loading...

25-avgust Belorussiya Respublikasida Mustaqillik kuni 

1948

Belorussiya sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Shimolig’arbda-Litva va Latviya, sharqda-Rossiya, janubda-Ukraina, g’arbda-Polsha bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi-3098 km. Mamlakat hududi asosan tekisliklardan iborat. Tepaliklar kam uchraydi, ulardan Minsk tepaligi alohida ajralib turadi. Iqlimi mamlakatning deyarli hamma joyida bir xil. Yirik daryolari- Dnepr, pripyat, Berezina, G’arbiy Dvina, neman, Soj. Mamlakatda Naroch, Osvey, Svityaz kabi yirik  ko’llar bor. Tabiiy qazilma boyliklari: kaliyli va toshli tuzlar, ko’mir, komir, neft, torf. Belarusda keng bargli o’rmonlar tarqalgan bo’lib, ular mamlakat hududining 1/3 qismini egallagan.  Belarus o’rmonlarida asosan 8 turdagi daraxtlar, 70 turdan ortiq butalar va yarimbutalar o’sadi. Mamlakat hududida juda ko’p dorivor o’simliklar-archagul, itburun, zira, marvaridgul o’sadi. Davlat tuzlishi-unitar davlat. Davlat boshligi-prezident. Hukumat boshlig’i-bosh vazir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Respublika Kengashi va Vakillar Palatasidan iborat parlament-Millat majlisiga tegishli. Mamlakat 6 ta-Brest, Gomel, Grodno, Minsk, Mogilyev va Vitebek viloyatlariga bo’lingan. Yirik siyosiypartiyalar: Belarus birlashgan demokratik partiyasi, Belarus Sotsial-demokratik partiyasi, Belarus xalq fronti, Belarus kommunistik partiyasi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: avtomobilsozlik va traktor mashinasozligi, radioelektronika, yengil va kimyo sanoatlari, uskunasozlik, oziq-ovqat, harbiy texnika ishlab chiqarish. Qishloq xo’jaligi asosan donli ekinlar, kartoshka, sabzavotlar yetishtirishga hamda go’sht va sut ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. VII asrdan boshlab hozirgi Belarus hududida slavyan qabilalaridan dregovichlar, radimichlar, krivichlar istiqomat qilganlar. Dastlabki8 shaharlar-Minsk (1087), Vitebek, Pinsk, Brest XI asrda paydo  bo’ldi. XII asrda feudal tarqoqlik bosjhlangan bir vaqtda bir qator mayday knyazliklar: Polosk, Turovo-Pinsk, Grodno Minsk va boshqalar vujudga keldi. XiV asrda butun Belarus yerlar Litva Buyuk Knyazligi tarkibiga kirdi. 1569 yili Polyak-Litva davlatlarining birlashuvi oqibatida Rech Pospolita davlati tashkil topdi. Belarus ham o’z-o’zidan bu davlat tarkibiga kirdi. 1569 yili Polyak-Litva davlatlarining birlashuvi oqibatida Rech Pospolita davlati tashkil topdi. Belarus ham o’z-o’zidan bu davlat tarkibiga kirdi.

25-avgust Toshkentdagi Yapon bog'i tashkil topgan kun
Yapon bоg’i (Amir Temur shox ko’chasi, 107) - "O’zekspomarkaz” tarkibida. 2001-yil 25-avgustda ochilgan. Maydoni 4 gektar. O’zbekiston tashqi iqtisldiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi va Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bog’qurilishi 1997-yil sentyabrda Toshkent markazidagi ko’l sohilida boshlangan. Yapon bog’i 2 qism: "Karesansui”- dzen-buddizim falsafasi asosida maxsus o’rnatilgan toshlar va daraxtlardan hamda "Chesenkaiyu”. Yapon sintoizmi quvnoqlik dunyosini aks ettiruvchi hovuz, jilg’a va gullardan tashkil topgan. Bog’da choy paviloni turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, yaponiyalik san'atkorlar ishtirokida konsertlaro’tkaziladi.          

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash