loading...

18-sentyabr – xazonrezgi bayrami 

2880

Sentyabr oyida hali haqiqiy kuz haqida erta bo’lsada, havo hali iliqligiga qaramay daraxtlar birin-ketin barg to’kishni boshlaydi. Atrof rang-barang barglarga to’lib, yer yuzini xazon qoplaydi. Ushbu bayram yoz bilan xayrlashib, yomg’irli salqin kuz havosini qarshi olishga bag’ishlangan.

Yoz oxiri kuz boshi – baxmal mavsumi bayram va marosimlarga juda boy bo’lgan. Xalqimizda bu mavsum pishiqchilik, to’qchilik davri deyilgan.

18-sentyabr Chili Respublikasida mustaqillik kuni 
Rasmiy nomi – Chili Respublikasi. Poytaxti – Sant’yago. Hududi – 756900 kv.km. Davlat tili-ispan. Aholining asosiy qismi xristian dinining katolik mazhabiga e’tiqod qiladi. Pul birligi – chili pesosi. Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning janubi-g’arbiy sohilida joylashgan davlat. Sharqda – Argentina (chegara uzunligi – 5308 km) va Boliviya (860 km), shimolda – Peru (171km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi – 6339 km. G’arbda va janubda mamlakat Tinch okeani bilan tutashgan. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 6435 km. Mamlakat shimoldan janubga Tinch okean bo’ylab 4300 km cho’zilgan. Chili hududini 3 ta fizik-geografik hudud tashkil etadi: sharqda – And tog’lari, markazda – Uzun vodiy va pasttog’lar, shimolda – Atakama cho’li joylashgan. Mamlakat markazida joylashgan vodiyning uzunligi – 1000 km, eni – 40-80 km bo’lib, aholi zich joylashgan hudud hisoblanadi. Eng baland nuqtasi – Oxos-del’-Salado (6880 m) tog’i. Vulqonlar ko’p, zilzilalar tez-tez bo’lib turadi. Asosiy daryolari: Loa, Elki, Maypo, Akonkagua. Chilining janubida ko’llar bor. Asosiy boyliklari: mis, temir rudasi, qimmatbaho metallar, molibden, yog’och. Haydaladigan yerlar hududining 7%, o’rmon va to’qaylar – 21%, yaylov va o’tloqlar – 18% ini tashkil etadi. Iqlimi: shimolda – tropik cho’l, markazda – subtropik va o’rta dengiz, janubda – mo’tadil okean iqlimiga xos. Tamarugo, notofagus, kanelo, alerse daraxtlari mavjud. Hayvonot dunyosi puma (kaguar), tulki, kiyik, kolokolo mushugi, amerika sassiqko’zani (skuns), Magellan iti, kaltekesaklar, to’tiqush, o’rdak, kondorlardan iborat. Mamlakat tarkibiga 12 ta mintaqa va alohida poytaxt okrugi kiradi. Mustaqillikka 1810-yilning 18-sentyabrida erishgan (avval Ispaniya mustamlakasi). Ushbu kun milliy bayram – Mustaqillik kuni deb qabul qilingan.

1995-yil 18-20-sentyabr – Nukus shahrida BMT rahnamoligida Orol dengizi havzasidagi davlatlarning barqaror rivojlanishi masalalariga bag’ishlangan xalqaro konferinsiya bo’lib o’tdi. Unda Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish muammolari bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro tashkilotlarining Nukus deklaratsiyasi imzolandi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash