loading...

19-aprel Xalqaro olamni asrash kuni (1990-yil) 

4461

19-aprel Boychechaklar kuni
Har yili 19-aprel kunida ko’plab mamlakatlarda an'anaga aylangan go’zal  bahor bayrami - boychechaklar kuni (The Day ofSnowdrop)  nishonlanadi. Tarixi Angliyadan olingan bo’lib, 1984-yildan nishonlana boshlandi. Iqlim zonalarga muvofiq, dunyo bo’yicha boychechaklar yanvar oyidan aprelga qadar  gullaydi. Buyuk Britaniyada boychechaklar ochilishi apreloyining o’rtalariga to’g’ri kelganligi  sababli bayram shu vaqtga - bahor va issiq quyoshli kunlar boshlanishida, o’tkaziladi. Bu boshqa mamlakatlarda ham sevimli va ommabop bayramga aylandi. Angliyada boychechaklar ommabop gul bo’lib, unga hayajon bilan munosabatda bo’ladilar. Qadimiy  ingliz  rivoyatiga ko’ra, uy atrofida ekilgan boychechaklaryashovchilarni   yovuz ruxlardan asraydi. Boychechaklar - qishki sovuq kunlardan keyin ochilgan ilk gullar bo’lib, kelganbahor ramzi, issiqlikni sovuqlik ustidan  qilgan g’alabasini bildiradi, yaxshilikka ishonchni taqdim etadi.   Bu gullarshaharga ko’rk qo’shadi, Qo’shma   Qirollikda, masalan, Gollandiyada lolalarni ko’paytirish kabi,   gullarni qo’paytirish vaparvarishiga   alohida e'tibor beriladi. Boychechak lotinchadan tarjima qilinganda - «galyantus» (Galanthus) "sutli  gul”ni anglatadi. Bu o’simlik 1 mingyillikdan  tanilgan, XIX asrdan boshlab xamma yerlarda o’stira boshlashdi. Bugungi kunda boychechaklar Yer sharini juda ko’p joylarida o’sadi, ularni 20 xili mavjud, ammo xammasi Qizil kitobga kiritilgan. Eng tarqalgan xili qor kabi oppoq boychechak, yana grekcha, vizantiycha va kavkazcha turlari bor Ular shakli, iffori, rangi bo’yicha farq qilsada, barchasi sevimlidir.  Har bir mamlakatda u turlicha nomlanadi. Inglizlar uni qor parchasi  yoki qor sirg’asi, chexlar - snejinka, nemislar - qor qo’ng’iroqchasi, russlar-podsnejnik deb atashadi. Ruscha nomlanishi gulni qor tagida unib chiqishi, va birinchi issiq kunlar boshlanishi bilan bog’liq. BOYCHECHAK (Gageastipitata) - piyoz-doshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Bo’yi 7-20 sm. Ildiz bo’g’zi bargi bitta, ipsimon, yashil, tuksiz, uzunligi o’simlikning bo’yiga teng keladi. Poya barglari navbat bilan joylashgan, pastkilari qalami yoki qalami nashtarsimon, poyani bir ozi o’rab turadi. Gul qo’rg’oni 6 ta, oddiy tojsimon, tutashmagan, sarg’ish, 5-7 mm uzunlikdagi gulbarglardan tashkil topgan. Changchisi 6 ta, gulqo’rg’oniga nisbatan sal qisqa. Tugunchasi 3 uyali. Ko’sakchasi bandchali, gulqo’rg’ondan 1,5 baravar qisqa. B. bahor darakchilaridan biri. Fevral-mart oylarida gullab, meva beradi. Cho’l va adirlarning soz tuproq, qumloq hamda toshloq tuprokli yerlarida o’sadi. Boychechaklar Afg’oniston va Eronda ham uchraydi. O’zbekistonning ayrim joylarida za'faron (Crocus alatavicus) va savrinjon (Colchicum liteum) ham Boychechak deb atashadi. Rivoyatlarga ko’ra, qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, afsonalar qaxramoniga aylangan. Afsuski xozirda boychechaklar juda xam kamayib ketmoqda, bunga sabab odamlar gullarni vaxshiylarcha ildizi bilan terishadi. Tabiatda chiroyli bo’lgan gullar, uzulgandan so’ng ko’p yashamaydi. Shu sabab xam boychechaklar Qizil kitobdan joy olgan. Tabiatni asrab, kelajak avlod ham bu boychechaklarni ko’rishi uchun biz ularni asrab-avaylashimiz zarur. Boychechakni faqat ertak va afsonalardan emas, balki hayotimizda ham ko’rishimiz lozim. Mana shuning uchun - Boychechaklar kuni bayrami doim  esimizda bo’lishi kerak. 

19-aprel Xalqaro Yaproqlardagi mo‘jiza bayrami kuni
Birlashgan  Millatlar Tashkiloti  Bosh  assambleyasi tomonidan 1988-yil 19-aprel Xalqaro Yaproqlardagi mo‘jiza bayrami kuni  deya e'lon qildi, tabiatshunos olimlar  ushbu bayramni keng nishonlaydilar. Hayotda mo‘jiza ko‘p. Har bir qadamda uchraydi. Bahor kelganda tabiat yangilanadi, olam go‘zallashadi, dil tiniqlashadi. Bu yashillik to qish ayozi kelmaguncha borliqni tark etmaydi. Shu go‘zallikning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan yaproqlar qanday xususiyatlarga bor? Olimlarni lol qoldiradigan mo‘jizalar bor. Yaproqlar oziq moddalar ishlab chiqarar ekan. Ularsiz daraxtlar ham, boshqa o‘simliklar ham yashay olmaydi. Mevali daraxtlarning barglari shirindan shakar, xil-xil mevalar yetilishi uchun zarur bo‘lgan moddalarni tayyorlab beradi. Yaproqlar nimadan oziqlanadi? degan savolga olimlar, ular eng birinchi o‘rinda atmosferadagi karbonat angidrid va tuproq tarkibidagi suvdan oziqlanadi. Fotosintez deb ataladigan o‘ziga xos jarayon natijasida ular gaz va suvdan o‘simlik shirasi ishlab chiqaradilar. Barglarning ishini katta bir korxona faoliyati bilan taqqoslashadi. Zamonaviy korxonalarda asosiy yumushlar elektr energiya bilan ishlaydigan mashinalarda bajariladi. Yaproqlarda ham o‘simlik uchun kerakli moddalarni tayyorlaydigan "mashinalar” bor. Ular xloroplast deb ataladi. Xloroplastlar hujayralardagi yashil donachalardan – xlorofilldan tashkil topadi. Quyosh nuri mana shu mashinalarni harakatga keltiradi. Kuzda, quyosh nurlari yetishmay qolgan paytda yaproqlar sarg‘ayishni boshlaydi. Chunki mashinalar – xlorofillar ishlashdan to‘xtaydi.Xloroplastlar yaproq tarkibida muhim o‘rin tutadi. Barglar hujayralardan iborat. Hujayralarda xlorofill bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Maxsus qo‘riqchi hujayralar yaproq tarkibiga o‘tadigan havo miqdorini tartibga solib turadi. Bunday hujayralar asosan bargning ichki qismida joylashgan bo‘ladi. Ikkita hujayra va ular orasida havo o‘tish joyi "og‘izcha” deyiladi. O‘simlik ildizlari namni shimiydi va u muntazam o‘sha tomirchalarga yetkaziladi. Yaproqlar qayta ishlagan foydali moddalar ham mana shu tomirchalar sabablidir. Og‘izchalar orqali qabul qilingan havo tarkibida karbonat angidrid bo‘ladi. Karbonat angidrid va ma’lum miqdordagi quyosh nuridan o‘simlik shirasi olinadi. Ortib qolgan havo va kislorod yana o‘sha og‘izchalar orqali chiqarib yuboriladi. Kech tushib hammayoq zimziyo bo‘lgach, yaproqlar karbonat angidrid yutish va o‘simlikni oziqlantirishni to‘xtatadi. Lekin ular hamisha nafas olib turadi, shu sababli kechqurunlari hali hazm bo‘lmagan karbonat angidridni qayta ishlash davom etadi. Barglardan faqat havo emas, nam ham ajralib chiqadi. Ildizlar orqali tuproqdan so‘rib olingan namning bir qismi shira tayyorlashga sarflanadi. Qolgani esa atmosferaga chiqarib tashlanadi. Kaftdekkina yoki undan ham kichkina bir bargning ichida butun boshli bir korxona bor. Yaproqlardagi mo‘jizabayrami kuni  bir yilda bir marotaba nishonlanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash