loading...

Avgust shuba yig`ilishi: unda nimalarga e`tibor bermoq kerak? 

6874

  Geografiya fanini zamon talablari darajasida o`qitish, dars sifati va samaradorligini oshirish, o`quvchilar qalbida fanga bo`lgan qiziqishni o`yg`otish har bir o`qituvchi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Hozirgi kun talablaridan biri amalga oshirilayotgan ishlarni o`quvchilarga yetkazish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o`quvchilarda nazariy bilimlar asosida ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir. Buning uchun Avgust kengashlari shu’ba yigilishlarida o`qituvchilar bilan quyidagi vazifalarni muhokama qilish tavsiya etiladi:
 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov o`zining «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida ta’kidlaganidek "Mustaqillik — biz uchun nafaqat iqtisodiy, balki beqiyos ma’naviy imkoniyatlar manbai ekanini anglab, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini, iqtisodiy - ijtimoiy yangilanish jarayonlarini aynan shu asosda tashkil etishga ustuvor ahamiyat berilganligi, shuningdeq mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining joriy etilishi tufayli xalqimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashi qanchalik o`zgarib ketganligini ko`rishimiz mumkinligini, ko`pchilikka yaxshi ayonki, 90-yillarning boshlarida bizda ham kimningdir xususiy zavodi yoki fermasi u yoqda tursin, kichkina do`koni bo`lishi mumkinligini tasavvur eta olmasligini, bugungi kunda esa xususiy mulk tushunchasiga nisbatan qarashlar o`zgarib, u hayotimizdan qanchalar chuqur joy olib borayotgani" haqida sho’ba yigilishlarida yana bir karra fikr almashish zarur.
 O`zbekistonning mustaqillikka erishishi xorijiy mamlakatlar bilan bog`laydigan yo`llarga ehtiyojini kuchaytirgani, bunda yangi «Termiz-Hayraton-Mozori Sharif» temiryo`lini qurish ishlari boshlanganligi, bu jabhada mamlakatimizning ham katta ulushi borligi, shuningdeq mustaqillik yillarida jahon mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy va siyosiy sohada olib borgan ishlarimiz, bu sohada erishilgan yutuqlarimizni o`quvchilarga yetkazib berish maqsadida, sho’ba yigilishlarida "O`zbekiston jahonga yuz tutdi" mavzusida davra suhbatlari o`tkazish tavsiya etiladi.
  Georafiya fanini o`qitishda qo`llaniladigan metodlar, usullar va vositalarni dars mavzulariga mos ravishda tanlay olish, har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr-mulohaza yuritish, tavsiyalar ishlab chirsh, o`qituvchilarning ijodkorligi asosida jarayonga yondashishlari uchun yo`nalishlar berish lozim.
  O`quvchilar bilimlarining Davlat ta’lim standartlarini o`zlashtirish sifat darajasini aniqlash bo`yicha o`tkazilgan monitoring natijalariga ko`ra 5, 6, 7- sinflarda amaliy topshiriqlarni bajarishda yo`nalish azimutini, havo harorati va bosimini aniqlab topishda, materiklarning tabiat zonalarini tavsiflashda, yer yuzining iqlim mintaqalarini ajratib berishda, okean oqimlarini ajratib yozishda, shuningdeq 8, 9-sinflarda ham havo bosimini aniqlab topish, respublikamizning iqtisodiy geografik rayonlariga qiyosiy tavsif berish, mamlakatimizda tashkil etilgan qo`shma korxonalarning nomlanishi va ushbu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida, siklon, energetika tizimi, ekologik siyosat, megalopolis kabi geografik atamalarga javob yozishda bo`shliqlar hosil bo`lgani aniqlandi. Shuning uchun avgust sho’ba yig'ilishlarida ushbu mavzularni o`qitishda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi haqida fikr- mulohaza yuritilishi kerak.
 Geografiya fani bo`yicha avgust kengashlari sho’ba yigilishlarida muhokama qilish uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. "Yo`nalish azimuti va masofani o`lchash", "Havo harorati va bosimi", "Yoqilg`i-energetika va kimyo majmuasi" mavzularini o`tishda, amaliy mashg`ulotlarni tashkil etishda zamonaviy usullarni qo`llash orqali samaradorlikka erishish.
2. "Geografik atama va tushunchalarning izohli lug`ati" yuzasidan ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
3. "Geografik xaritalar bilan ishlash", "Materiklarning tabiat zonalari", "Okean oqimlari", "Energetika tizimi" "Xalqaro iqtisodiy aloqalar" mavzulari yuzasidan xaritalar va o`quv atlasi bilan ishlashni tashkil etish usullari.
4. Geografiya fanidan yaratilgan o`quv filmlardan o`quv jarayonida foydalanish yo`llari.
5. "Yosh o`lkashunos", "Yosh sayyoh", "Muzeyshunoslik" to`garaklariga o`quvchilarni jalb etish orqali ularning fanga qiziqishlarini oshirib borish.
6. Dars jarayonida o`quvchilarga yetkazilishi lozim bo`lgan fanga oid yangiliklar.
7. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishda elektron darsliklardan foydalanish yo`llari.
Respublika ta’lim markazi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash