loading...

8-may Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy harakati-umumjahon insonparvarlik harakati tashkil qilingan kun 

2144

Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy harakati-umumjahon insonparvarlik harakati  tashkil qilingan. Mazkur harakat uch tuzilma-Xalqaro qizil xoch qo’mitasi, Xalqaro qizil xoch va qizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi, Qizil xoch va qizil yarim Oy milliy jamiyatlaridan iborat. Xalqaro Qizil xoch qo’mitasi insonparvarlik tashkilotidir. Asosan, qurolli to’qnashuvlarda jabrlanganlar, quruqlik va dengizdagi yarador va bemor harbiy xizmatchilar, harbiy mahbuslar, fuqaro aholiga yordam berish, shuningdek, harbiy nizolar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida ajrashib qolgan hamda bedarak yo’qolgan shaxslarni qidirish vazifasini bajarib, betaraf vositachi sifatida insonparvarlik yordami ko’rsatadi. Tinchlik sohasidagi faoliyat uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan(1917, 1944, 1963 yillar).

8-may Toshkent viloyatidagi Chinoz tumaniga asos solingan kun
Chinoz Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi shahar, tuman markazi asos solgan. Temir yo'l stanssiyasi, avtomobil yo’llar chorrahasi. Toshkent shahardan 50 km janubda. Shaharning shimoliy-sharqiy qismida qadimiy Chinoz (Chinonchkent) xarobalari saqlanib qolgan. Bu yerda dastlabki manzilgoh mil. Boshlarida vujudga kelgan. 1-ming yillik o’rtalariga kelib manzilgoh mudofaa devorlari bilan o’ralgan va markaziy qismida arki (balandligi 8 m) bo’lgan shaharga aylangan. Ko’chmanchi chorvador xalqlar bilan aloqalari va Sharq mamlakatlariga boriladigan mashhur savdo yo’lida joylashganligi Chinozning tez sur’atlar bilan o’sishiga sabab bo’lgan. Shahar XIII asr boshlarida mo’g’ullar istilosidan keyin harobaga aylangan. Bu yerda o’tkazilgan arxeologik qazish paytida ko’plab xo’jalik buyumlari, bezaklar va tangalar topilgan.

8-may Tailandda raketalar festevali kuni
Tailandda raketalar festivali 8-mayda o'tkazilib, an'anaviy may-iyun festivaliga taaluqlidir. U Tailandning turli shimoliy-sharqiy provinsiyalarida o'tkaziladi. U yerda yashovchi aholi plantasiyadagi guruchni o'stirishda yomg'ir yog'ishini istab,juda katta raketalarni yasab havoga uchirishadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash