loading...

17-fevral Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun. 

4279

17-fevral -  Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863-yil, Jeneva) XALQARO QIZIL XOCH VA QIZIL YARIM OY HARAKATI - umumjahon, insonparvarlik harakati. 1863-yilda asos solingan. Mazkur harakat 3 tuzilma — Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi (XQXQ); Xalqaro Qizil xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi (XQX va QYaOJF): Qizil Xoch va Qizil yarim Oy Millik jamiyatlari (MJ)dan iborat: Xalqaro Qizil xoch va  Qizil yarim Oy harakati uchchala tuzilmasining faoliyat vakolatlari Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy harakatining Ustavi (1986) va Sevilya bitimi (1999) asosida belgilangan. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi insonparvarlik tashkilotidir. Asosan, qurolli to‘qnashuvlarda jabrlanganlar, quruqlik va dengizdagi yarador va bemor harbiy xizmatchilar, harbiy mahbuslar, fuqaro aholiga yordam berish, shuningdek, harbiy nizolar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida ajrashib qolgan hamda bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish vazifasini bajarib, betaraf vositachi sifatida insonparvarlik yordami ko‘rsatadi.Tinchlik sohasidagi faoliyat uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan (1917, 1944, 1963-yillar). Qarorgohi Jeneva shahrida. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarym Oy jamiyatlari federatsiyasi 1919-yil tuzilgan insonparvarlik tashkiloti. Dunyoning 181 mamlakati Milliy jamiyatlarini birlashtiradi (2004). Asosan, tabiiy ofatlarga tayyorlanish va ularga munosabat bildirishda Milliy jamiyatlarga yordam berish, tabiiy ofatlar, texnikaviy va sanoatdagi avariyalar, falokatlarda alohida xalqaro insonparvarlik yordami ko‘rsatishga oid amallarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, aholi salomatligi profilaktikasi,eng muhtoj kishilarga qarash va ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash, aholini 1-yordam ko‘rsatishga o‘qitish, ko‘ngillilikni rivojlantirish vazifasi bilan shug‘ullanadi. XQX va QYaOJF faoliyatini Kotibiyat ta’minlab turadi. U Jeneva shahrida joylashgan. Qizil Xoch va Qizil yarim Oy Milliy jamiyatlari — xukumatlari  Jeneva konvensiyalariga imzo chekkan mamla-katlardagi Milliy jamiyatlar. Qoidaga ko‘ra, har bir mamlakatda faqat bitta Qizil Xoch yoki Qizil yarim Oy Milliy jamiyati tuzilishi mumkin.O‘zbekiston Qizil yarim Oy jamiyati 1925-yil tashkil etilgan bo‘lib, 1992-yilda mustaqil Milliy jamiyat maqomiga erishdi. 1995-yilda Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi tomonidan e’tirof etilib, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasiga azo bo‘ldi.

1936-yil 17-fevral – To‘raqo‘rg‘on tumani tashkil etilgan kun
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani. Viloyatning markaziy qismida joylashgan. 1936-yil 17-fevralda tashkil etilgan. Maydoni 0,33 ming km.kv. Aholisi asosan, o‘zbeklar, shuningdek, qozoq, qirg‘iz, tojik, rus, tatar, uyg‘ur, ukrain, yaxudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 1 shahar (To‘raqo‘rg‘on), 1 shaharcha (Oqtosh), 8 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – To‘raqo‘rg‘on shahri.

Tumanning shimoliy-sharqiy va janubiy qismi tekislik, g‘arbiy qismi esa tog‘ etaklari va Yertikan, Boqibaland, Kengko‘lsoy, Nahor va Rezaksoy adirlaridan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Tumanning janubiy qismidan Sumsarsoy soylari oqib o‘tadi. Shimoliy Farg‘ona, Mosh kanallari ham mavjud.

17-fevral – Xalqaro Mehr ko'rsatish kuni
Xalqaro mehr ko'rsatish kuni - norasmiy bayram bo'lib, bir qator xalqaro xayriya tashkilotlarining tashabbusi bilan tashkil etilgan.Ularning fikricha bu bayram dunyoviy ahamiyatga ega. Tokioda 1998-yil 13-noyabrda Dunyo bo'yicha Mehr ko'rsatish harakatining birinchi konferensiyasi o'tkazildi. Bu tadbirda Yaponiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Singapur va Tailand ishtirok etdilar. Ular bu bayramning 17-fevral kuni nishonlanishini joriy etdilar. Keyinchalik bu bayramga ko'pgina Evropa davlatlari qo'shildilar. Bu bayram dunyo bo'yicha 17-fevral kuni yashash joyi, fuqaroligi va millatidan qat'iy nazar nishonlanishi kerak. Mehr ko'rsatish bayrami tashkilotchilari bu kuni nafaqat mehrli va begonalarning kulfatlariga kuyinchak bo'lish kerakligi, balki beg'araz va cheksiz mehr ko'rsatish kerakligini uqtirishmoqda. Ayrim davlatlarda bayram kuni tanish va notanish odamlarga gul taqdim etiladi. Bu kuni hech bo'lmaganda uch nafar notanish kishilarga xushomad ko'rsatiladi. Shu orqali ularning kayfiyatini nafaqat bu kun, balki bir haftaga ko'tarishgan deb hisoblashgan. Ular o'z navbatida boshqalarning kayfiyatini ham ko'tarishadi. Bu kuni ota-onalarga va do'stlarga ularni qanchalik yaxshi ko'rishlari haqida aytiladi. Siz ham bunga urinib ko'ring. Hattoki siz har kuni ularga shu haqida iqror bo'lsangiz ham, shu kuni erinmasdan yana bir bor ularga bu so'zlarni qaytarib ayting, chin dildan minnatdorchilik so'zlari, ularning borligiga va siz uchun qilayotgan ishlariga tashakkur ayting. Bayram haqida ularga so'zlab bering! 

Buyuk Amerika yozuvchisi, jurnalist va jamoat arbobi Mark Tven shunday degan: "Mehr – bu shunday tuyg'uki, uni ko'r ko'radi va kar eshitadi”. Boshqa amerika klassigi Jon Golsuorsi: "Mehr – shunday sifatki, uning ortiqchasi ziyon qilmaydi”.

Mehr – bu biror bir insonga nisbatan chin dildan ko'rsatiladigan samimiy tuyg'udir. Mehr bizni sabrli, ko'ngilchan va atrofdagilarga nisbatan jonkuyarlik bo'lish hissini ulashadi. Esingizda tuting, agar odam birovga mehr ko'rsatib undan minnatdorlikni kutsa, bu chin dildan ko'rsatilgan mehr hisoblanmaydi. Siz undan tashakkur eshitaman va uning shodligiga guvoh bo'laman deb umid qilmasligingiz kerak. Sizga xayrli ishlar huzur bag'ishlashi kerak, shu sababli boshqalarga yordam ko'rsatib, siz mukofot kutmasligingiz kerak. Haqiqiy mehr mana shunday bo'ladi.

17-fevral – AQShda Prezidentlar kuni bayrami
17-fevral  - «Prezidentlar kuni» bayramida siyosatchilar saylovchilar bilan uchrashadilar. Har yili fevral oyining uchinchi dushanba  kunida AQShda « Prezidentlar kuni» bayrami nishonlanadi. Bu bayramning tarixi 1782-yilning fevralidan  boshlangan,u mamlakatning buyuk rahbarlariga bag‘ishlangan, Richmond shahrida (Virjiniya shtati) AQShning birinchi Prezidenti –Jorj Vashingtonning tavallud kuni birinchi marta ommaviy tarzda nishonlangan, u 1732-yil 22- fevral  kuni tavallud topgan. XIX asr boshlarida bu  bayram haqiqiy milliy bayramga aylangan. 1885-yilda  22-fevral kuni - Jorj Vashingtonning   tavallud kuni munosabati bilan  umumxalq bayrami deb e’lon qilingan. 1971-yilda Kongressning Qonuni asosida AQSh bayramlari ro‘yxati soddalashtirilib,ba’zilari dushanba kuniga ko‘chirilgan. Vashingtonning tavallud kuni rasmiy tarzda fevralning uchinchi dushanba  kunida nishonlanadigan bo‘lgan. 1860 yilda hokimiyat tepasiga yana bir buyuk amerikalik – Avraam Linkoln kelgan, u Prezident bo‘lib, mamlakatning janubiy va shimoliy shtatlarida tinchlik o‘rnatib, ularni birlashtirgan va qullikni bekorqilgan. 1865-yilda birinchi marta uning tavallud kuni (12-fevral) nishonlandi. Bu kun umumxalq bayrami deb e’lon qilinmaganligiga qaramasdan ko‘pgina shtatlarda amerikaliklar uni nishonlaydilar. 1971-yilda Prezident Richard Nikson bu bayramning nomini Prezidentlar kuniga o‘zgartirish fikrini kiritdi va shu orqali barcha AQSh Prezidentlarini yod etishni taklif qildi.Shundan so‘ng, fevral oyining uchinchi dushanba kunida  Prezidentlar kuni bayrami nishonlanadigan bo‘ldi. Davlat tashkilotlari ishchilari bu kuni dam olishadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash