loading...

Geografiyada toponomika 

5695

Ushbu elektron qo'llanma umumta'lim maktablari geografiya fani o'qituvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda maktab geografiya darslarida joy nomlaridan foydalanish, toponimika fani haqida qisqacha ma'lumot, uning rivojlanish tarixi, nomlarning paydo bo'lishi, ulardan geografiya darslari jarayonida unumli foydalanish va joy nomlarining izohiga bag'ishlangan.

Elektron qo'llanmadan umumta'lim maktablari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari geografiya o'qituvchilari, universitet va pedagogika institutlarining "Geografiya” yo'nalishi talabalari, magistrlar, aspirantlar, toponimika sohasida izlanish olib borayotgan ilmiy xodimlar va joy nomlari bilan qiziquvchi barcha o'quvchilar foydalanishlari mumkin. Sizni qiziqtirgan ma`lumotning bosh harfini bosing!

Geografiyaga oid izohli lug`atlar to`plami

A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z O` G` Sh Ch 


Toponimikaga oid izohli lug`atlar to`plami

A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z O` G` Sh Ch  

Ushbu qo'llanmaning asosiy maqsadi toponimika va undan geografiya darslarida unumli foydalanish masalalari, shuningdek, darslik va xaritalarda tez-tez uchrab turadigan joy nomlarining izohiga qaratilgan.

O'quv qo'llanma asosan ikki qismdan iborat bo'lib, uning birinchi qismida toponimika fani, uning qisqacha rivojlanish tarixi, maktab geografiyasida joy nomlaridan foydalanish, ikkinchi qismida esa maktab geografiya darsliklari, dasturlari va xaritalarda uchraydigan ayrim toponimlarning izohli lug'ati berilgan. Joy nomlarining izohli lug'atini tuzishda YE.M.Pospelov, E.M.Murzayev, V.A.Nikonov, V.A.Juchkevich, V.A.Superanskaya, H.Hasanov, P.N.G'ulomov, S.Qorayevlarning ilmiy qarashlari asos qilib olindi. Shuningdek, turl lug'at-ma'lumotnomalardan foydalanildi.

Qo'llanmaning izohli lug'at qismida asosan yirik geografik ob'yektlarning nomlari berildi. Zero, makrotoponimlar deb ataluvchi yirik geografik ob'yektlarning nomlari "Boshlang'ich tabiiy geografiya”, "Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” hamda "Chet mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” darsliklarida tez-tez uchrab turadi.

O'quv qo'llanmasining yaratilishida mas'ul muharrirlik qilgan va qimmatli maslahatlar bergan-geografiya fanlari nomzodi, dosent P.N.G'ulomovga, rasmiy va norasmiy taqrizchilar-filologiya fanlari nomzodi, dosent T.J.Enazarov, oliy toifali geografiya o'qituvchisi HB.Nikadambayeva, geografiya fanlari nomzodi dosent SH.S.Zokirov, geografiya fanlari doktori F.Hikmatov va katta o'qituvchi D.P.Aytboyevlarga muallif cheksiz minnatdorchilik izhor qiladi.

Shu bilan birga, o'quv qo'llanmasi muallifning ilk tajribalaridan biri bo'lib, ayrim kamchiliklardan holi bo'lmasligi tabiiydir. Shuni e'tiborga olib, muallif ushbu kitob haqidagi bildirilgan fikr-mulohazarlni mamnuniyat bilan qabul qiladi.

Mirali MIRAKMALOV
geografiya fanlari nomzodi, dotsent
O`zbekiston Milliy Universiteti

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash