loading...

22-aprel Xalqaro Yer kuni 

9531

Xalqaro Ona-Yerimiz kuni-nafaqat katta, balki  dunyo miqyosida global  bayram, (International Mother Earth Day), BMT tomonidan o’tkaziladigan umumiy uyimiz bayrami. Bayram BMT General Assambleyasining 63 sessiyasida 2009-yil 22-aprel kuni ta'sis etilgan va 2010-yil 22-aprel oyidan nishonlanadi. General Assambleyasini 63 sessiyasining raisi Migel d'Eskoto Brokman takidlashicha, Yer va uning tizimi insoniyatga hayot baxshida qilgan bizning umumiy uyimizdir va 1992-yili atrof-muhit va rivojlanishi haqida Rio-de-Janeyroda o’kazilgan BMT konferensiyasida  qabul qilingan rezolyutsiyasida huquqlar  belgilab berilgan. Hozirgi va kelajak avlodni siyosiy, ijtimoiy va ekologik  ehtiyojini qondirishda tabiat bilan  Yer sayyorasi o’rtasida odilona tenglikni saqlash lozim. Rezolyutsiyada ta'kidlanishicha, "Ona-Yer” iborasi ko’plab mamlakatlarda  ishlatilib,  sayyoramiz, uning ekotizimi va inson bilan bo’lgan bog’liqni ifoda etadi. 22-aprelda Yer kunini nishonlash  an'anasi 1970-yili AQShda paydo bo’ldi, 1990-yilda bu kun xalqaro aksiyaga aylandi. Rossiyada bayram 1992-yildan buyon nishonlanadi. Yer sharining Shimolida bayram - bahorda, Janubda esa - kuzda o’tkaziladi. Xalqaro aksiyani o’tkazishdan maqsad - sayyoramizning har bir insoni, jamiyatni Yer muammolariga qaratishdir. Yer sayyoramiz,  taxminan 4,5 milliard yillar  oldin paydo bo’lgan. Ekvator bo’yicha  yo’l uzunligi 40010 kilometrni tashkil etadi. Yer yuzasidan markazigacha bo’lgan masofa - 6378 kilometr. Yer qatlamining 70 kilometrini  qattiqlik (litosfera), ichga kirgan sari yarim suyuqlik va suyuqlik holat tashkil etadi. Kaliforniyadagi O’lim vodiysi va Liviyadagi El-Aziziya -Yerning eng qaynoq joylar hisoblanadi. El-Aziziya rekordi  (13-sentyabr 1922-yili)  Selsiya   bo’yicha -57,8 gradusni, O’lim vodiysida -(10-iyul 1913-yili) -Selsiya bo’yicha -55,8 gradusni ko’rsatdi. Yerning eng sovuq joylaridan Antarktika hisoblanadi. 1983-yil 21-iyul kunida Selsiya bo’yicha -89 gradusni ko’rsatdi. Yer sayyorasi turli minerallar bilan boy, olimlar 4000 minerallar turini aniqladilar, undan 200 si amaliy axamiyatga ega. Har yili 50-100 minerall turlari kashf etiladi. Ko’zga ko’riladigan sayyoralardan biri - Oy. Yer kuni ham, 22-aprel,  bahor  tengkunlik kunida  nishonlanadi. Har yili dunyo olimlari yig’ilib, global ekologik muammolar yechimini izlashadi. Aholi esa, ekologik tadbirlar, aksiyalar o’tkazib, shaharlar obodonligi bilan shug’ullanishadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash