9-sentyabr Xalqaro Testlash (tekshirish) kuni
9-sentabr Xalqaro Testlash (tekshirish) kuni
9-sentabr- Xalaro Testlash (tekshirish) kuni bayram sifatida keng nishonlanadi. Har yili bu bayram nishonlansada, rasmiy ravishda bu kasbga alokador bo’lganlargina nishonlashadi.1945 yili komyuter texnikasi olamida juda muhim voqyea bo’lgan . Bu bayramni nishonlashni birinchi bo’lib, Garvard Universitetida ilk bor kompyuter ichidagi nosozlikni nima sababdan kelib chikishi ro’yxatdan o’tkazildi. Shu sababli kompyuter tekshirilganda bexosdan kapalakni kompyuterni ichidagi elektromexanik relesiga tushib qolgani ko’riladi.Shu sababli hisoblash mashinasining yaroksiz xolga kelganligi sababi aniklanadi. Olimlar bunday xodisani yozuv tariqasida texnik kundalikka qayd qilib qo’ydilar. Bajarilgan ishlar "debugging” agarda to’g’ridan -to’g’ri tarjima qilinsa, "xashoratlardan qutulish” ma'nosini bildiradi. O’sha texnikani ichidan chiqqan kapalakni xisoblash texnikalari muzeyiga topshirishgan,to hozirgi kunga qadar o’sha kapalak muzeyda saqlanmokda. Kapalakning ko’rgazma stendidagi yozuvi shuni bildiradiki -birinchi kompyuter texnikasi tarixidagi ilk kapalakni testdan o’tkazish buyicha tekshirish deb yozib qo’yilgan. Shu munosabat bilan butun dunyoda test orqali sinovdan o’tkazish kunini nishonlab borish rejaga kiritilib borildi. "Debugging” -testdan o’tkazish so’zi ilgari ham ishlatilib kelingan mashhur Amerika ixtirochilari Tomas Edison tomonidan1878 yildan beri ishlatilib kelingan. Bu so’zning ma'nosi - "test”-tekshiruv, sinov deb yuritiladi. Testlovchi yoki dastur ta'minotchisi - bu dastur ta'minotini sinovchi mutaxassisga aytiladi. Bu kasb egalaridan kuchli bilim va mahorat talab etiladi. Ular albatta ma'lumot bazasini, tillarni, turli yozuvlarni va operativ sistemalarning administrativligini yaxshi bilishlari lozim. "Kalendar sobitiy” proyekti tahririyati ishchilari bu mas'uliyatli ishda ishlovchi barcha xodimlarni bayramlari bilan tabriklaydilar.
9-sentyabr Janubiy Koreyaning Mustaqillik kuni
Janubiy Koreya 1948-yil 9-sentyabrda mustaqil davlat bo’ldi (avvallari Yaponiya imperiyasining Chosun viloyati edi). 9-sentyabr Milliy bayrami – Mustaqillik kuni. Rasmiy nomi-Koreya Xalq Demokratik Respublikasi. Poytaxti-Pxen’yan. Hududi – 120538 km2. Aholisi – 24553600 kishi (2012). Davlat tili – koreys. Aholining asosiy qismi buddaviylik va konfutsiylikka e’tiqod qiladi (biroq diniy faoliyat amalda deyarli yo’q). Pul birligi – von. Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Osiyodagi davlat. Koreya yarimorolining shimoliy qismida joylashgan. Shimolda – Xitoy (chegara uzunligi – 1416 km), janubda – Janubiy Koreya (238 km), shimoli –sharqda – Rossiya bilan (19 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi – 1673 km. G’arbdan Sariq dengiz, sharqdan Yapon dengizi o’rab turadi. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 3495 km. Mamlakat hududini asosan tepalik va tog’lar tashkil qiladi, ularning oralig’i torgina vodiylardan iborat. Mamlakatning eng baland nuqtasi – Pektusan tog’i (2750 m). Asosiy daryolari: Amnokkan, Tedongan, Tumangan. Asosiy tabiiy boyliklari: ko’mir, qo’rg’oshin, vol’fram, temir rudasi, mis, oltin, rux, grafit, magnezit. Hududining 20% i haydaladigan yerlar, 74% i o’rmon va changalzorlar. Iqlimi – mo’tadil mussonli. Mamlakatning tog’li tumanlari uchun ignabargli o’rmonlar xarakterli: qarag’ay, archa, koreys oq qarag’ayi, shuningdek, tol, terak, g’ujumlar ko’proq bo’lgan aralash o’rmonlar bor. Vodiylar amalda to’laligicha qishloq xo’jalik ekinlari bilan band. Bu yerlarda sholi, soya, javdar, makkajo’xori va boshoqli ekinlar ekiladi. Mamlakat hayvonot dunyosida yo’lbars, qoplon, ayiq, tulki, bo’rilarni uchratish mumkin. Qushlardan burgut, bekas, turna va qirg’iylar bor.9-sentyabr Xalqaro go’zallik kuni
XX asr kosmetologiya sohasida inqilobiy asr bo’ldi. SIDESKO (CIDESCO -Comit? International D'Esthtique Et De Cosmtologie) xalqaro estetika va kosmetologiya qo’mitasi tashabbusi bilan Xalqaro go’zallik kuni joriy etilib, bu kun har yili 9 sentyabr kuni nishonlanadi. Ushbuqo’mitaning bosh qo’mitasi 1946-yil Bryusselda tashkil topgan bo’lib, shu kundan e'tiboran dunyo bo’ylab minglab shifokrolar ko’plab davlatlarda tashkil etilgan 33 ta bo’linmada shakllangan. 1995-yildan dunyoda eng chiroyli, estetik va yoqimli barcha narsa alohida olqishlangan. Shu sababli 9-sentyabr kuni ko’plab shahar va mamlakatlarda go’zallik konkurslari o’tkazib kelinadi. Tarixda ilk go’zallik tanlovi 1888-yil sentyabrda Belgiyada o’tkazilgan, birinchi "Dunyo Go’zali” tanlovi esa 1951-yil aprel oyida Londonda o’tkazilgan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.