loading...

2-oktyabr Xalqaro ijtimoiy yo'nalishdagi ustoz va murabbiylar kuni 

1977

2-oktabr Xalqaro ijtimoiy yo'nalishdagi ustoz va murabiylar kuni. 2-oktyabr dunyoning ko'p shaharlarida xalqaro ijtimoiy pedogogika kuni deb nomlanadi. Ushbu bayram 2009-yil may oyida Kopengagenda bo'lib o'tgan XVII–xalqaro konferensiyasida tasdiqlangan. Konferensiyada 44 mamlakat vakillari qatnashishgan. Ijtimoiy pedagogika – maxsus fan bo'lib, yosh avlodni tarbiyalash ularning jamiyatda shaxs bo'lib shakllanishi har tomonlama yetuk bo'lib yetishiga katta hissa qo'shadi. Ushbu bayram ko'plab mamlakatlarda turli mavzudagi tadbirlar, forumlar kasbga doir kanferensiyalar va semenarlar mavzularda muhokama qilinadi. 

2-oktabr Moskva osmonida havo shari paydo bo'lgan kun
Uni sobiq Fransiya inqilobiy armiyasi zobiti Andre Jak Garneren boshqardi. U 1797-yilning 22-oktyabrida yer yuzida birinchi bo'lib parashyuddan sakragandi. Mongol’f’er (1783-yilda birinchi bo'lib aka-uka Mongol’f’elar tomonidan samoga uchirilgan havo shari sharafiga shunday nomlandi) 17-25 da havoga ko'tarildi va taxminan 30 km masofani bosib o'tib bir soatdan keyin Ostaf’evo qo'rg'oniga kelib qo'ndi. Havo sharining savatida, ya'ni o'sha paytlarda "qayiq” deyishardi, fransuz bilan birga knyaz qizi Moskvaning birinchi go'zali Praskov’ya Kologrivova bor edi. Havo shari kelib qo'ngan joyda jasur uchuvchilarni ko'plab moskvaliklar zavq shavq bilan qutlashdi. Samoga parvoz qilish sururi o'sha paytlarda bora-bora sport turiga aylandi. 1930-1940-yillarda havo sharida uchish Rossiyada sportning yangi turi sifatida ommalashdi. Moskva yaqinida Dirijablestroy (hozirda Dolgoprutn’y) posyolkasi barpo etildi, u erda yuzlab gazli aerostatlar va dirijabllar start olardi. Rus uchuvchilari o'shanda havo sharida 11-12 km balandlikda, katta uzoqliklarga qo'nib o'tish bilan Sibir va Qozog'istongacha parvozlarni amalga oshirishardi. Garchi ular xalqaro musobaqalarda ishtirok etishmagan bo'lishsa-da, ular jahon rekordi o'rnatishga erishishgan. Hozirgi kunda havo sharlarida parvoz qilish romantik taassurot va go'zallikni o'zida mujassam etgan sport turiga o'xshaydi, unda turli yoshdagi sarguzashtga o'ch kishilar o'z omadlarini sinab ko'radilar.

2-oktabr Gvineya Respublikasi Mustaqillik kuni

2-oktabr Buyuk hind faylasufi Mahatma Gandi tavallud topgan kun
Gandi Moxandas Karamchand  1869-yil 2-oktabrda Gujarot viloyatida tavallud topgan. Hindiston milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir. Hind xalqi uni "Mahatma” ("Buyuk qalb”) deb ataydi. Uning nomi bilan bog’liq bo’lgan gandizm ta'limoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya-Hindiston Milliy kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi. 1887-91-yillarda Angliyada huquqshunoslik bo’yicha ma'lumot oladi. 1891-yillardan advokatlik vazifasida, 1893-1914-yillardan Janubiy Afrikadagi (Angliya mustamlakasi) gujarot savdo firmasida huquqshunos-maslahatchi. Nataldagi olmos, ko’mir, oltin konlarida, shakarqamish plantatsiyalarida, yollanib ishlayotgan hind dehqonlarining insoniy huquqlarini himoya qilib 22 yil kurash olib bordi. Gandi "satyagraxa” ("kuch ishlatmasdan kurashish”) taktikasini ishlab chiqdi. U 1915-yildan Milliy kongress ishlarida faol qatnasha boshladi. Gandi ingliz mustamlakachilariga qarshi tinch namoyishlar o’tkazish, chet el tovarlarini boykot qilish, rasmiy mansab va unvonlardan voz kechish, soliq to’lashdan bosh tortish kabi kurash usullari orqali mehnatkash ommani kurashga jalb etdi. Gandi bir necha marta qamalgan. (1922-24, 1930-31, 1942-44). Gandi hindular bilan musulmonlarning o’zaro do’stligini mustahkamlashga intiladi. Gandining hinduizmga e'tiqodi chuqur bo’lgan; boshqa dinlarga hurmat bilan qaragan. Gandi butun faoliyatida din bilan siyosatni bir-biriga bog’lashga harakat qilgan. Gandining barcha dinlar hamkorligi va do’stligi haqidagi g’oyalari Hindistondagi reaksion unsurlarning g’azabini keltirgan. Hindularning reaksion shovinistik tashkiloti a'zosi tomonidan 1948-yil 30-yanvarda otib o’ldirilgan.

2-oktabr Rus geograf olimi, tarixchi Gumilyov Lev tavallud topgan kun
Gumilyov Lev Nikolayevich (1912.1.10, Sarskoe Selo – 1992, Sankt–Peterburg) - atoqli rus olimi – faylasuf va tarixchi. Rus shoirlari N.S.Gumilyov va A. Ahmatovalarning farzandi. Leningrad universitetini bitirgan (1946). 1930-40-yillarda ta'qibga uchrab, ikki marta qamalgan. Tarix fanlari doktori (1961), geografiya fanlari doktori (1974). "Ulug' cho'llar”, Hayoliy saltanat izidan”, Xunnlar Osiyo va Yevropada”, "Yevroosiyo ritmlari” kabi asarlar muallifi. O'nlab asarlarni forschadan rus tiliga tarjima qilgan. 1061 yildan Leningrad universiteti qoshidagi Geografiya ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim. Inson va etnoslarning biologik ijtimoiy mohiyati haqidagi ta'limot asoschisi; etnogenezning nasldan – naslga o'tuvchi asosiy energkrik belgisi passionarlik - biokimyoviy quvvat ortishi natijasida odamlardagi ongli biologik qobiliyatlarning nihoyat darajada kuchayishi g'oyasini ilgari surgan. Bunday jarayonlarning namoyon bo'lishi tarixiy taraqqiyotga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Turkiya, mo'g'ul, slavyan va Yevroosiyodagi boshqa xalqlar tarixi haqida yirik tadqiqotlar yaratgan. Sharq tillarini mustaqil ravishda o'rgangan. Asarlari ko'plab xorijiy tillarda nashr etilgan. Sobiq Sho'ro totalitar tuzumiga xos nohaq ta'qiblar Gumilyovni keng ko'lamda ilmiy faoliyat olib borishiga xalaqit bergan. Asarlari uzoq yillar bosilmay qolgan. O'zbek, tatar, tojik, turkman, hind adabiyotidan ko'plab tarjimalar qilgan. YuNESKO yo'li bilan arxeologiya va tarix fanlari bo'yicha o'tkazilgan Xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan. 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash