loading...

31-avgust O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligi qabul qilingan kun. 

84707

1991-yil 31-avgust kuni O`zbekiston Respublikasining Mustaqilligi e`lon qilindi. Inson uchun ozodlikdan qadrli ne`mat yo`q. 1991-yil 1-sentabr xalqimizning  ma`naviy hayotida  beqiyos o`rin egallagan har yili eng ulug`, eng aziz bayram sifatida katta shodu hurramlik bilan nishonlanadigan qutlug` ayyomga aylandi. Prezident Islom Karimov  "Mustaqil o`zbek davlati-halqimizning tarixiy yutug`idir. Xalqi yuz yillar mobaynida  ozodlikni orzu qilgan O`zbekiston chinakam mustaqillikni qo`lga kiritib, gullab yashnadi va farovonlikka  erishishi  taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda  munosib o`rinni egallash – biz ko`zlayotgan oliy maqsaddir” deydi. Yurtboshimizni tashabbusi bilan tilimiz, dinimiz, milliy g`ururimiz, Navro`z, Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, kabi milliy bayramlarimiz qayta tiklandi. Yurtdoshlarimiz haj va umra safarlariga erkin borib keladigan bo`ldi.  Davlat ramzlari qabul qilindi. Ilgari nomi ham, asarlari ham  bizdan sir tutilgan buyuk ajdodlarimiz yana o`zimizga qaytdi. Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom, Samarqanddagi Imom Buxoriy, Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi, Termizdagi Alpomish yodgorlik majmualari kabi ko`plab maskanlar mustaqillik sharofati bilan barpo etildi, qaytadan obod qilindi. Mustaqillikka  erishgach milliyligimiz, ma’naviyatimiz, qadriyatlarimiz, madaniyatimiz qayta tiklandi. O`tgan 27 yil ichida O`zbekiston tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov "Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o`zi yo`l qo`ymaydi” deb ta’kidlaydi. Yurtimizda kun sayin bunyodkorlik ishlari jadallashmoqda: diyorimizda qad ko`targan muhtasham binolar, dilni yayratadigan istirohat bog`lari, ko`zni quvnatadigan ko`priklar bunyod etilmoqda.

31-avgust - Yurtimizda qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni
Ajdodlarimiz azal-azaldan  to‘y, bayram qilishdan oldin o‘tgan ajdodlarimiz хotirasini yodga olishgan, marhumlar sha’niga duolar o‘qib, is chiqarishgan, elga osh tortishgan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti tomonidan qatag‘on qurbonlarini yod etish kunining joriy etilishi – tarixiy an’analarni yangi zamonaviy shaklda tiklashning eng ibratli namunasi bo‘ldi. Yurtboshimizning tashabbusi  bilan Toshkentning Yunusobod tumanida bunyod etilgan. "Shahidlar hotrasi” yodgorlik majmuiga  31-avgust tongida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan yuzlab vatandoshlarimiz yig‘ildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining "Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risidagi” Farmoniga muvofiq, hozir "Shahidlar hotirasi majmuyini yanada obodonlashtirish. Xususan, ko‘plab qatag‘on qurbonlarning nomlari aniqlanib, ularga taalluqli buyumlar, shuningdek, faoliyatiga doir materiallar, qiziqarli axborotlar, suratlar va boshqa hujjatlar yig‘ilmoqda. Ular tabiiyki, nohaq jabrlanib, shahid ketgan ota-bobolarimizning  fojiali qismatini yodga solib turadi. Хotira va qadrlash kuni xalq ozodligi yo‘lida shahid ketgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish nafaqat tarixiy haqiqatni tiklash, ularning pok nomlarini oqlash , balki ularning ibratli hayoti va kurashi misolida yosh avlodda istiqlol qadriyatlariga xurmat va sadoqat tuyg‘usini tarbiyalash, vatanparvar va xalqsevar ota-bobolarning olijanob an’analarini ular ongi va shuuriga singdirish buyuk kelajagimiz me’morlarini voyaga yetkazish ishiga ham xizmat qilajak” –deydi "Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasi raisi Naim Karimov. Shuni alohida  ta’kidlash kerakki, "Xotira va qadrlash kuni”ni uyushtirish halqimiz tomonidan keng qo‘lab-quvvatlandi. Uni tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. 

31-avgust "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi tashkil topgan kun
"Qatag’on Qurbonlari xotirasi” muzeyi –O’zbekiston Fan tizimidagi ilmiy-ma'rifiy muassasa. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining "Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida” 2001-yil 1-maydagi Farmoni asosida Toshkent shahrida "Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui 2002-yil 31-avgustda barpo etilgan. Muzey chor va sovet hokimyati davrida vatan ozodligi yilidagi faoliyati hamda xatti-harakati uchun qatag’on etilgan vatandoshlar xotirasini adabiylashtirish maqsadida tashkil qilingan. Muzeyning ilmiy-tematik ekspozitsiyasi kuydagi 7 bo’limdan iborot, XIX asrning o`rtalarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi xalq qo’zg’olonlari, Turkiston muxtoriyatining tugatilishi va 20-yillardagi qatag’on, "Quloqlashtirish” kompaniyasi 30-yillarda, 30-yillardagi qatag’on, 40-50-yillardagi qatag’on, 80 yillardagi qatag’on. Mustaqil O’zbekistonda qatag’on qurbonlari xotirasining e'zozlanishi. Muzeyning asosiy vazifalari quyidagilar: qatag’onchilik siyosatining paydo bo’lish sabablari va oqibatlarini tadqiq e’tish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish; mamlakatimiz fuqorolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashishgan fidoiy ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruxida tarbiyalash, qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bog’liq ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish va targ’ib etish, qatag’on qurbonlari hayoti va faoliyatini o’rganish, ilmiy-ijodiy merosini to’plash, nashirga tayyorlash va chop etish, muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda horijdagi turli hujatlar va boshqalar. Eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitish borish. Muzey "Shahidlar xotirasi” hayriya jamg’armasi bilan hamkorlikda  "Qishloq fojiasi” "Abdulla Qodiriy” (S.Mirvaliyev), "Cho’lpon” (N.Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori Abdurashidxonov va Botuvning "Tanlangan asarlar” ini nashr etgan, O’zbekiston hujjatli va badiiy filmlar kino studiosi hamda "Ozbektelefilm” studiosi bilan hamkorlikda "Barhayot xotira”, "Armoniy yillar ko’zgusi”, "Fidoiy olim”, "Mirtemir” singari hujjatli filmlar yaratgan. Muzey binosi mamlakatimizning noyob me'moriy inshootlaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va g’oyasi asosida loyihalangan va bunyod etilgan. Bino ananaviy me'morlik uslubi (ayvon, gumbaz, peshayvon, ravoq) qurilib, milliy bezaklar bilan ziynatlangan. Muzey binosi murabba tarhli (20x20 m.), balandligi 20 m. Gumbazli (balandligi 6.2 m, diametri 5, 8 m., feruza rang gumbazi "Shahitlar xotirasi” yodgorlik majmuyidagi ayvon gumbazi bilan uyg’un), bino atrofi kengligi 4 m. Bo’lgan ochiq ayvon bilan o’ralgan, undagi 28 ta ustun va to’sinlar hamda to’rt tarafdagi kirish zinapoyalari binoga o’ziga hos salobat baҳsh etadi. Binoning pastki qismida texnik-muhandislik, ma'muriyat va boshqa shimcha xonalar joylashgan, ular ko’rgazma zali bilan maxsus yo’lak va zinapoyalar orqali uzviy bog’lanadi. Bino bezagida marmar, haqiq, granit toshlar, rangli koshinlardan foydalanilgan, yog’och (A.Abdullayev, S.Rahmatullayev, N.Sohibnazarov va boshqalar), ganchkorlik (M.Murodov va boshqalar), naqqoshlik (A.Karimov va boshqalar), koshinkorlik (M.Mamajonov, R.Muhammadjonov, M.Shedring, V.Gan va boshqalar), gumbazning ichki bezagida murakkab iroqi muqarnas mahorat bilan qo’llanilgan. Binoni barpo etishda Toshkent shahar me'morlik bosh boshqarmasi hamda "Usto” ijodiy uyushmasi ustalari faol ishtirok etgan.

31-avgust Toshkentdagi Amir Temur haykali omma e'tiboriga taqdim etildi.   
1994-yil 31-avgust mustaqillik arafasida taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov bronzadan quyma yasagan Amir Temur haykali Toshkent aholisiga taqdim etildi. Haykaltarosh usta akademik maktab vakili, ko‘p marotaba dunyo bo‘ylab sayohat qildi, Meksikada Rivera, Orasko va Sikeyros haykallarini ko‘rib o‘z ijodini qayta nigohidan o‘tkazdi. Aynan shu ijodiy safar natijasida Badiiy Akademiya akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ilhom Jabborov biz bugun ko‘rib turgan otliq Amir Temur haykalini mana shunday ajoyib ko‘rinishda yaratdi. Amir Temur shaxsini Toshkentning markaziy qismi ramzi sifatida tanlash tasodifiy emas. Buyuk sarkarda va davlat arbobi, o‘zbek davlatchiligi asoschisining timsoli poytaxt aholisini mustaqil davlatni yaxlit birlashtirishga, buyuk ajdodlarning ezgu ishlarini davom ettirishga chaqiradi. Haykal Amir Temurning o‘tirgan holatini ifoda etadi. Hukmdor jangovar kiyimda, go‘yoki g‘alabali yurishdan qaytmoqda, chap qo‘li bilan olovli otini jilovlamoqda, o‘ng qo‘li uni kutib olayotgan odamlar uzra ko‘tarilgan va mamlakatda tinchlik, osoyishtalik hukm surishini ma’lum qilmoqda. Hukmdorning viqorli salobati va yarim bukilgan qo‘li farovonlik va taraqqiyot ramzidir. Haykal o‘rnatilgan tagkursida esa buyuk Temurning "Kuch – adolatdadur” shiorining to‘rt tilda yozilganligini ko‘ramiz. 2009-yil noyabrida hukumat qaroriga muvofiq, Amir Temur xiyoboni tubdan qayta tiklandi: ko‘pchiligining yoshi 100 dan o‘tgan keksa daraxtlar kesib tashlandi. Xiyobon hududida hashar uyushtirilib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirildi, ko‘rkam, go‘zal va shinam bog‘-xiyobon vujudga keltirildi. Turli manzarali daraxtlar, gullar ekilib, zamonaviy favvoralar o‘rnatildi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash