«Xatirchi» atamasi ma`nosini bilasizmi?
«Xatirchi» atamasining
adabiy-badiiy manbalarda ilk
bor uchrashi, bundan qariyb 300
yildan ortiq muqaddam
yashagan Boborahim Mashrabning
1697-1709-yillar orasida
Xatirchida bo`lishi va
bu yerda «avliyo
Gadoy Selkin ota
maqbarasini ziyorat qilishi»
tilga olingan.
«…-Sen
bilmasang men aytay
Miyonqol! Qovunning shirini, uzumning
sarasi shu vodiyda
yetiladur. Qoradaryo bilan Oqdaryo
oralig`idagi bu vodiyning
tuprog`i uzoqdagi tog`lar
va cho`llardan uchib
kelgan gardlardan hosil
bo`lgan»
«Ana
shu oraliq nihoyatda
obod, sersuv ekinzor bo`lib,
bu yerda Xatirchi, Payshanba, Qal`ai Dabusiya
kabi ko`pgina qishloq
hamda shaharlar bo`lgan.»
Navoiy viloyati Xatirchi tumani
markazida yashab o`tgan, uning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida faol ishtirok
etgan shaxslardan biri,
marhum Mirzaazim Abduqodirovning shaxsiy
arxividan chiqqan bir
xujjatda Xatirchining nomlanishi
1677 milodiy yildan
boshlanadi.
Abdurazzoq xo`ja ibn
Abdivahhob xo`ja Badr
ota tomonidan tijorat
ishlari, savdo-sotiq va
bozor munosabatlari qonun-qoidalariga bag`ishlab
hijriy 1277-78-(milodiy 1861-62) yillarda
yozilgan «Kitobi bay`ya»
asarida o`zlari tug`ilgan
yerni «joyi mavludash
qishlog`i Qoracha az
sho`bai Xatirchigi bexatar»
deb tilga olgan.
Bundan tashqari keksa
kishilarning og`zaki hikoyalariga
asoslanib, ba`zi bir
tarixiy voqealarga asoslanib
shuni dalil qilib
aytish mumkinki, bu
nom- «Xatarchi»- «Xatarli» so`zining
davrlar o`tishi bilan
talaffuz tarzining o`zgarishi
tufayli hozirgi holatga
yetib kelgan ko`rinishidir.
Birinchidan,
bir vaqtlar tuman
markazining janubiy tomonlari
botqoqlik, qamishzor, to`qayzor
hamda chakalakzorlar bo`lib,
unda yovvoyi hayvonlardan
to`ng`iz, bo`ri, tulki, to`qay mushugi,
qoplon va hatto
Turkiston yo`lbarsi ham
uchrashi mumkin bo`lgan.
Ikkinchidan, ba`zi
yillari bahor erta
va issiq kelib, qor
va muzlarning tez va ko`plab
erishi oqibatida Oqdaryo
va Qoradaryoda suv
toshqinlari bo`lib, ikki
daryo qo`shilish joyi
o`zanini o`zgartirib, ko`p
joylarga suv bosish
xavf-xatari borligi tahlikasini
solib tirgan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.
Sharhlar - 1