loading...

16-mart Robert Goddard dunyoda birinchi bo'lib suyuqlik yoqilg'ili raketani uchirgan kun. 

2440

1926-yil 16-mart kuni Massachusets shtatida tug'ilgan birinchi bo'lib raketa qurgan, amerikalik fizik – injeneri Robert Goddard Obern shahari yaqinida dunyoda birinchi bo'lib suyuq yoqilg'ilik raketani uchirdi. Gerbert Uellsning "Dunyolar urushi” asaridan hayratlangan Goddard professional hayotining katta qismini raketa yoqilg'isi haqida matematik nazariyasini ishlab chiqishga bag'ishladi, raketani harakatga tortish kuchini oshirish yo'li bilan koinotni zabt etish imkonini asoslab berdi. Og'irligi 5 kilogramm kam bo'lgan kislorod va benzin aralashgan yoqilg'ili raketa 12,5 metr balandlikka ko'tarildi va 2,5 sekund mobaynida 56 metr masofani uchib o'tdi. Bu uchish raketa qurish va raketada suyuqli dvigatel ishlatish mohiyatini namoyish qildi. 

Yevropada 16-mart tuxumlar bayrami kuni
Tuxumni yeyishni sevuvchilar butun dunyo bo’ylab topiladi. Ko’pgina davlatlarda mart oyining ikkinchi jumasida Yevropa bo’ylab tuxumlar bayrami kuni nishonlanadi. Axir tuxumlar universal oziq-ovqat mahsuloti hisoblanib, turli davlat kulinariyasida har xil uslublarda qo’llaniladi. Har bir narsani tarixi bo’lganidek, ushbu kunning tarixi ham mavjud. 1996-yil Venada bo’lib o’tgan konferensiyada Tuxumlar bo’yicha xalqaro komissiya Yevropa bo’ylab tuxum bayramini nishonlash to’g’risida e'lon qildi. Ayniqsa, tuxum mahsulotidan foydalanadigan ishlab chiqaruvchilar ushbu e'lonni qo’llab quvvatlashdi. Tuxumni iste'mol qilish bo’yicha so’nggi yillarda ko’pgina noroziliklar yuzaga kelishiga qaramasdan, ilmiy tadqiqotlar uning aksini isbotlab berishdi. Tuxum tarkibidagi oqsillar, mineral va vitaminlar, shuningdek ko’pgina kasallarga da'vo bo’ladigan antioksidantlarning mavjudligi aniqlandi.  Shu sababdan, bir kunda bittadan tuxum yeyish bekorga tavsiya etilmagan. Yaponiyani dunyo bo’yicha eng ko’p tuxum iste'mol qiladigan xalq deb bilishadi. Yaponiyaning har bir fuqarosi bir kunda bittadan tuxum yeyishi, hatto "Tamago, tamago!” deb nomlangan bolalar qo’shig’i mavjudligi buni isbotidir. Bunday musobaqada hozircha rossiyaliklar ortda qolishmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunga sabab yarim tayyor maxsulotlarning bugungi kunda ko’payib ketganligidir. Amerikaliklar esa Yevropada tuxumlar bayrami kunida o’zlarining turli quymoqlar pishirishlari orqali ushbu kunga bo’lgan hurmat va ehtiromlarini bildirishmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash