loading...

14-avgust Bahrayn davlati tashkil topgan kun 

2593

Bahrayn - yaqin Sharqda joylashgan davlat. Fors ko’rfazining shimoli-g’arbiy qismida Saudiya Arabistoni va ko’rfaz orqali qator davlatlar bilan chegaradosh. 33 ta oroldan iborat. Ularning orasida eng yirigi Arabiston yarimoroli bilan uzunligi 25 km ga yaqin bo’lgan ensiz bo’g’oz orqali tutashgan Bahrayn orolidir. Bahrayn orolining uzunligi 25 km, eni-16 km ni tashkil etadi. Tuproq qatlamida ohaktosh keng tarqalgan. Hududning katta  qismini chalaсho’llar egallagan. Arxipelagning yuqori nuqtasi Jabalad-Duhan (134 m). Ba’zi orollar Bahrayn va Muharrak bilan to’g’onlar vositasida bog’langan. Iqlimi-tropikdan subtropikka o’tuvchi. Vohalarda hurmo daraxti o’sadi. Hududning katta qismi tropik cho’llardan iborat. Ilon, chayon, kemiruvchi va chiyabo’rilar keng tarqalgan. Mamlakat iqtisodining asosini neft qazib olish va uni qayta ishlash tashkil etadi. Kema ta’mirlash, sement ishlab chiqarish va boshqa korxonalar bilan bir qatorda hunarmandchilik ham taraqqiy etgan. Kimyo sanoati ham rivojlangan, alyuminiy eritiladi. Madaniy o’simliklardan makkajo’xori, bo’g’doy, arpa yetishtiriladi. Echki, qo’y, eshak va qoramol boqiladi. 2012-yilda yaim miqdori 26 509 mln dollarni tashkil  etgan. Asosiy savdo hamkorlari- Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH, Avstraliya. Miloddan avvalgi III ming yillikda zamonaviy Bahrayn kuchli savdo imperiyasi hisoblangan. Dilmunning markazi bo’lgan. Miloddan avvalgi 1600-yillarida Dilmun inqirozga yuz tutadi. Bahrayn miloddan avvalgi 600 yilda Bobil, IV-VI asrlarda Sosoniylar davlati tarkibiga kiradi. IX-X asrlarda Bahrayn Ummaviylar imperiyasi, keyinchalik Abbosiylar davlati tarkibida bo’ldi. 1487-yilda Bahrayn va Muharrak orollari ummonlik qabilalar tomonidan bosib olindi. 1536-yildan 1602-yilgacha orollarni portugalar nazorat qilishdi. XVIII asr o’rtalarida Bahraynda uni hozirgi kunda ham idora etayotgan Al-Xalifa sulolasi hokimiyatiga keldi. XIX asrda Bahrayn inglizlar nazorati ostida edi. 1971-yil 14-avgustda Bahrayn mustaqillikka erishdi. Bahrayn Arab davlatlari Ligasi tarkibiga kiradi. 1979-yili Misr-Isroil shartnomasi imzolanganidan so’ng, Nahrayn Misr bilan diplomatik aloqalarni to’xtatgan va 1981-yili Anvar Sadat o’limidan keyin qayta tikladi.  Bahrayn hududida AQSH harbiy bazalari joylashgan.

14-avgust Bryusel shaharlaridagi gulli gilam bayrami
Ikki yil ichida bir marta Bryuselning "Grand Palas” maydonida tirik begoniy "tuberoza grandiflora” turli guldan gulli gilam yoyiladi. Ushbu begoniyadan yasalgan tirik gilamni so‘limasligi uchun faroralarning butun sistemasi ta’minlab turadi. 300 kvadrat metirga  yoyilgan tirik gilamni uch yevro evaziga shahar Ratushasining ayvonidan tomosha qilsa bo‘ladi. 14-avgust kunida esa salyutlar feyervenrklar va chiroq ovozli spektakllar bo‘lib o‘tadi.  Shahar aholisi va shahar mehmonlari maydonda bayramlar va sayillar qilishadi.

14-avgust Portugaliya korridasi shousinig paydo bo'lgan kun
Har yili 14-avgustda Abiulda portugaliya korridasining tug‘ilgan kuni o‘tkaziladi va unda asosiy qahramon – qadimiy milliy an’analarga yo‘g‘rilgan korrida hisoblanadi. Korrida – bu nafaqat musobaqa, balki u sport bilan san’at uyg‘unligi, qo‘rqmas, botirlar ishtirokidagi shoudir. Kabalero otga mingan holda jangni boshlaydi, furkadush esa tik oyoqda jang olib boruvchi bo‘lib, u xo‘kizning teri ostidagi yog‘ qatlamiga farpa, ya’ni uzunligi 2 smli o‘tkir ilgakning uchi bilan jarohat yetkazilgandan keyin  jangga kirishadi. Buning og‘rig‘ini inson uchun igna bilan ukol qilishga tenglashtirish mumkin. O‘tgan asrlarda ot ustidagi jangchilar – aristrokratlar, tik oyoqdagilar esa – oddiy insolar bo‘lgan. Bu narsa ularning ustki kiyimlarida ham ajralib turadi. Shundan beri mamlakatda korrida qatnashchilari uchun yosh bo‘yicha aniq chegaralar bor. Kichik kategoriya («infrantish») ga katta emas, balki yosh xo‘kizlar bilan jang olib boruvchi 10-14 yoshdagi bolalar kiradi. O‘smir guruh («yuvenaylz») ga 14-18 yoshdagilar kiradi. Asosiy guruh yoshi – 18-35 yoshdagi erkaklardir. Portugaliya korridasi 1867 yilda vujudga kelgan. Korrida musobaqalarida 500-600 kg og‘irlikdagi uch-to‘rt yoshdagi xo‘kizlar qatnashadi. Boshqa korridalarga nisbatan portugaliya korridasi kamroq qon to‘kish bilan o‘tadi. Korrida tugagandan so‘ng xo‘kizlarni o‘z joylariga jo‘natishadi. Trenirovka va jang oldidan ularning shoxlariga zarbani yumshatish uchun maxsus charm g‘iloflar kiygazishadi. Bunday g‘iloflar furkadushni, agar u birgina xatolikka  yo‘l qo‘ygan bo‘lsa ham, himoya qiladi. Jangchidan nafaqat botirlik, balki o‘ta kuchli ko‘rish qobiliyati, harakatlarni tezkor bajarish va sovuqqonlik talab etiladi. Arena atrofidagi tribunalar har doim odamga to‘la – korrida xalq orasida, ayniqsa qizlar orasida juda mashhurdir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash