loading...

25-iyul Katta Farg`ona kanali ochilgan kun 

5239

Respublikada suv xo’jaligi xalq tarmoqlaridan biri sifatida shakllandi va aholi hamda xalq xo’jaligining suvga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.  Suv xo’jaligi tizimida melioratsiya qurilishini Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, "O’zsuvqurilish” davlat konserni olib boradi. Samarqand vohalari, Farg’ona vodiysida qadimiy sug’orish inshootlari (kanallar, to’g’onlar, korizlar, va boshqalar) qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. Yangiariq (Farg’ona viloyati) va Eski Jo’n (Toshkent viloyati), Qumqo’rg’on (Surxondaryo viloyati) kanallari qurildi. Yangiariq (Farg’ona viloyati) va Eski Jo’n (Toshkent viloyati) kanallari qayta qurildi, bir qancha gidrotexnika inshootlari yangilandi, sug’orish kanallari va gidro inshootlar qo’l mehnati, hashar yo’li bilan qurilgan. Minglab ishchilar 1930-40-yillarda qo’l mehnati bilan Shimoliy Farg’ona va Janubiy Farg’ona kanallarini qazidilar. Toshkent, Toshsoqa (Xorazmda) va boshqa kanallarni qurishga minglab dehqonlar jalb qilingan. 1940-yil 270 km uzunlikdagi Katta Farg’ona kanali xashar yo`li bilan 45 kunda qurib bitkazilgan. 1950-60-yillarda Markaziy Farg’onani o’zlashtirish munosabati bilan Katta Farg’ona kanali rekonstruksiya qilingan. Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimida bir qancha korporatsiya, ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy tajriba korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Korporatsiya va birlashmalarining har biri o’z tizimida o’nlab sanoat va qurilish industriyasiga ega.  Farg’ona kanalining ochilish kuni judda katta tantanaga aylangan. Bunda xalq sevgan sa'natkorlar va fan arboblari ishtirok etgan.

25-iyul parovoz ixtiro qilingan kun
Ingliz ixtirochisi Stefenson Jorj birinchi bo‘lib bug‘ bilan ishlaydigan temir yo‘l trasportini rivojlanishiga asos soldi. U 1781yil 9 iyunda Nyukasl yaqinidagi Uaylem shaharida tug‘ilgan. 14 yoshidan boshlab otasining qo‘lida Dyuli  ko‘mir shaxtasida  gazning bosimini o‘lchovchi bo‘lib ishladi. Bo‘sh vaqtlarida o‘zining mexanikaga bo‘lgan qobiliyatini sinab ko‘rish uchun soatlarni ta'mirlab yurdi. 1812-yilda Killinguortskiy  tuz konida bosh mexanik bo‘lib ishladi. Uattada shahrida  bug‘ mashinasini konstruksiyasi bilan tanishib chiqib, 1813-yilda parovozni konstruksiyalashga kirishdi. 25-iyul 1814-yilda parovoz reysini sinab ko‘rdi va u muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Stefenson bug‘ qozonni qurilishini patentladi, shunindek  kon  lampasini ajoyib, havfsiz konstrksiyasini ham o‘ylab chiqdi. 1819-1822-yillarda Xetton koniga olib boruvchi 13 kilometrli temir yo‘l tarmog‘ini qurilishiga boshchilik qildi. 1823-yilda Nyukaslda birinchi parovoz ishlab chiqaruvchi zavodni qurishga asos soldi. 1825-yilda Stokton va Darlint oralig‘idagi temir yo‘llar uchun og‘irligi 8 tonna bo‘lgan, soatiga 26 km tezlik bilan yuruvchi parovoz qurib bitirdi. Keyinroq Liverpul-Manchester temir yo‘llarini qurilishiga boshchilik qildi. Bu loyihani homiylari eng yaxshi parovoz uchun 500 funt mukofot berish bilan konkurs e'lon qildilar. Stefenson o‘zininig "Raketa” parovozi bilan yutuqni qo‘lga kiritdi. U yana  Belgiya va Ispaniya yo‘llarini qurishlishida bosh injenerlik  vazifasini bajardi. 1847-yilda injener-mexaniklar Institutini tashkil etdi va boshqardi. Stefenson 1848-yil 12-avgustda Chesterfil yainidagi Tepton-Xaus degan joyda vafot etadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash