loading...

15-noyabr Butunjahon axlatni qayta ishlash kuni 

3102

Bayramning asosiy maqsadi – boshqarish tashkilotlar, jamoatchilik va sanoat strukturalarini diqqat e'tiborini shu masalaga qaratishdan iborat. Zamonaviy jahonda aslatlarning eg'ilishi keskin muammolardan biri bqlib kelmoqda. Yerdagi tabiat resurslarining zaxirasi bepoyondir. Ulardan noto'g'ri foydalanish, shunga olib keldiki, insoniyat ularning uchdan bir qismini sarflab yubordi. Shuning uchun ham ularni rejalashtirgan holda ishlatish va bir vaqtning o'zida ularga imkoniyatlar qidirib, qayta ishlash bilan shug'ullanish kerak. Sanoat va maishiy axlatlarning tog'-tog' bo'lib uyulib yotishi havoning isib ketishiga va buzilib ketishiga sabab bo'lib kelmoqda. Odamlar tonnalab polietilen paketlarni, har-xil qoplarni, qog'ozlarni axlatga tashlaydilar, ular yillab sasib, chirib yotadi. Ekologlar axlatni qayta ishlab, ishlatilgan mahsulotga qayta hayot berish kerak deb hisoblaydi. Ularning fikricha bunday qiyin vaziyatdan chiqishni davlat darajasiga ko'tarish kerak. Uzluksiz qayta ishlab, chiqindilar sonini kamaytirish va kam chiqindi chiqaradigan yangi texnologiyalarni o'ylab topish zarurdir.

15-noyabr Rossiyada birinchi ovozli teleko'rsatuv tashkil etilgan kun
Televideniya paydo bo'lishi uchun kino (buyuk soqov) va radio (buyuk ko'rinmas) birlashishi kerak edi. Televideniyani tashkil etish jarayonini bir necha bosqichga bo'lish mumkin. Ovozli televideniyaga o'tish ikkita bir-biridan ajratilgan imorat bo'lishini talab qilar edi: bittasida apparatlar, televideniya kameralari joylashishi kerak edi, ikkinchisida- ko'rsatuvlar uchun pavilon. Tadqiqotchilar texnikani vaqtinchalik Zaikonospassk cherkovining Spassk soboriga o'rnatdilar, Nikolskdagi o'sha uyning hovlisiga birinchi telestudiya joylashtirildi. Birinchi kam misrali televideniyaning ovozli ko'rsatuvi 1934-yil 15-noyabrda bo'lib o'tdi. Ko'rsatuv 25 daqiqa davom etdi. Taniqli artist  I.M.Moskvin A.P.Chexovning "Yovuz niyatli odam” hikoyasini o'qigan, keyin qo'shiq va balet namoyish etilgan. Bu birinchi ko'rsatuv va undan so'ng ketma-ket qo'yilgan ko'rsatuvlar "televideniya ishqibozlari”- kadrlarni favqulodda o'sishiga va aloqaning bu yangi ko'rinishiga katta qiziqish paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. 

15-noyabr Moskvada trolleybus qatnovi yo’lga qo’yilgan kun
Dunyo bo’yicha birinchi bo’lib 1882-yil Germaniyada trolleybuslar harakati yo’lga qo’yilgan. Yarim asr o’tib yo’lovchilarni tashuvchi shoxli transport bizning mamlakatimizga ham yetib keldi. Beloruss-Baltika vokzalidan Vsexsvyatsk qishlog’igacha 1-doimiy qatnovchi transport LK-1 yo’lga chiqdi. 37 ta odamga mo’ljallangan charm o’rnida ishlatiladigan material bilanqoplangan mashina o’sha yillarda MK ning birinchi sekretari bo’lib ishlagan Lazar Kaganovich sharafiga LK nomini olgan. G’ijirlaydigan, qo’pol rulli, qo’l bilan ochiladigan eshikli, qishda isimaydigan, yozda dim bo’ladigan bu transport  avtobusga nisbatan davlatga ikki marta arzon tushardi.  Sekin-asta osilib turadigan simlari bor bu shoxli trolleybus poytaxtning boshqa shaharlaridan ham yura boshladi. 

15-noyabr Sankt-Peterburg shahrida "Etno Moda” festivali
Birinchi "Etno Moda” festivali Sankt-Peterburg shahrida 2006-yilda bo'lib o'tgan. "Etno Moda” festivali har yili kuzda ikki kun mobaynida davom etadi va "Etno Moda” festivali moda olamida o'ziga xos ekanligini isbotladi. Festivalning maqsadi turli millatlar madaniyatiga qiziqishni va hurmatni targ'ibot qilibgina qolmasdan, millatlararo madaniy fikr almashish sharoitlarini yaratish, moda, dizayn, amaliy ijod sohasida ishlaydigan turli mutaxassislik vakillarini ijodiy birlashtirishdan ham iboratdir. "Etno Moda” Sankt-Peterburgning Viborsk tumani va madaniyat bo'limi yordamida o'tkaziladi. Festivalga dizaynerlar, rassomlar, modelyerlar, kiyim kolleksionerlari taklif qilinadi. Ular o'z davlatlarining milliy kiyimlarini taqdim etadilar. Bundan tashqari, musiqachilar, sartaroshlar, vizajistlar ham taklif qilinadi. Sankt-Peterburg "Etno festivali” moda dunyosidagi noyob voqeadir. Festivalda faqat Sankt-Peterburg shahrining emas, boshqa shaharlarning masalan, Saransk, Yakutsk, Kazan, Moskva shaharlarining dizaynerlari ham ishtirok etishadi. Festivalning konkurs programmasi tor doirada o'tkaziladi va unga quyidagi nominatsiyalar qo'yiladi: "Zamonaviy libosda etnik mavzu”, "Sahnaga oid Etno libos”, "Mamlakatning an'anaviy kiyimi”, "EKZO Moda”. Bundan tashqari, ko'rgazmali programmalar ham bor-"Etno” va "Etno rasm”, bolalar teatri moda kolleksiyasi uslubidagi amaliy san'at va moda aksessuarlari ko'rgazmasi shular jumlasidan. Hay'at a'zolari kiyimlar kolleksiyasini bir necha mezonlarga ko'ra balli sistemada baholaydi: g'oyaning yangiligi, o'ziga xosligi, milliy mavzuni yangicha izohlash, bajarish sifati, kiyimni o'ziga xos namoyish qilish. "Etno Moda” festivali go'zal va yorqin shou bo'lib, moda olami bilan qiziqadiganlarning hammasini taklif qiladi. 

Siti-Go-San—Yaponiyada bolalar bayrami kuni
15-noyabrda yoki 15-noyabr keladigan haftada Yaponiyada chiroyli, yorqin rangdagi kimono kiyib olgan bolalarni shoshib ota-onalari, buvi-buvalari bilan yaqin o'rtadagi cherkovga ketayotganlarini ko'rish mumkin, chunki shu kuni hammaga sevimli bo'lgan qadimiy Yapon bayrami Siti-Go-San nishonlanadi. buning tarjimasi oddiy: Siti-bu etti, Go-bu besh, San-bu uch. Bolalar bayrami 300 yillik tarixga ega bo'lib, bu kun 3,5,7 yoshga to'ladigan bolalarning umumiy tug'ilgan kuni deb atash mumkin. Bu toq sonlar qadimdan Yaponiyada sirli hisoblangan, o'sayotgan bolalarda bu yosh muhim va keskin burilishlar bosqichi hisoblanadi. Siti-Go-San bayramiga ko'plab udumga aylanib ketgan marosim va rasm-rusumlar ham qo'shilib ketadi. Uch yoshga to'lgan bolalar va qizlar uchun qadimiy va muhim marosimlardan biri kamioki "sochni asrash” marosimi hisoblanadi. Chiroyli va uzun sochlar yaponlarning g'ururi hisoblangan, shuning uchun qadimiy yaponiyada bolalarning sochlari uzun bo'lishi uchun ularni yoshligidan sochlarini kalga olishgan. Kamioki kuniga bolalarning gardaniga sochlarini bog'lab qo'yish uchun ularning sochlari o'stiriladi. O'rta asrlarda oliy tabaqali oilalarning o'g'il bolalari uch yil xakam-keng taxlamli shimlar kiyishgan. keyinchalik bu besh yil o'tkaziladigan bo'lgan. Аynan shu yoshda samuraylar bolalarga kattalar qatoriga qo'shilayotgan va hukmron sinf vakili sifatida qarashgan. Qiz bolalar uchun yetti yosh eng muhim sanalib, bu kunda ularning kimonosiga "o'spirin” belbog'-obi bog'lashadi. Bu obi-toki deb nomlanadigan marosim (belbog'ini almashishi) katta bo'lish ramzi hisoblanadi va qizlar birinchi marta ayollarday kiyinishadi. Umuman olganda yetti yosh Yaponiyada muhim bosqich hisoblanadi, bola tug'ilishi bilan uyga samoviy zotning o'zi yoki uning elchisi tushadi. Yetti yoshgacha bo'lgan bolalar-bu oddiy odam emas deb hisoblashgan. Shuning uchun yaponlar yosh bolalarni har qanday injiqliklarini ko'tarishgan. Yaponiyadek bolalarni taltaytirib o'stirish boshqa hech joyda uchramaydi. Lekin yetti yoshdan keyin oddiy odamga aylanishadi va talabchanlik va qattiqqo'llik bilan tarbiyalash davri boshlanadi. Siti-Go-San bayramida bolalar-kichik hukmronlar hisoblanishadi. Ota-onalar bolalarni hayotida bu bayram, esda qoladigan va yorqin iz qoldiradigan kun bo'lib qolishiga harakat qilishadi. Bayramning asosiy odatlaridan biri bu-cherkovni ziyorat qilish: ota-onalar bayramona yasanib olgan o'g'il va qizlarini cherkovga olib kelishadi, ularni sog'lom va bahtli bo'lib o'sayotganlari uchun xudoga minnatdorchilik bildirishadi.

15-noyabr Belgiya qirolligi dinastiyasi kuni
15-noyabr 1866-yildan beri Belgiyada milliy bayram-qirollik dinastiyasi yoki qirollik oilasi kuni nishonlanib kelinmoqda. Bayram Belgiyaning ikkinchi qiroli Leopold II tomonidan tashkil qilingan. Tantanalar qirollik oilasi homiysi hisoblanuvchi avliyo Albert sharafiga o'tkaziladi. Bu kun belgiya millatini turli-tuman sohalarda, til, siyosat, madaniyat sohalaridagi birligini timsoli bo'lib xizmat qiladi.

15-noyabr Riga shahrida nurlar festevali kuni
Noyabr oyining o'rtalarida 3 kun davomida Riga shahri, tanib bo'lmaydigan darajada o'zgarib, turli rangdagi olovlar bilan charaqlab ketadi. Latviya poytaxtida mana beshinchi marta Staro Riga –nurlar festivali o'tkazilmoqda. Shahar binolari, yodgorliklar, maydonlar, ko'priklar va boshqa qurilishlar festival obyekti bo'lib xizmat qiladi. Rangli rasm yaratuvchilari o'z ijodlarini shunday o'ylab topishganki, ularni uzoqdan ham huddi yaqindagiday tomosha qilib zavqlanish mumkin. Festival dasturiga ko'plab konsertlar, salyutlar, musiqali va teatrlashtirilgan tomoshalar ham kirgizilgan. Bundan tashqari Riga kafelari ham bayramga o'z hissalarini qo'shadilar. Muassasalar "rangli” kafelardan maxsus yo'laklar hosil qilib, bayram tadbirlarini tashkil qiladilar. Staro Riga-18 noyabrda nishonlanadigan Latviya mustaqillik kuniga to'g'rilanadi. Festival-butun mamlakat uchun shu qadar ahamiyatga ega bo'lgan kun bo'lib, rigaliklar va poytaxt mehmonlari uchun ajoyib sovg'a hisoblanadi.

15-noyabr Tailandda fillar shousi kuni
Tailandning shimoliy-sharqiy tomonida bo'lib o'tadigan bu mashhur shouda yuzdan ortiq fillar ishtirok etadi. Shouda folklor o'yinlar va madaniy urf-odatlar bilan birgalikda, harakatlanuvchi bu gigantlar, qachonlardir mahalliy aholi yovvoyi fillarni ov qilganliklari haqida so'zlovchi tomoshalarda qatnashadilar. Fillar aql, kuch, itoat qilish, olijanoblik namunalarini ko'rsatuvchi tomoshalar ko'rsatishadi, o'rta asr harbiy paradlarini eslatuvchi namoyishlar ijro etishadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash