loading...

20-sentabr Magellan flotini ochiq dengizga olib chiqqan kun 

3211



20-sentabr Magellan flotini ochiq dengizga olib chiqqan kun
Biz Yer shari bo’ylab ilk aylanma dengiz sayohatini portugal sayyohi F.Magellan amalga oshirganligini 5-sinf geografiya darsligidan yaxshi bilamiz. 1519-yil 20-sentabr kuni Magellan flotiliyani ochiq dengizga olib chiqadi. Janubiy Amerika qirg’oqlarini o’rganib chiqqan dengizchiParana daryo bo’yida topishi lozim bo’lgan bo’g’ozni topolmadi. Sayohat qiyinchiliklarga to’la bo’ldi. Guruh ochlikdan, singa kasalidan va tez-tez yuz berib turadigan to’fonlardan azoblanar edi. Ofitserlar ortga qaytishni va orolga odatiy yo’l, ya’ni hind okeani orqali borishni talab qilib qo’zg’olon boshlayotgan edilar. Bu tartibsizlikni shavqatsiz bostirgan Magellan qishlardan so’ng izlanishlarni davom ettirdi. Flotiliyaning bir kemasi qoyaga to’qnashib nobud bo’lgan edi. Qolgan ikkitasi esa kuchli to’fondan qochishga urinib tor bo’g’ozga kirib qolib omon qoldi. Bo’g’oz xuddi daryoning irmog’i kabi ravon emas, suvi esa juda sho’r edi. Kemalarning biri sirli ravishda yo’qolib qolib, keyin guruh a’zolari kapitanga xiyonat qilib ortga, Ispaniyaga qaytib kelganlari ma’lum bo’ldi. Qolganlarni esa Janubiy okean bo’ylab uzoq dengiz sayohati kutayotgan edi. Butun sayohat davomida yaxshi ob-havo hukm surgani uchun dengizchilar okeanni Tinch okeani deb atashadi. Dunyo bo’ylab dengiz sayohatini amalga oshirgan Magellan Yer yuzida suvning miqdori quruqlikka nisbatan ko’proqligini, barcha okeanlar tutashuvi bir butun buyuk Dunyo hosil qilishini isbotladi.

20-sentabr Xalqaro ko'rshapalaklar kuni 
20-sentabrdan 21-sentabr o'tar kechasi jahonda antiqa bayram – ko'rshapalaklar tuni nishonlanadi. Asosiy maqsad – jamiyatni qushlardan va ularning muhofazasiga e'tibor qaratish mayda qushlar to'g'risida afsonalar yaratish odamlardan isbotlanmagan qo'rquvlardan himoya qilish yo'llari bilan tanishtirish. Aslida ko'rshapalaklarni antiqa jonzotlar bo'lib, ularning uchish san'ati juda yuqori yaratilgan qanoatlarning oldingi uchlarini to'rtta uzun barmoqlari qattiq ishlab turadi. Boshining uzunligiga teng bo'lgan uzun ingichka dumlari uchish pardasi bilan qoplangan. Orqa uchidagi barmoqlari pardadan xoli bo'ladi: ular bilan ko'rshapalaklar boshini pastga qaratib, shoxlarni ushlaydi. Ko'rshapalaklar tungi xayot tarzlarini olib borishadi. Buni o'zining sabablari bor.Ularning ko'rish qobiliyati qorong'ulikka moslashgan bo'ladi.Eshitish qobiliyati ularda kuchli bo'ladi, bunday qobiliyat yana delfinlarda mavjud. Ular beozor bo'lib, ular hamma joyda uchraydi. Lotin Amerika katta va o'tkir tishli ko'rshapalaklar mavjud. Ular mayda kemiruvchilarning qonlari yoki uy hayvonlari bilan oziqlanishadi. Bugungi kunda ko'rshapalaklarning ko'pgina turlari yo'qolib bormoqda.Rossiya va Evropa ko’rshapalaklaridan qo'rqishning hojati yo'q. Ular hashoratlar bilan oziqlanadi. Ko'rshapalaklarning foydasi ham bor, ularning zararli hashoratlarni yo'qotishga hizmat qiladi. Oxirgi yillarda ularning yo'qolib ketishining sababi dup daraxtlarning kamayib ketishidadir (chunki, ko'rshapalaklar asosan ushbu daraxtlarga in qo'yishadi). Ko'rshapalaklarning bayramini nishonlash asosan, Evropadan boshlangan. Ushbu kunda Evropa davlatlari leksiyalar, ko'rgazmalar, seminarlar, ushbu qushlarning muhofazasiga bag'ishlangan tadbirlar, tungi ekskursiyalar orqali nishonlanadi.

20-sentabr Nyu-York shahrida Fon Shteyben kuni 
Har yili sentyabr oyining uchinchi haftasida Nyu-Yorkning Beshinchi katta ko'chasida Fon Shteyben kuniga bag'ishlangan chiroyli, yorqin namoyish o'tkaziladi. Nima uchun AQShda Fon Shteyben sharafiga bag'ishlab bunday namoyishlarni o'tkazilish sabablari nimadan iborat? Fridrix Vilgelm fon Shteyben (matnda - fon Shteyben) sifatida ham mashhur fon Shteyben, prussiyadan kelib chiqqan amerikalik generalhisoblanadi. Amerikaning mustaqilikka erishishi uchun boshlangan urushida Penselvaniya shtatiga kelib Djordj Vashingtonga harbiylarni tashkilotchilikka o'rgatish bo'yicha yordami uchun generallik unvoniga erishdi. Fon Shteyben kuni, Amerika mustaqilikka erishishi uchun boshlangan urushida faolligi uchun generalning xotirasiga bag'ishlab ta'sis etilgan. Har yili sentyabr oyining uchinchi shanba kuni nishonlanishii ko'zda tutilgan, 17-sentyabr -Fon Shteyben tavallud topgan kuni hisoblanadi. Bu bayramning muhimligi amerika hamda nemis tili so'zlashuvchilari uchun katta ahamiyatga egadir. 1957-yildan boshlab Nyu-York shahrida bayramga bag'ishlab yirik namoyishlar o'tkaziladi, hamda pivo festivali ham markaziy xiyobondagi Oktoberfest uslubida- olmon-amerika do'stligi timsolida. Har yili Olmon-Amerika go'zali tadbiri o'tkaziladi. Fon Shteyben kuni yildan yilga bayram tariqasida emas balki buyuk generalning xotirasiga bag'ishlangan barcha amerika va olmon fuqarolari uchun muhim madaniy tadbir hisoblanadi.

20-sentabr Ozarbayjonda Neftchilar kuni
1994-yil 20-sentabr kuni Baku shahrining "Guliston” saroyida " Kaspiyning "Azeri”, "Chirag”, "Gyuneshli” suvlar tubidagidagi konlarni ishlab chiqarilishi bo’yicha "maxsulotni teng taqsimlash” to’g’risidagi bitim kelishuvi tasdiqlandi. Tarixiy, siyosiy va xalqaro ahamiyatiga ko’ra bitim "Asr shartnomasi ” deb nomlangan bo’lib, 400 bet, va 4 tilda o’z aksini topdi. 2001 yil avgustida Ozarbayjon prezidenti 20-sentyabrni Ozarbayjon neftchilari kuni deb atash haqidagi farmonga imzo chekdi. " Asr shartnomasi” uglevodorodni zaxirasi miqdori va investitsiyalar hajmiga ko’ra eng yirik shartnomalar sirasiga kiradi. Ko’zda tutilgan (mo’ljallangan) 64 milliard AQSh dollari miqdoridagi investitsiyasidan 57,6 milliardi neft konlarini izlashga sarflanadi."Asr shartnomasi” amalga oshirilgandan so’ng Ozarbayjon iqtisodiyotida keskin burilish yuz berib, katta ishlar qilina boshlandi. Birinchi navbatda 1995 yilda birlamchi neft qazib olish ishlari doirasida Chirog’-1 platformasi xalqaro standartlarga mos ravishda qayta tiklandi. 1999 yilda Istambul shahrida o’tkazilgan OBSE sammitida AQSh, Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, Qozg’iston va Turkmaniston prezidentlari Boku-Tibilisi-jahonda asosiy eksport neft quvuri qurilishi to’g’risida kelishuv imzolashdi. 2002-yil 18-sentyabrda Ozarbayjon prezidenti Xaydar Aliyev (ishtirokida, Turkiya va Gruziya prezidentlari hamkorlikda ) BTD qurilishi boshlandi. 2004-yil oktyabrida Ozarbayjon va Gruziyadan o’tuvchi neft quvirlari birlashtirildi. Kelajakda ushbu neft quvuri nafaqat Ozarbayjon neftini dunyo bozoriga olib chiqishga, balki jahon "Ipak yo’li”ni qayta tiklanishiga yordam beradi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash