loading...

1-oktyabr O’qituvchi va murabbiylar kuni 

22962

Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma'rifiy va ma'naviy salohiati ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta'lim-tarbiya tizimidagi isloxotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’quvchi va murabbiylarga bog’liq. Shu sababli mamlakatimizda o’qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g’amxo’rlik ko’rsatishga harakat qilinmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ta'lim tizimini jahon andozalari asosida isloh qilish, yangi ilm maskanlari qurish, ularni zamonaviy tex­nika vositalari bilan jihozlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.O’qituvchilik azal-azaldan e'tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoni bilan 1-oktabr «O’qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilangan. Mamlakatimizda o’qituvchi va murabbiylarning obro’-e'tiborini yanada oshirish, yoshlarimizning bizdan ko’ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo’lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bayram kunlari o’qituvchilar qutlug’ ayyom bilan muborakbod etiladi. Ommaviy axborot vositalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigi beriladi. Mamlakatimizda o’qituvchi-murabbiylar bayrami quyidagicha o’tadi. Avvalo bayram arafasida respublikamizning eng ilg’or o’qituvchi-murabbiylari davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi. Barcha o’quv yurtlarida o’qituvchilarga bag’ishlangan tadbirlar bo’lib o’tadi, ular uchun dasturxonlar yoziladi, shogirdlar ustozlariga o’z tilaklarini izhor etishadi. Tadbirlarda o’qituvchilarga bag’ishlangan kuy va qo’shiqlar yangraydi. Sobiq o’quvchilar ustozlarini bayram bilan tabriklash uchun maktabga keladilar. Qoraqalpog’istonda yangi kelin-kuyovlar bay­ram kuni ustozlari oldiga kelib, ulardan duoi-fotiha olishadi. O’qituvchi va murabbiylar kuni o’quv yurtlaridagina emas, balki mahallalarda ham bay­ram qilinishi an'anaga aylanib bormoqda Ushbu tadbirda ta'lim fidoyilariga yuksak ehtirom ko’rsatiladi. Ustozlar ham bu e'tibordan boshlari ko’kka yetib, barchaga minnatdorchilik bildiradilar. 1-oktyabr - umumxalq dam olish kuni. Shu sababli bu sana ustozlarini ziyorat qilish kuni hamdir. Mazkur bayram o’qituvchilar va murabbiylar mehnatini sharaflash marosimidir. Shu kuni o’quv yurtlarida o’qituvchilar, korxonalarda esa murabbiylar va ustozlar mehnati ulug’lanadi. Murabbiylar ham huddi o’qituvchilar singari katta mahorat va hayot tajribasiga ega bo’lgan ustoz-pedagoglardir. Murabbiylar yoshlarni bevosita ish jarayonida mehnatni sevish va uning sirlarini o’rgatish orqali tarbiyalaydigan kishilardir. Bu bayram yosh ishchini mehnat jamoasiga olib kirgan va unga hamisha namuna bo’lgan, g’amxo’rlik qilgan kishini ulug’lash tadbiri sanaladi. Mohir murabbiylar qo’l ostida ko’plab ishlab chiqarish ustalari, ilg’or mutaxassislar, mehnat qahramonlari, tadbirkorlar yetishib chiqadi. Toshkent traktor zavodi madaniyat saroyida har yili «O`qituvchi va murabbiylar kuni», «Meh­nat bunyodkorlari» nomli tantanali kecha o’tkazish an'anaga aylangan. «O`qituvchi va murabbiylar kuni»ni  nishonlash arafasida madaniyat saroyida mu­rabbiylar faoliyati bilan yaqindan tanishtiradigan turli ko’rgazmalar tashkil qilinadi. Ularning biri «Yoshlar yelkasida - otalar qo’li» deb nomlanadi. Ustoz-murabbiylarga ba­g’ishlangan kechada «Mehnat estafetasi», «Us­tozlar xizmati», «Murabbiylar sharafi» ko’rgazmalari namoyish etiladi. Kecha qahramonlari - mehnatda ulkan yutuqlarga erishgan yosh ishchilarning ustozlari sahnaga tanta­nali ravishda taklif qilinadi. Korxona rahbari munosib shogird yetishtirgan ustozlarga «Korxonaning eng yaxshi murabbiysi» degan nishon hamda faxriy yorliq, mukofot va sovg’alar topshiradi. Yosh ishchilar ham murabbiylariga o’zlarining fotosuratlarini, ramziy sovg’alarni topshiradilar. Kecha oxirida yoshlar murabbiylariga tashakkur bildirishadi. Kecha­da ustozlarga bag’ishlangan qo’shiq va raqslar ijro etiladi.

1960-yil 1-oktabr – Nigeriyaning Mustaqillik kuni.

1975-yildan 1-oktabr – Xalqaro musiqa kuni
Musiqa kunini alohida sana sifatida belgilash to'g'risidagi qaror Yunesko qoshidagi Xalqaro musiqiy kengash tashshabusiga ko'ra, uyushmaning Lozannada bo'lib o'tgan 15-Bosh assambleyasida (1973-yil) qabul qilinib, 1975-yildan buyon amaliyotda tadbiq etib kelinmoqda.

 Mazkur sana (International Music Day)o'ttiz etti yildan buyon butun dunyoda keng nishonlanib kelinmoqda. Shu kuni er yuzining turli chekkalarida taniqli san'atkorlar va badiiy jamoalar ishtirokida yirik durdonalardan bahramand bo'ladilar. Shuningdek, bastakorlar, ijrochilar, musiqashunoslar bilan ijodiy kechalar o'tkaziladi, cholg'u asboblari hamda musiqa bilan san'at namunalari ko'rgazmalari tashkil etiladi.Bunday tadbirlar zamirida dunyo xalqlarining barcha qatlamlari orasida musiqiy san'atni keng targ'ib etish, xalqlar o'rtasidagi o'zaro hurmatni yanada kamol toptirish, ma'naviy boylikni qadrlash, fikr va tajriba almashish orqali jahonda tinchlik va do'stlik barqarorligiga erishishdek ezgu niyatlar yotadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash