loading...

5-sentabr Hindistonda o’qituvchilar kuni 

1846

 Eng hurmatga sazovor insonlar deya, bu kun Hindistonda o’qituvchilar kunini nishonlaydilar. 5 sentyabr - bayram sanasi doktor Sarvapalli Radxakrishkana - faylasuf, pedagog, jamoat hamda davlat arbobining tug’ilgan sanasidir. 1962-1967 yillar Radxakrishnan Hindiston prezidenti bo’lgan. Bayram kelib chiqishi haqida bir taxmin bor: bir kuni safdoshlardan biri uning tug’ilgan kunini milliy bayram o’rnida katta tantana bilan nishonlashni taklif qilgan, prezident esa unga javoban uning barcha kasbdoshlari – o’qituvchilarni qutlashni taklif qilgan. Sarvapalli Radxakrishkana boy xonadonda dunyoga kelgan, keyinroq "Vedant etikasi va uning faylasuflik asoslari” ("vedant” eski sanskrit tilidan "veda” ko’rmoq, uqmoq, oldindan bilmoq) mavzusiga magistrlik dissertatsiyasini yoqlagan. Radxakrishnan bir nechta kollej va universitetlarda dars bergan, diniy-falsafa matnlarini sanskritdan tarjima qilgan, hind falsafasiga bag’ishlangan ishlarini chop qildirgan.Hindiston mustaqillikka erishgach, Radxakrishnan davlat hamda jamoat ishlari bilan faol shug’ullana boshladi, YUNESKO elchisi bo’ldi,Hindiston Oliy ta'limi islohotchiligini boshqardi va davlat prezidanti bo’ldi. Radxakrishnan vatandoshlari sifatli, ko’pqirrali ta'limga ega bo’lishi uchun juda ko’p ishlar qildi. Hanuzgacha hindlar Radxakrishnanni xotirlab, bu kunni keng nishonlaydilar.

5-sentyabr Butunjahon choy va kofelar festevali kuni
2003-yil 5-sentyabrda Rossiyalik taniqli V.A. Pankov boshchiligida choy va kofelar festevali tashkil etildi. Bu kunni bayram sifatida nishonlash Moskvadagi qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan Rossiyada qo’llab quvvatlandi. Har yili bu bayram festevali 100 dan ortiq choy va kofe kompaniyalari bilan hamkorlikda qandolat mahsulotlari, asal va ichimlik suvlari, inson sog’ligi uchun kerakli mahsulotlari bilan qatnashadilar.
5-sentyabr Amsterdamdagi "Suv usti musiqasi” festivali kuni
Amsterdamdagi "Suv usti musiqasi” (Водная музыка) festivali har yili 5-7-sentyabr kunlari bo’lib o’tadi. Siz kamer musiqasini suv ustida yangraganini eshitganmisiz? Buning uchun siz Yevropaning hamma uchun ochiq bo’lgan-Amsterdam shahriga borishingiz kerak. 5-7 sentyabr kunlari kamer orkestrlari o’zlarining maftun qiladigan musiqalarini ijro jtadilar. Bu ajoyib shahar o’zining ochiq ko’ngilliligi bilan hammani o’ziga rom etadi va aholining aqlga sig’mas muhiti musiqa to’g’risidagi inson tasavvurini o’zgartirib yuboradi. Amsterdamdagi "Vodnaya muzo‘ka” festivali o’z nomini  bundayligiga sabab, qadimiy kemalar, barjalar, ko’priklar, qayiqlar, sayr uchun mo’ljallangan yaxta va katerlari sahna sifatida ishlatiladi. Qoidaga ko’ra mashhur kamer musiqa asarlari ijro etiladi. Tinglovchilarning asosiy qismi sohillarga joylashadilar, mahalliy aholi esa o’zlarining qayiqlarida yaqinroq suzib kelish imkoniga egadirlar. Uch kun mobaynida shaharning har bir suv havzalaridan yoqimli musiqa sadolari eshitilib turadi, har yarim soatta qo’ng’iroqchi qo’ng’iroq chalib odamlarni hushnud qilib turadi. Hozirgi kunda bizning O’zbekiston hududimizning barcha markazlarida musiqali favvoralar ishlab turibdi. Kechki paytlari shahrimiz aholisini dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Insonlar dam olishlari uchun har kuni bunday musiqali, rangli favvoralar ishlab, aholini maroqli dam olishlariga imkoniyatlar yaratilib berilmoqda.

5-sentyabr Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashkil etildi.
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Bunyodkor shoh ko’chasi, 28)- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (2007-yil 5-sentyabr)ga asosan Toshkent shahrida tashkil etilgan. Tadbirkorlik va menejment, biznes va marketing, bank ishi va moliya, biznes sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari, turizm va mehmondorchilikni boshqarish yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi. Darslar ingliz tilida olib boriladi. O’qish muddati 4 yil. Ta'lim jarayoni Singapur menejmenti rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) tomonidan ishlab chiqilgan ta'lim standartlari, o’quv rejalari va dasturlari asosida tashkil etilgan. Institutda mashg’ulot va kompyuter xonalari, ma'ruza zallari, mehmondorchilik malakalarini rivojlantirish uchun maxsus mashg’ulot xonalari, tennis korti, suzish havzasi, yopiq bosketbol va voleybol maydonlari, mini futbol va qo’l to’pi maydonlari, yugurish yo’lkalari, talabalar turar joyi, onlayn elektron holidagi ma'lumotlarga ega kutubxona (150 mingdan ortiq asar) bor. Institutda 24 professor o’qituvchi, jumladan 1 fan doktori va professor, 4 fan nomzodi va dotsent, mahalliy va xalqaro universitetlar ilmiy darajasiga ega bo’lgan malakali mutaxassislar ishlaydi.Institutga yetakchi xalqaro moliya institutlari, ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarining yuqori malakali maslahatchilari, ekspertlari va mutaxassislari jalb etiladi; institutda 274 talaba ta'lim oladi (2009). Institut hududida Wi-Fi tizimi mavjud bo’lib, bu talabalarga internet tizimiga institutning istagan joylaridan ulana olish imkonini beradi. Institutda, shuningdek, Blakboard Learning Sistem  o’rnatilgan bo’lib, u onlayn tarzda ma'ruza matnlariga, ta'lim resurslari va internet tarmoq’idagi ma'lumotlar bazasiga istalgan vaqtda va istalgan yerdan ulanish imkonini beradi. Institut Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Avstraliyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Institut tomonidan beriladigan diplom O’zbekiston Respublikasida oliy ma'lumot to’g’risidagi xujjat sifatida e'tirof etiladi va andozalari bo’yicha Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) tomonidan beriladigan ilmiy darajaga teng bo’ladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash