loading...

3-oktyabr Dengizda SOS falokat signali tasdiqlangan kun 

2541

1906-yil 3-oktabrda dengizda SOS  falokat signali tasdiqlangan kun. Shu kuni Berlinda 29 ta davlat vakillari  ishtirokida halokat signali SOS ning tasdiqlanishi to’g’risida  Dengiz konferensiyasi bo’lib o’tgan. 1890-yillar boshida hali radio ixtiro qilinmasidan oldin, dengiz kemalarida turli audiosignalli va ko’z bilan ilg’anadigan halokat signallari qo’llanilar edi. Buning uchun semafor (xar-xil rangli) bayroqlar, signal chiroqlar va qo’ng’iroqlardan foydalanishgan. Radio (u paytda "simsiz telegraf” deb nomlanardi) avvallari  yer usti sili telegraf hisoblangan Morze alifbosidan foydalanilgan. Kemalarda radiostansiyalar paydo bo’la boshlagandan so’ng kommunikatsiyani standartlashtirishda zaruriyat paydo bo’ldi. Dastavval, taklif qilingan signal CQD harflardan iborat bo’lib, birinchi ikkita harf hamma radiostansiyalarning standart chaqirig’i hisoblangan, oxirgi D- harfi esa signalga keyinchalik qo’shilgan, bu harfdan ingliz tilida-Danger-havf so’zining birinchi harfidir. Bu  so’zga dengizchilar tezda "Come Quick, Danger” iborasini qo’llashgan, uning ma'nosi ingliz tilidan tarjima qilinganda "Tezroq boring, halokat!” degani. Shunday bo’lsada, Morze alifbosi tilida bu signal juda qiyin bo’lgan. Turli noxushliklarni oldini olish maqsadida bu harflar o’rniga keyinchalik boshqalarini ya'ni, -SOS tanlangan. Morze tilida bu kod shunday bo’lgan- uchta tochka- uchta tire- uchta tochka. Shunday qilib, bu signal jumlaning texnik tushunchasidan kelib chiqqan, ulardan ko’pinchalik quyidagi ma'nolarda qo’llaniladi; "Save Our Shin” (bizning kemani qutqaring), yoki "Save Our Souls”, "Save Our Spirits” (bizning qalbimizni qutqaring), yoki "Swim Or Sink” (yordam beringlar yoki cho’kamiz), yoki "Save Other Signals” (boshqa signallarni bas qiling) signallarni qabul qilgandan keyin paydo bo’lgan. 1999-yil 1-fevraldan so’ng hamma dengiz kemalari halokat signalini uzatish uchun yangi zamonaviy -GMDSSni qo’llashlari kerar. Shu munosabat bilan "SOS” signalining ahamiyati pasayganiga qaramay uning qo’llanilishi  hali ham  kuchlidir.

3-oktabr Xalqaro kulgu kuni
Xalqaro kulgu kunini (World Smile Day) har yili oktabr oyining 3-kunida nishonlanadi. Ushbu kun rassom Xarvi Bellu (Harvey Ball) tomonidan sug'urta kompaniyasi «State Mutual Life Assurance Company of America»ning buyurtmasiga binoan o'ylab topilgan. Buyuurtmaga asosan kompaniyaning tashrif qog'ozida qandaydir kayfiyatni ko'taruvchi belgi bo'lishi kerak edi. Va rassom kulgu belgisini tashrif qog'oziga tushiradi va insonlar ushbu tashrif qog'ozni xar ko'rganlarida jilmayishar xatto kulishar edi. Ushbu holatni ko'rgan rassomga kulgu kunini bayram qilish g'oyasini o'ylab topadi. Insonlar ushbu kunda bir-birlarini xazillar bilan ko'ngillar ko'taradilar atrof-muxitni insonlarning kulgulari bilan to'ladi umuman g'amgin insonlar bo'lmaydi. Aynan ushbu bayramni insonlar boshqa bayramlardan ko'ra orziqib kutadilar va boshqacha kayfiyat bilan o'tkazadilar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash