loading...

G`aroyib geografik nomlar 

6890

 Nomi bor-yo’g’i bitta harfdan iborat daryo yoki qishloq haqida hech eshitganmisiz? Qanchalik g’ayritabiiy tuyulmasin, shunday joylar ham uchrab turadi. Marhamat, ularning ayrimlari bilan tanishing.
"A” qishlog’i, Norvegiya
Norvegiyada joylashgan oddiy baliqchilar qishlog’i va ayni paytda mo’jaz sayyohlik markazi ham.

"D” daryosi, AQSH
AQSHning Oregon shtati hududidan oqib o’tuvchi bu daryoning nafaqat nomi eng qisqa, balki o’zi ham dunyodagi eng qisqa daryo bo’lib, uzunligi bor-yo’g’i 130 metrdan iborat.
 

"O” tepaligi, Daniya

Yutlandiyaning g’arbiy qismida joylashgan bu tepalik nomi dat tilidan tarjima qilganda "orol” degan ma’noni anglatar ekan.
 

"E” daryosi, Buyuk Britaniya

Uzunligi 10 kilometrni tashkil etadigan bu daryo Shotlandiya tog’liklari aro oqib o’tadi.

"A” qishlog’i, Shvetsiya

Bu qishloqda tahminan 200 kishi istiqomat qiladi. Nomi esa "irmoq” yoki "jilg’a” degan ma’noni anglatar ekan.

"I” qishlog’i, Fransiya

Fransiya shimolida, Amiens shahridan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash