loading...

19-аvgust Xalqaro gumanitar yordam ko'rsatish kuni 

1808

Yordam ko‘rsatuvchi xodimlar – bu birdamlik ko‘rsatuvchi elchilar bo‘lib, ular dunyodagi eng yaxshi insoniy sifatlarni namoyon etishadi. Lekin ularning mehnati juda xatarli. BMT bosh kotibi Pan Gi Mun BMT bosh assambleyasi 19 avgustni butun dunyo gumanitar yordam kuni deb delgilagan. Bu kunni solnomaga kiritib, BMT vazifalarni belgilay boshladi: butun dunyoda gumanitar yordam ko‘rsatishda jamiyatda axborotlashtirishni oshirish. Bundan tashqari, gumanitar yordam ko‘rsatish tashkiloti ushbu sohada xalqaro hamkorlikning muhimligini yodda tutib, ushbu sohada ishlagan va ishlashda davom etayotgandarga minnatdorchilik bildiradi. Butun dunyo Gumanitar yordam kuni turli xil axborotlar hamda o‘quv tadbirlar uyushtiriladi. Bundan tashqari, bu kun dunyo uyushmasi boshqalarni qutqarish maqsadida o‘z umrini hazon qilganlarni xotirlashadi.

19-аvgust Havo shari bilan yuqori ko'tarilgan Dmitriy Mendeleyev quyosh tutilishi hodisasini kuzatgan kun
Havo shari bilan yuqori ko'tarilgan Dmitriy Mendeleyev quyosh tutilishi hodisasini kuzatdi.Quyoshning oy gardishi bilan to'silishi natijasida sodir bo'ladigai hodisa, Oy o'z harakati davomida Yer bilan Quyosh orasidan o'tayotib, ma'lum paytlarda Quyosh yuzasiin to'sib qo'yadi va Oy soyasi Erning ma'lum hududiga tushadi. O'sha joyda Quyoshning to'la tutilishi kuzatiladi va atrof qorong'ilashadi. Qolgan joylarda tutilish qisman kuzatiladi. Bir yilda 2 tadan 5 tagacha Quyosh tutilishi bo'lishi mumkin. Yerning Quyosh atrofidagi va Oyning Yer atrofidagi harakatlari cho'zinchoq orbitalar bo'ylab bo'lgani sababli ular orasidagi masofa doimo o'zgarib turadi. Natijada Quyosh va Oyning ko'rinma dioametri doim uzgarib turadi. Quyosh tutulishi paytida Oyning ko'rinma diametri Quyoshnikidan yetarlicha katta bo'lsa, to'la tutilish sodir bo'ladi va uning maksimal fazasi uzoqroq (7.5 min.dan oshmaydi) bo'ladi. Oy gardishi Quyosh gardishidan kichik bo'lsa. U Quyosh yuzasini butunlay to'sa olmaydi va bu paytda u osmonda ingichka yorug' halqa (halqasimon tutilish) tarzida kuzatiladi. Oy o'z orbitasi bo'ylab sekundiga 1 km tezlik bilan harakatlangani uchun oy soyasi ham taxminan shunday tezlik bilan harakatlanadi, Lekin soya o'z o'qi atrofida aylanib turgan Yerga tushadi. Yer aylanishining yo'nalishi ham ma'lum bo'lgan. Bu saros deb atalib. U 18 yil 11 kun 8 soatga teng.

19-аvgust Slоvakiyada olmalar kuni
Olma o‘simligi atirguldoshlar oilasiga mansub bo‘lib, florada 23 turkumi va 600 turi mavjud. Olma turlari O‘rta Osiyoning tog‘li o‘rmonlarida, Yevropaning tropik zonalarida tabiiy holda uchraydi. Hozirda seleksioner olimlarning izlanishlari orqali olmaning turli xil navlari yaratilmoqda. Olma mevasi – ko‘plab beqiyos darmondorilar va mikroelementlar manbai hisoblanadi. Olma qip-qizil yoxud sap-sariq bo‘lib, g‘arq pishganini ko‘pchiligimiz xush ko‘ramiz, ammo nordon olma shifobaxshlikda yetakchi hisoblanadi. Ko‘k rang olma tarkibida pektin mo‘l va qand moddasi keskin kamligi bois, benazirdir. Qizil, qirmizi olma foydali jihati bo‘yicha ko‘k ranglidan keyingi o‘rinda turadi. Sariq rang yoki oqish-shirin olmalar esa shifobaxsh jihatlari bo‘yicha eng quyi o‘rinda turadi. Olma tarkibida 15 foizgacha limon kislotasi, temir, kaliy, mis, vitaminlardan V1, V2, RR, A va folat kislotasi mavjud. Ammo uning eng qimmatli jihati tarkibida askorbin kislotasi (vitamin S) va pektin moddasi mavjudligidadir. Iste’mol qilingan olma hali oshqozon-ichak tizimida turgan damlardayoq pektin moddasi yordamida xolesterin miqdorini 10-15 foizga kamaytirishi aniqlangan. Olma nafaqat xushxo‘r meva, balki shifobaxsh ne’mat sifatida azaldan qo‘llab kelingan. Abu Ali ibn Sino o‘zining "Tib qonunlari" asarida olma mevasi xususida bir qancha ma’lumotlar qoldirib ketgan. Ibn Sino bemorning mijozi issiq yoki sovuqligini inobatga olib, olmani har xil kasalliklarda qo‘llagan. U pishmagan olma ko‘p iste’mol qilinganda buyrakda tosh hosil bo‘lishi mumkinligi haqida ham aytib o‘tgan. 
 Xalq tabobatida bu meva bilan quyidagi kasalliklarni davolashgan:
 1) peshob yo‘li toshlari tushirilgan;
 2) oshqozon-ichak yallig‘lanishi davolanilgan;
 3) surunkali bod kasalligini davolashda qo‘l kelgan;
 4) ovoz bo‘g‘ilishida ham bu meva benazir vosita hisoblangan.
 Zamonaviy tibbiyot ham olma bir qancha kasalliklarga davo bo‘lishi va beqiyos darmondorilar manbai ekanligini tasdiqlaydi. Zamonaviy tabobat olma mevasi qator mikroblarga qiron keltirishini, qon harakatini maromiga solishi, parishonxotirlik, miya horg‘inligini ketkizishini e’tirof etgan. Shuningdek, podagra va dizenteriya kasalliklarida olmali parhez qo‘l kelishi isbotlangan. Olma po‘stlog‘ida katta miqdorda kversetin antioksidanti mavjud bo‘lib, u S vitamini bilan birga erkin radikallarning organizmga zararli ta’sir ko‘rsatishiga halaqit beradi. Pektin olmaga uning asosiy himoya kuchini beruvchi modda ham hisoblanadi. U organizmga kiruvchi qo‘rg‘oshin va margimush kabi zararli moddalarni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi. Olmadagi erimaydigan tolalar ich qotishi va bu bilan yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanishining oldini oladi. Xalqimiz olma mevasini har xil ko‘rinishda, xususan yangi uzilgan, murabbo yoki sharbat holida tanovul qiladi. Tadqiqotchilar kuniga 2 dona olma iste’mol qilish organizmdagi xolesterin miqdorini 16 foizga kamaytirishini aniqlashgan. Buning ma’nosi shuki, aholi orasida ateroskleroz, insult, infarkt kasalliklari yuzaga kelishining anchayin kamayishiga olib keladi. Buni olma tarkibidagi pektin moddasi amalga oshiradi. Olma tarkibida ko‘p miqdorda temir moddasi bo‘lib, u qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi. Gemoglobin esa to‘qima va hujayralarga kislorod yetkazib berishdek muhim bir vazifani bajaradi. Organizmda temir yoki gemoglobinning kamligi xalq orasida anemiya yoxud kamqonlik deb ataladi. Olma sharbati ham organizmga juda foydali bo‘lib, ayniqsa aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar uchun zarur ichimliklar qatorida turadi. Olma sharbatini tayyorlashda bir jihatga albatta e’tibor berish kerak bo‘ladi. Serquyosh o‘lkamizda yetishtiriladigan olmalarning tarkibida qand miqdori yuqori bo‘lganligi sababli sharbatlarga tengma-teng miqdorda qaynatilgan suv qo‘shib iste’mol qilinadi. Bu organizmda ortiqcha qand yig‘ilishining oldini oladi. Har yili 19 avgustda Slavyanlarda xalq bayrami nisholanadi. Ushbu bayram qadimgi rus davridan bayram shaklida nisholanadi. Olma shakildagi bayram har yili kuz faslida nisholanishi kuzda tutilgan chunki ushbu bayram nisholanganda ya’ni 19 avgust kunlarining harorati pasayadi. Kunlar sekin asta salqinlashib boradi. Ushbu bayramni nisholashda o‘zining turli xil an’analari mavjud. Ushbu kungacha bayramda olma qo‘shilgan oziq-ovqatlar, mahsulotlar istemol qilinmagan. Ularning ananalari  bo‘yicha olmali mahsulotlarni  iste’mol qilganlarga jannat eshiklari ochiladi degan tasavurga ega bo‘lmaganlar. Ya’ni ushbu bayram tugagandan so‘ng olmalarni iste’mol qilish mumkin degan xulosalarga kelgan, chunki 19 avgustgacha olmali daraxtlar kesish man etilgan. 

19-аvgust Rossiyada Telnyashka (Matroslarning mahsus kiyimi) kuni
Ushbu bayram albatta norasmiy hisoblansada, lekin Rossiya hududlarining ba’zi joylarida ushbu bayramni yaxshi ko’rishadi. Ushbu bayram Sankt-Peterburgda tan olingan. Ushbu bayramni dengizchilar, desantlar, o’zini haqiqiy erkak deb bilangan erkaklar nishonlaydilar. Nima uchun aynan 19-avgust kuni ushbu bayram nishonlanadi degan savol ko’pchilikni qiziqtirsa kerak. 1874-yilda imperator Aleksandr II Rus dengizchilari uchun maxsus forma ta’sis etilishi haqida qaror qabul qildi. Dengizchilar kiyimi sherst  yoki X/B matodan oq va ko’k yo’l-yo’l rangda bo’ladi. Ushbu kiyim juda ham qulay va sifatli hisoblanadi. Shuning uchun ham u yildan-yilga o’z o’rnini  yo’qotmay, saqlanib kelinmoqda.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash