loading...

29-may Yerning eng baland cho‘qqisi Jomolungma zabt etilgan kun 

4710

  1953-yil 29-mayda Yangi Zelandiyalik Edmund Xillari va Norvegiyalik Tansing bilan dengiz sathidan 8848 yuqori bo‘lgan jahondagi eng baland Jomolungma (Sakarmatxa, Everest) cho‘qqilarini zabt etishdi. Jomolungani Tibet aholisi - "Jahon ona ma'budasi” deb atashadi. Nepallar esa uni Sagarmatxa - "Jahon hukmdori” deb atashadi. Bir asr muqaddam bu balandlik topograflarning e'tiborini o‘ziga tortgan. Ulardan biri Djordj Everest bo‘lib, bu cho‘qqiga geografik xizmatlari uchun uning nomi berilgan. Everest tog‘iga chiqishning birinchi rejasi 1893-yilda ishlab chiqildi va cho‘qqini zabt etish uchun 1921-yilda birinchi bo‘lib urinib ko‘rildi. Everest cho‘qqisiga chiqishda 13-martda muvaffaqiyatsizlikka uchralib, 30 yil ketdi. 1953-yil 29-mayda Xillari bilan Tensing Nepal va Hindiston chegarasidagi Ximolay tog‘ining eng baland cho‘qqisini zabt etishib, Buyuk Britaniya, Nepal, Hindiston va BMT bayroqlarini o‘rnatishdi. Bu yangilik dunyoning boshqa shaharlariga 4 kundan so‘ng 1953-yil 2-iyunda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ga toj kiydirish marosimi kuniga yetib bordi. Britaniya qirolichasi Xillariga ritsarlik unvonini berib, ismiga "Ser” titulini qo‘shib aytish huquqini berdi. Sherp Tensing Norgey esa Britaniya fuqarosi bo‘lmagani uchun qirolicha uni medal bilan taqdirladi. Edmund Xillari hayotining ko‘p qismini Nepalda xizmat qilib o‘tkazdi. 2003 yilda jaxon Everestni zabt etilgan kunini 50 yilligini nishonlanayotgan kunda Edmund Xillarini Nepal fuqarosi yuksak unvoni bilan taqdirladi.

29-may Yevropada qo'shnilar kuni
Qo‘shnilar hammada bor-insonlarda, hayvonlarda, mamlakatlarda, planetalarda. Insonlar bir-biri bilan yaqin turishi, bir-biri bilan qo‘shni ekanligini unutmasligir uchun 2000 yil Parijda yangi bayram-Yevropa qo‘shnilar kuni ta'sis etildi. Bu bayram har yili may oyining oxirigi juma kunida nishonlanadi. Bayramga fransuz Atanaz Perifan asos solgan. U 1990-yilda o‘z do‘stlari bilan Parijning 17 okrugida "Paris d`Amis” assotsiatsiyasini tuzdi. Bu assotsiatsiyaning maqsadi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash, insonlarni yakkalanib qolishni oldini olishdan iborat bo‘lgan. Assotsiatsiyaning ishtirokchilari qiyin ahvolga tushib qolgan, sharoiti og‘ir, kam ta'minlangan qo‘shnilarga kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar va mablag‘ yig‘ib yordam berishgan, hamda ish topib berishda ham ko‘maklashishgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash