1-aprel Butunjahon qushlar kuni
Butun dunyo aholisi 1-aprelni Xalqaro qushlar kuni sifatida nishonlaydi. 1894-yildan ilk bora Amerika Qo'shma Shtatlarda, keyinchalik ommabop bo'lib boshqa shtatlarda va ommaviy axborot vositalari sababli Yevropada ham o'tkazila boshlandi. O'zbekiston faunasida qushlarning 19 turkumga oid 440 dan ko'proq turi ma'lum. Yashash joyiga binoan qushlarni bir necha yirik ekologik guruhlar, o'rmon qushlari, cho'l va dasht qushlari, suv havzalari (suvda suzuvchi) qushlar, botqoq va sohil qushlariga; ular hayotining yil fasllari bo'yicha o'zgarishiga binoan uchib ketuvchi, ko'chib yuruvchi va o'troq qushlarga bo'linadi. Qushlarning ko'payishi siklik tarzda jinsiy bezlarning fasliy rivojlanishiga muvofiq ichki (gormonal) va tashqi (kun uzunligi va boshqa) omillar ta'siriga bog'liq. Qushlarning uya qurish joyi va uya qurish usuli xilma-xil. Qushlar 1 tadan 20-25 tagacha tuxum qo'yib, ularni 12 kundan 80 kungacha bosib yotadi. Tuxumdan chiqqan jo'jalarning holatiga binoan Qushlar jish jo'ja ochuvchi qushlar va jo'ja ochuvchi qushlarga ajratiladi. Jish jo'ja ochuvchi qushlarning tuxumdan chiqqan bolasining ko'zi yumuq, patlari siyrak, jo'ja ochuvchi qushlarning tuxumdan chiqqan jo'jasi onasi orqasidan ergashadigan va mustaqil oziqlana oladigan bo'ladi. Qushlarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil bo'lib, o'simliklarni changlantirish, ular urug'larini tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni qirish (ular sonini boshqarish)dan iborat. Qushlar bog'lar va donli ekinlarga ziyon etkazadi, yuqumli kasalliklar tarqatadi. Qushlar ovlanadi, bir qancha turlari xonakilashtirilgan. Qushlarning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta, ularning sayrashi bog' va xiyobonlarni jonlantiradi, insonda zavqlanish hissini uyg'otadi. Qushlarning turlari soni tobora kamayib bormoqda. 17-asr boshlaridan buyon 100 ga yaqin Qushlar turi qirilib ketgan, bir qancha turlari yo'q bo'lib ketish arafasida turibdi. Qushlarni muhofaza qilishga qadimdan harakat qilib kelinadi. Qadimgi Hindistonda miloddan 200 yil avval qushlar muhofazasi to'g'risida qonun mavjud bo'lgan. Hozirgi hamma mamlakatlarda qushlar muhofazasi bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Noyob va qirilib ketish xavfi ostidagi turlarni saqlab qolish maqsadida xalqaro mamlakatlar va regional Qizil kitoblar yaratilgan. Xalqaro konvensiya, bitim, memorandumlar tuzilgan. Maxsus fondlar tashkil etilgan. 1885-yil birinchi bo'lib Qushlarni muhofaza qilish Odyubonov jamiyati tuzilgan. 1872-yil Yellouston milliy bog'i (Amerika Qo'shma Shtatalari), 1910-yil Shveysariyada tabiatni muhofaza qilish jamiyati ish boshlagan. 1913-yil tabiatni muhofaza qilish bo'yicha birinchi xalqaro anjuman o'tkazilgan. XX asrning 2-yarmidan boshlab Qushlarning yashash joylarini saqlab qolishga e'tibor kuchaytirildi. Muhofaza qilish hududlari (milliy bog'lar, qo'riqxonalar) tashkil etila boshlandi. 1971-yil suv va botqoqlik hududlari muhofazasi bo'yicha xalqaro konvensiya ishlab chiqildi. Qushlar muhofazasi bo'yicha xalqaro hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi 1995-yilda «Biologik xilma-xillik to'g'risida» gi, 1997-yilda «Yo'q bo'lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to'g'risida»gi, 1998-yilda «Ko'chib yuruvchi xayvonlar turlarini muhofaza qilish to'g'risida»gi, 2001-yilda «Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa, suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari bo'lgan suv botqoqlik joylar to'g'risida»gi konvensiyalarga qo'shildi. «Ingichka tumshuqli balchiqchi, Sibir turnasi (oq turna), Afrika — Evrosiyoning suvda suzuvchi ko'chmanchi qushlarini muhofaza qilish tadbirlari yuzasidagi hamfikrlik meleorandumlari» kabi xalqaro bitimlar O'zbekistan Respublikasi tomonidan imzolangan. Qushlar bozori - dengiz qushlarining koloniya bo'lib uya qurgan va yashaydigan makonlari. Qushlar bozorini, asosan, baliqchilar, chistiklar, qayralar, olushalar, qoravoylar, ba'zan pingvinlar va boshqa dengiz qirg'og'idagi tik qoyalarda hosil qilishadi. Qushlar Evropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy Afrika, Yangi Zelandiya va Janubiy yarim shardagi okeanlar, orollarda ko'proq uchraydi. Ba'zan qushlar bozori bir necha o'n klametrni egallaydi va unda yuz minglab qushlar bo'ladi. Qushlar bozoridagi qushlar tuxum va bolalarini yirtqichlardan birgalikda himoya qiladi. Qushlar bozori dengiz biologik balansini saqlashda katta ahamiyatga ega. Qushlardan qush tuxumi (ayniqsa, qayraniki) yig'ib olinadi, qushlar esa ovlanadi. Peru va Chilida guano (qush axlati)dan o'g'it sifatida foydalaniladi. Ko'p mamlakatlarda qushlar bozori muhofazaga olingan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.