1992-yil 15-martda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti farmoniga asosan, bir qancha universitetlar tashkil etilgan.
1992-yil 15-martda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti farmoniga asosan, Andijon pedagogika instituti negizida Zahriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti, Buxoro pedagogika instituti negizida Fayzulla Xo’jayev nomidagi Buxoro davlat unversiteti, Termiz pedagogika instituti negizida Termiz davlat universiteti, Xorazm pedagogika intituti negizida Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universteti, Qarshi pedagogika instituti negizida Qarshi davlat universiteti tashkil etilgan. Shuningdek, Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining Navoiy filiali negizida Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti va Jizzax politexnika instituti tashkil etilgan.
G'afur G'ulom nomidagi Guliston davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o'quv yurti. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti farmoniga asosan, 1992-yil 15-martda Sirdaryo pedagogika instituti (1966-yil asos solingan) negizida Guliston shahrida tashkil etilgan. 1966-yil 17-iyulda G'afur G'ulom nomi berilgan.
Fayzulla Xo'jaev nomidagi Buxoro davlat universiteti - ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o'quv yurti. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti farmoniga asosan, 1992-yil 15-martda Buxoro pedagogika instituti (1930) negizida tashkil etilgan.
15-mart Xalqaro iste’molchilar kuni
1962-yil 15-martda iste’molchilar huquqiy himoyasining davlat tomonidan kafolatlanishi nazarda tutilgan xalqaro deklaratsiya qabul qilingan. Mazkur xalqaro hujjat jahonning deyarli barcha davlatlarida rasman tan olingan. Ayni shusana Xalqaro iste’molchilar kuni sifatida belgilangan. O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlari davlat tomonidan himoya ham qilinadi. Ayni paytda iste’molchilarning huquqiy himoyasi bilan shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlari rivojiga ham alohida e’tibor berilyapti. Bu huquq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar bilan mustahkamlangan. 2002-yil 28-noyabrda davlatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori sohaga oid qonunlarni hayotga joriy etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorligida iste’molchilar huquqiy himoyasini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.