday deyilgan: yapon davlati tashkil topgan kun - taxtga birinchi Yaponiya imperatori – Dzimmu kelgan kun hisoblangan. Bu sana Grigorian kalendari bo‘yicha eramizdan avvalgi 660-yilning 11-fevraliga to‘g‘ri kelgan. Birinchi Yaponiya imperatori – Dzimmu eramizdan avvalgi 660-585-yillarda davlatni boshqargan. 1966 yilda "Davlat tashkil topgan kun” bayrami rasmiy tarzda Yaponiyaning milliy bayramlari ro‘yxatiga kiritilgan, lekin qonun 1967-yilda kuchga kirgan. Yaponlar o‘z navbatida - o‘z mamlakatining vatanparvarlari hisoblanadi.
11-fevral – Kamerunda "Milliy yoshlar kuni” bayrami
11-fevral Kamerunda "Milliy yoshlar kuni” – har bir insonning va barchaning bayramidir. Kamerunda "Milliy yoshlar kuni”ni nishonlash yoshlarning siyosiy ,iqtisodiy va davlatning madaniy hayotida muhim o‘rin egallashidan dalolat beradi. Bu bayram 1961-yildan boshlab Kamerunning ikki qismi birlashtirilgan keyin mamlakatda nishonlangan. 1967 yildan Kamerunda "Yoshlar kuni” milliy bayram hisoblanib, yoshlarning jamoat hayotidagi muhim o‘rnini rasman belgilab berdi. Milliy yoshlar kunidan oldinroq Yoshlar haftaligi o‘tkazilib kelingan, 1967-yildan boshlab Yoshlar haftaligi yildan yilga turli shiorlar ostida o‘tkazilgan. Kunning dolzarb mavzulari Spidga qarshi kurash muammolari, Kamerunning kelajagi va majburiyatlari, tadbirkorlik va boshqalar. Bu bayramni ommaviylashtirish juda zarur. Yoshlarning yutuqlarini rag‘batlantirishda, ularning xalqaro dunyoqarashini kengaytirish va yangi muloqotlarni joriy qilishda, yosh avlod ongiga halollik, hurmat va adolatparvarlik kabi tuyg‘ularni singdirishda bayramning o‘rni juda muhimdir.
11-fevral - Butunjahon bemorlar kuni
"Butunjahon bemorlar kuni” - dunyo bo’yicha bemorlarning muammolariga e'tibor qaratish maqsadida tashkil etilgan. Bu bayram har yili 11-fevralda o’tkaziladigan ijtimoiy tadbirlardan tashkil topgan. "Butunjahon bemorlar kuni” 1993-yildan boshlab nishonlana boshlandi. Bu bayram Rim Papasi Ioann Pavel II tashabbusi bilan 1992-yil 13-mayda tasdiqlandi. Bayramning maqsadi - bemorlarni parvarish qilishda ularga eng yaxshi sharoitlarni yaratib berish, bemorlarning dardlariga hamdard bo’lish, og’riqlarini yengillashtirish uchun ko’maklashish. Shu maqsadda o’tkaziladigan barcha tadbirlarga fuqarolarni, aholini keng jalb qilish ko’zda tutiladi. Shu kuni bayramga bag’ishlangan turli aksiyalar, tadbirlar, konsertlar, mavzuli filmlar namoyishi, suhbatlar o’tkaziladi.
Fransiyaning San-Rafael shaharchasida Mimoza gullari festival kun
11-19-fevral kunlari Fratsiyaning San-Rafael shaharchasida Mimoza gullari festivali bo‘lib o‘tadi. Bu gullarning ochilishi qishning yakunini ifodalaydi va San-Rafael aholisi Mimoza gullari bayramini nishonlaydi. Gullar namoyishini San-Rafael shahri o‘tgan asrning 20 yillaridan boshlab o‘tkazib keladi, yildan yilga bu bayram keng ko‘lamda nishonlanib, chiroy ochib bormoqda. Tadbirda Mimoza gullari bilan bezatilgan aravalar musiqa hamrohligida shahar ko‘chalari bo‘ylab yurishlar o‘tkaziladi. Mimoza guli XIX asrda britaniyalik botanik - olim tomonidan quyoshli Avstraliya o‘lkasidan Fransiyaga olib kelingan. Shundan buyon Nitssa va Kann sohili balandliklari mimoza gullariga burkanib turаdi. Bayram 10 kun davom etadi. Shu 10 kun ichida mimoza guli ifori kelib turuvchi attorlik yarmarkasi, ko‘rgazmalar, bal va turli xil tanlovlar o‘tkaziladi. Mimozalar festivali - bu kuy va raqs, teatrlashgan sahna ko‘rinishlari, gullardan yasalgan ajoyib kompozitsiyalar namoyishidir.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.