loading...

Sangijuman toshi haqida eshitganmisiz? 

6434

 Sangijuman - Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi qishloqning  nomi. Nurota  tog`  tizmasining  tarmog`i  bo`lgan Oqtog`ning  janubiy  yonbag`rida  joylashgan, ya`ni  Maydon  qishlog`i  va  Jizmon  soyining  o`rtasida.  Qishloqning  nomi  ham  bahaybat  harsang  tosh  (sangi  juman : tojikcha  «tebranuvchi, qimirlovchi  tosh”  degani)  nomiga  qo`yilgan. Mazkur  tosh  Sangijuman  soyi  bo`yida  900 metr  balandlikda  joylashgan  bo`lib, tog` yuzida  bandida  uzilgan  lola  gulidek  bo`rtib  turadi.  Uning  aylanasi 20 metr. Balandligi  qariyb  6  metr. Og`irligi  250  tonnadan  ortiq.  Bu  bahaybat  toshni  g`arb  tomonga  qarab  ko`tarsa  qimirlaydi  va  7-10 martagacha  tebranib  turadi. O`lkan xarsang  tosh  shunchalik  yengil  tebranadiki,  uni  hatto  12-14  yoshli  bola  ham  bemalol  harakatga  keltira  oladi.
  Bu  g`aroyib  toshning  paydo  bo`lishi  va  ayniqsa  «tebranishi»  sabablarini  bilmagan  kishilar  uni  «mo`jiza»   deb  hisoblashadi. Aslida  esa  unda  hech  qanday  mo`jiza  yo`q. Sangijumanning  tebranish  hususiyati  shamol  kuchi  ta`sirida  hosil  bo`lgan.  Qishloqning  nomi  ham  shu  bahaybat  Sangijuman  tosh nomi  bilan  atalib  kelinmoqda. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash