loading...

5-iyun Butun jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni 

4454

5-iyun Butun jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
Har yili 5-iyunda o‘tkaziladigan Atrof-muhitni muhofaza kuni BMTning butun jahon jamiyati e'tiborini atrof muhitni muhofaza  muammolariga jalb qilishdan iborat. Bu bayram 1972-yil 5-iyunda Atrof-muhitni muxofaza qilish  bo‘yicha Stokgolmda o‘tkazilgan konferensiyaning rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi.  Bu kunning nishonlanishi har bir inson Atrof muhitni muxofaza qilish uchun o‘z xissasini qo‘shishga undaydi. Bu  kunning maqsadi - hamma davlatlar birlashgan holda atrof muhitni muhofaza qilish uchun kurashishlari kerak. Bu kun butun dunyoda ananaga aylangan bo‘lib, bu kunda ko‘chalarda mitinglar velosipedchilarning paradlari, ochiq maydonlarda konsertlar, maktablarda turli ko‘rik tanlovlar  va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi, shuningdek bu kunda daraxtlar gullar ekiladi, maydonlar tozalanadi. Har yili bu bayram quyidagi shiorlar ostida o‘tkaziladi: "Yerimiz yagona”, "Suv bu obihayot”, "Zararli chiqindilarni yo‘q qilish”, "Kelajak avlod uchun - tinch  hayot”, "Daraxtlar tinchlik uchun”, "Yoshlar: atrof-muhit” "Bizning uyimiz, bizning yerimiz” va hakozolar. Halqaro bayram tadbirlarini o‘tkazish vaqti, kuni, mavzusi BMT vakillari tomonidan tasdiqlanadi. Atrof muhitni muhofaza qilish muammolari, bugungi kunda hammani tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Ularni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammolarning hal qilishiga bog‘liqdir. Atrof-muhitni muxofaza qilish inson faoliyatiga bog‘liq. Buning uchun oiladan boshlab ekologik huquqiy ta'lim va tarbiyani yosh avlodimiz ongiga singdirib, ona - tabiatni - vatani ardoqlashni o‘rgatishimiz kerak. 

5-iyun Birinchi Aerostat havoga uchirilgan kun
1783-yil 5-iyunda  Fransiyaning Annoe shahrida   ixtirochi aka-uka Mangolfyelar tarixda birinchi marta omma oldida Aerostatni xavoga uchirdilar. Mangolfyelar yaratgan shar qog‘ozli bo‘lib, zig‘irpoya  tolasidan to‘qilgan polotno bilan qistirilgan bo‘lgan. Aerostatning qobig‘i achchiq tosh eritmasi bilan shimdirilgan, uning pastki qismiga esa to‘qilgan savat o‘rnatilgan. Sharning balandligi 15 metr, hajmi - 2200 kub.metr va og‘irligi 200 kg.dan iborat bo‘lgan. Savatning markazida simdan yasalgan panjarasimon manqal  joylashgan bo‘lib, undan issiq havo yuqoriga ko‘tarilib sharning qobig‘ini to‘ldirgan. Birinchi parvoz passajirlarsiz uchirilgan. 1783-yil 21-noyabrga kelib, dovyurak Pilatr de Rozye va Fransua d’Arlandlar Aerostatda yarim soat davomida parvoz qildilar. 1906-yilda Amerikalik gazet magnati Gordon Bennet tomonidan ilk bor havoda uchish bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. 1930-1940-yillarda sportning bu yangi turi Rossiyada ham ommalashib ketdi. Rossiyaning "Dirijablestroy” qishlog‘ida yuzlab Aerostatlar va dirijabllar uchirilgan.
 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash