loading...

12-aprel Butunjahon aviasiya va kosmonavtika kuni (1962-yil). 

4064

12-aprel Xalqaro Kompyuter va internet bayrami
Xalqaro 12-aprel – Kompyuter va internet kuni  norasmiy bayram bo’lib, kampyuter mutaxassislari ushbu bayramni keng nishonlaydilar. 1946-yil 12-aprel kuni  dunyoda aniq ishlaydigan birinchi elektron kompyuter ENIAC I (Electrical Numerical Integrator And Calculator) namoyish etildi. Birinchi hisoblash mashinasini ishlab chiqarish ishlariga Amerika armiyasi homiy bo’lgan, kompyuter ularga harbiy reja va dasturlarni o’tkazish uchun kerak bo’lgan. ENIAC I kompyuteri 1955-yil 2-oktabrda 23 soat 45 minutga qadar  ishladi, keyin buzib tashlandi. Albatta, undan avval ham kompyuterlar  yaratilgan, lekin hammasi eksprimental  nusxalar bo’lgan. Aslida, birinchi kompyuter - Bebbidj  analitik mashinasi, lekin ENIAC haqiqatda amaliyotda birinchi eng aniq ishlaydigan kompyuter hisoblanadi. Vaholanki, aynan ENIACdan zamonaviy kompyuterlarga   ikkilamchi hisoblash sistemasi  meros qilib olingan. ENIAC o’z davrining  eng muhim vazifasini: armiyaning ballistik jadvallaring hisoblarini bajarish maqsadida yaratilgan edi. Armiyada artilleriya va aviatsiyaning ehtiyojlari uchun ballistik jadvallaring hisoblari bilan shug’ullanuvchi bo’limlari bo’lgan. Bu bo’limlarda insonlar Armiya Kalkulyatori degan lavozimlarda ishlaganlar. Haqiqatda, "hisoblash manbalari”ning quvvati va ishlab chiqarilishi yetarli darajada bo’lmagan. Shu sababli  kibirnetiklar 1943 yilning boshlarida ENIAC kompyuterining  yangi  modeli bo’yicha  ishlab chiqarish konsepsiyasini yaratdilar. Aynan shu sababli 12-aprel - «Kompyuter va internet kuni» bayrami etib nishonlanadi.

12-aprel "UZ” domeni tashkil topgan kun
"UZ” domen zonasi ma’muriyati tomonidan kirill kodirovkalashidagi bir qator domenlar ro‘yxatdan o‘tdi. Milliy kodirovkalashdagi domenning an’anaviy ko‘rinishga o‘tkazilishini osonlashtirish uchun 2014-yil 12-aprelda "UZ” domen zonasi ma’muriyati "Сctld.uz” portali IDN-konverterni ishga tushirdi. IDN konverteri (Internationalized Domain Name) "XN—” old qo‘shimchasi bilan boshlanadigan domen bo‘lib, u brauzerning manzillar qatorida milliy alifbo harflaridan tuzilgan yozuv ko‘rinishida aks etadi.

12-aprel O'zbekistonda Hind madaniyati festivali o'tkaziladigan kun
2014-yildan 12-13-aprel kunlari Toshkentdagi Hindiston elchixonasida "Namaste O'zbekiston” nomli hind madaniyati festivali bo'lib o'tiladi. Festivalda hind xalqining mumtoz musiqalari, an'anaviy va milliy raqslari hamda turli taomlari omma e'tiboriga namoyish etiladi. Ushbu musiqa va raqs festivaliga kirish bepul. Festival taklifnomalarini Toshkentdagi Hindiston elchixonasidan olish mumkin. 

12-aprel Alisher Navoiy kutubxonasiga "Milliy" maqomi berilgan kun
Kutubxona O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2002-yil 20-fevraldagi "Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2002-yil 12-apreldagi Vazirlar Mahkamasining "Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish haqida”gi Qaroriga muvofiq "Milliy” maqomini oldi. 2011-yil yangidan qurilgan kutubxona binosi yetti qavatli bo‘lib, yer ostidagi ikki qavati fonddan iborat. Kitoblarni sifatli saqlash uchun zamonaviy mobil stellaj olib kelindi. Ilgari so‘ralgan kitob yo gazeta-jurnalni o‘quv zaliga keltirish uchun kutubxonachi opalar kamida yarim soat yo‘l bosishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugun bu jarayon 345 metrli telelift va 100 kilogramm yukni ko‘tarishga mo‘ljallangan lift vositasida bajarilmoqda. Shuningdek, bu yerda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Simpoziumlar saroyini birlashtirgan "Ma’rifat markazi” ham qad rostlagan. Milliy va zamonaviy arxitektura uslublarini o‘zida mujassam etgan bu muhtasham koshona Mustaqillik maydoniga tutash hududda Yoshlar ijod saroyi, Tasviriy san’at galereyasi, "Poytaxt” biznes markazi kabi mahobatli inshootlar bilan yaxlit kompozitsiya hosil qilgan. Bino yo‘laklariga oq marmarlar yotqizilgan. Majmua derazalariga sakkiz qirrali yulduz shaklidagi uzun panjaralar o‘rnatilgan. Bino tashqarisida betakror landshaft dizayni va musiqiy favvora sayrgohga aylangan. Saroyning 1 000 o‘rinli katta zalida me’moriy yechimiga ko‘ra dunyo tajribasida kam uchraydigan gumbaz atrofi bo‘ylab joylashtirilgan 36 ta deraza kun davomida tabiiy yorug‘likni ta’minlaydi. Deraza osti va gumbaz ichidagi maxsus moslamalar yordamida zal havosi muntazam yangilanib turadi. Davlatimiz rahbarining g‘oyasi asosida Simpoziumlar saroyi vestibyulidagi devorlarga yoqut, feruza, zumrad, lojuvard, malaxit (yashiltosh), yashma kabi noyob, tabiiy va qimmatbaho toshlardan yasalgan mahobatli ikki panno shakli, naqshlar tushirilgan.

12-aprel Kosmik Kema-kishilarning kosmosga parvoz qilgan kuni
Kosmik Kema-kishilarning kosmosga parvoz qilishi uchun mo’jallangan aparat. 1967-yil 12-aprelda Yer sun`iy yo’ldoshlari orbitasiga chiqarilgan. "Vostok” kemasi birinchi kosmik kemadir. Uning  ichida kosmonavt-uchuvchi Y.A.Gagarin bo’lgan. Bundan tashqari "Vosxod”, "Soyuz”, "Merkuriy”, "Jemini”, "Apollon”, "Chellenjer” va boshqa Kosmik Kemalar o’chirilgan. Geotentrik orbita bo’yicha uchadigan Kosmik Kema yo’ldosh kema, odam va yuklarni odam va yuklarni orbital stansiyaga eltib beradigan Kosmik Kema transport kema, sayyora yoki uning yo’ldoshidan uchadigan  uchib chiqish kemasi deyiladi.  Kosmik Kemaning asosiy tizimlari: xayotni ta’minlash, metoritlar, radiatsiya va boshqalardan himoya qilish, dvigetel qurilmasi, kosmik stansiyalarni izlash ularga Kosmik Kemani yaqinlashtirish va tutashtirsh, ekipajni Kosmik Kemadan kosmik stansiyaga o’tishni ta’minlash, quyosh batareyasidan foydalanish, Yerga qo’ndiriladigan boshqarish tizimi va boshqalar. Kosmik Kemaning bir va ko’p marta foydalaniladigan  xillari bor. Bir marta foydalanilgan Kosmik Kemada yerga qaytib tushayotgan atmosferadan tormoz berish ishi merakkab bo’lgani uchun uning barcha bo’lmalari issiqlikdan himoya qilinadigan qoplamalar bilan qoplanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash