loading...

30-iyul Amerikalik sanoatchi, AQSh avtomobilsozlik sanoati asoschilaridan biri Genri Ford tavallud topgan kun 

2020

Amerikalik sanoatchi, AQSh avtomobilsozlik sanoati asoschilaridan biri Genri Ford 1863-yil 30-iyul sanasida AQShningMichigan shtati Dirborn yaqinida dunyoga keladi. 1879-yildan Deytroytda mexanik shogirdi. 1893-yildan "Edison ilyumineyting kompani”, 1899-1902-yillarda "Deytroyt avtomobil kompani” bosh muhandisi bo’lib faoliyat olib borgan. 1892-1893-yillarda o’zining birinchi 4 taktli ichki yonuv dvigateliga ega bo’lgan (4 ot kuchli) avtomobilini yaratdi. 1903-yilda "Ford Motor” kompaniyasiga asos soldi. Keyinchalik bu kompaniya jahondagi eng yirik avtomobil kompaniyalardan biriga aylandi. O’z davrlarida standartlashtirish va konveyerpotok usulini keng qo’lladi, mehnatni intensivlash orqali yuqori mehnat unumdorligini ta’minlashga erishdi. Keyinchalik mehnatni tashkil etishning Ford qo’llagan tizimi va uning qarashlari tarixga fordizm nomi bilan kirdi. Mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risidagi o’z qarashlari va tajribalarini "Mening hayotim va ishim” (1922-yil),  "Bugun va erta” (1926-yil), "Olg’a harakat” (1930-yil) kitoblarida bayon etgan. Asarlari 20-yillarda rus tiliga tarjima qilingan. Sanoatchi 1947-yil 7-aprel kuni Dirborn vafot etdi.
Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensikolpediyasi. Toshkent.2005.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash