loading...

6-oktyabr Butunjahon borliqni muhofaza qilish kuni 

2217

Borliqni muhofaza qilish butunjahon kuni butun dunyo bo'yicha har yili 6-oktyabrda nishonlanadi. Ushbu kun 1979-yilda tabiiy borliq va Evropaning yovvoyi tabiatini saqlash to'g'risida o'tkazilgan Bern konvensiyada belgilangan. Bayram tashkilotchilari yer kurrasidagi faunani borliqlarini saqlash, himoya qilish muammolariga jamiyatni e'tiborini qaratish maqsad qilib olingan.  Borliqni muhofaza qilish butunjahon kuni butun dunyo bo’yicha har yili 6 oktyabrda nishonlanadi. Ushbu kun 1979-yilda tabiiy borliq va Yevropaning yovvoyi tabiatini saqlash to’g’risida o’tkazilgan Bern konferensiyada belgilangan. Bayram tashkilotchilari yer kurrasidagi faunani borliqlarini saqlash, himoya qilish muammolariga jamiyatni e'tiborini qaratish maqsad qilib olingan. 1992-yilda Rio-de-Janeyro dagi BMT ning atrof muhit haqidagi konferensiyasi bo’lib o’tdi. Bu yig’ilishda 190 ga yaqin davlat vakillari qatnashib, "XXI asr uchun kundalik” qabul qilingan, unda jamiyat rivojlanishining to’liq dasturi, bu hozirgi va keyingi avlodga borliqni, atrof muhitni shu turishida saqlab qolish masalalari ko’rilgan. Inson afsuski,  ish faoliyati davomida tabiatni o’zgartirgan holda unga turlicha ta'sir qiladi. Aholi ko’payishi va sivilizatsiyaning rivojlanishi natijasida atrof-muhitga bo’lgan munosabat o’zgaradi.Yil sayin yer yuzasining o’rmonlar va o’tloqlar bilan qoplangan maydonlari qishloq xo’jaliklarga, yaylovlari shaharlar o’sishi munosabati bilan o’zgartirilmoqda, qishloq xo’jaligi, turli zavodlarning qurilishi natijasida o’zgarmoqda. Eramizdan avvalgi XIX asr mobaynida yer sharida 150 turdagi sutemizuvchilar, ayniqsa yiriklari, 139 turdagi qushlar yo’q bo’lib ketgan. Har bir yo’qolib borayotgan tur- juda og’ir va qaytarilmas yo’qotishdir. Inson juda ko’p narsa qilishga o’rgandi: koinotga chiqdi, oygacha uchib bordi, ammo yo’qolib borayotgan turlarni qayta tiklashga qodir emas. Hayvonot olamida ham har bir yo’qolib borayotgan narsani qaytarib bo’lmaydi.

6-sentabr Butunjahon uy-joylar bayrami
Har yili oktyabr oyining birinchi dushanbasida BMT tomonidan Butunjahon uy-joylar kuni bayram sifatida nishonlanadi. 1985-yilda BMT Bosh Assambleyasining aholi punktlari bo’yicha Komissiyaning taklifiga asosan o’tkazilib kelinadi. 1996-yildan Butunjahon uy-joylar kuniga Butunjahon arxitektura kuni ham qo’shilgan. Aholini uy-joy bilan ta’minlash bo’yicha bo’lib o’tgan birinchi konferensiyalarda ko’rilgan edi. Dunyo undan keyin ancha o’zgarishlarni boshdan kechirgan bo’lsa ham, uy-joy yetishmasligini, kambag’allikning, choralarini ko’rish masalasi kamayganicha yo’q.

Ashxobod zilzilasi
Ashxobod zilzilasi – 1948-yil 6-oktabr – mahalliy vaqt bilan kechasi soat 1dan 12 daqiqa o’tganda bo’lgan kuchli zilzila. Zilzila epitsentri Ashxobod shahridan janubiy-g’arbda, Qurug’ovdonda, 10-15 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi (M-7,0) epitsentrda 10 balgacha yetdi. 1000 km kv.ga yaqin maydon 9 ball kuch bilan silkindi. Zilzilaning epitsentral zonasi (37,80 shimoliy kenglik va 58,60  sharqiy uzunlik). Buzmayin- Ashxobod- Qurug’ovdon chizig’i bo’ylab Kopetdog’ tog’larining shimoli etagida shimoliy-g’arbdan janubiy-sharqqa yo’nalgan. Zilzila natijasida Ashxobod va uning atrofidagi qishloqlar vayron bo’ldi. Ko’p yerlarda yoriqlar, qum aralash butana suv fontanlari vujudga keldi, tog’larda ko’chkilar sodir bo’ldi, yer osti suvlarining miqdori o’zgardi. Yerning ustki qatlami vertikal yo’nalishda siljidi. Ashxoboddan g’arbda yer 33 sm ko’tarildi, sharqda esa 22 sm cho’kdi. Ashxobod shu ko’tarilgan va cho’kkan zonalarning tutashgan yerida joylashgan bo’lganligi uchun bu yerda yer 70 sm dan 178 sm gacha gorizontal yo’nalishda siljidi. Zilzila vaqtida vertikal (tik) silkinishlar bo’lsa ham. Lekin asosiy falokat janubiy-sharqdan shimoliy-g’arbga yo’nalgan gorizontal tebranishlar natijasida ro’y berdi. Asosiy zilziladan so’ng bir necha oy mobaynida qayta silkinishlar (aftershok) qayta tiklandi va zamonaviy, obod shaharlardan biriga aylandi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash