loading...

30-sentabr Botsvana Respublikasining mustaqillik kuni 

1949

1966-yil 30-sentabr – Botsvana Respublikasi mustaqillikka erishgan kun. Botsvana Afrika qit’asining janubiy qismida birinchi bo’lib mustaqillikka erishgan davlat. Poytaxti – Gaborone. Hududi – 600400 km.kv. Davlat tili – ingliz, setsvana yoki tsvana. Pul birligi – pula. Botsvana Afrikaning janubida joylashgan. Shimol va g’arbda – Namibiya (1360 km), shimoli-sharqida – Zambiya va Zimbabve (813 km), janub va janubi-sharqida – Janubiy Afrika Respublikasi (1840 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi –4013 km. Botsvana tekislikdagi mamlakat bo’lib, janubi – g’arbiy qismini Kalaxari cho’li egallagan. Eng yuqori nuqtasi Sodilo tepaliklarida (1489 m ) joylashgan.  Iqlimi – subtropik. Eng katta daryosi – Limpopo. Qazilma boyliklaridan olmos, mis, ko’mir, temir rudasi, kumush, tabiiy gaz mavjud. Florasini cho’l savannalarida o’sadigan o’simliklar tashkil etadi. Hayvonot dunyosida arslon, jirafa, zebra, antilopa, fil, chiyabo’ri, sirtlon, timsoh, tuyaqushlarni uchratish mumkin. Ilonlar va kaltakesaklar ham ko’plab uchraydi.

30-sentabr Xalqaro tarjimonlar kuni
"Otlar taraqqiyot pochtasi” barcha tarjimonlarni Aleksandr Sergeevich Pushkin deb nomladi. Chunki doimo Aleksandir Pushkin o'zining davrida xech bir mamlakat tarjimonlari tarjima qila olmagan ko'plab asarlar, adabiyotlarni turli tillarga tarjima qilgan edi. Keyinchalik 1991-yildan boshlab aynan ushbu kuni yani 30-sentabr kunini xalqaro federasiya tarjimonlari (International Fédération Internationale des Traducteurs, FIT ) va kun tarjimonlari (International Translation Day). bayrami deb e'lon qilindi. Avval 1953-yilda Parijda FIT tashkiloti barcha tarjimonlarni birlashtirar edi. Bugungi kunga kelib 100 dan ortiq tarjimonlar tashkilotlar mavjud. Dunyo bo'yicha 60 ta mamlakat ushbu soha bo'yicha mamlakatlar orasida aloqalarni mustaxkamlash maqsadida bilimlarini almashadilar, birgalikda xamkorlikda faoliyat yuritadilar. Va ushbu harakat orqali ushbu kasbni rivojlantiradilar.

30-sentabr Avstriyada qovoq bayrami
Sentyabr oyining o’zgacha bayramlaridan biridir- Avstriyada qovoq bayrami. Har yili 30 sentyabrda-bu bayram shu mamlakatning katta va kichik shaharchalari aholisini to’playdi. Bayramda qovoqdan tayyorlangan turli xil antiqa tansiq taomlarni ta'tib ko’rish mumkin: sho’rvalar, qandolat maxsulotlari, ichimliklar va boshqalar. Bayram kunlari munosabati bilan turli ko’rgazmalar, qovoqdan tayyorlangan turli eksponatlar taqdimotlari bo’lib o’tadi. Bayramning yana bir asosiy voqyealaridan biri qovoq poygasi hisoblanadi. Buning uchun qovoqning eng yirik hosilidan biri tanlab olinadi, uning ich qismi o’yib olinadi va kichik qovoqli kemacha hosil qilinadi. Bunday qovoqli "kemacha”larda suvda poygalar bo’lib o’tadi. Bundan tashqari qovoq ko’rgazmalari, ya'ni eng kattadan kichigigacha hamda qovoqdan tayyorlangan turli haykaltaroshlik namunalari namoyish qilinadi. Hozirgi kunda bizda ham qovoqdan "karvin” usulida turli ijod  namunalari ko’rgazmalari bo’lib o’tmoqda. Qovoq tibbiyotta ham juda shifobaxsh sabzavot sifatida tan olingan. Tabiatda qovoqning 13 turlari mavjud. Uning mevasidan tashqari danagi ham juda shifobaxsh hisoblanadi. Uning Vatani Shimoliy va Janubiy Amerika hisoblanadi. Mevasi tarkibida 15-18% quruq modda, 4-11% qand, askorbin kislota, karotin, tiamin, riboflavin, azotli birikmalar, 0,7% biriktiruvchi to’qima, 0,5% oqsil, 0,2% yog’, 0,6% kul moddasi, urug’ida 20-40% yog’ bor. Qovoq qaynatib, dimlab, qovurib iste'mol qilinadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash