O`quvchilar bilimini baholash usullari
O`qituvchi o`quvchilarning
bilimini baholaganda uning og`zaki javobini, uy vazifasini qay daraja
bajarilganligini, yangi materialni o`rganishdagi faolligini, mustaqil va
yozma-amaliy ishlarning qay tariqa bajarishini nazarda tutish lozim. Shuning bilan birga yozuvsiz xaritalarda bajargan
ishiga ham vaqti-vaqti bilan baho qo`yish mumkin.
O`quvchilarning yozma ishlarini
baholashda geografik termin va nomlarning to`g`ri yozilishini (geografik
savodxonligini), ishlarning sistemali va bartartib bajarailganligini ham
nazarda tutish lozim.
O`quvchilarning bilim, ko`nikma va
malakalarini baholashda, javobning ijodiy va salbiy tomonlarini o`quvchilarga
aniq ko`rsatib berish shart. O`quvchilarning bilimi besh balli
sistema bilan baholanadi.
- Besh - javob to`liq, to`g`ri, o`quvchi asosiy faktik materiallarni biladi, asosiy ilmiy tushunchalarni egallagan, geografik aloqadorlikni tushunadi va misollar keltiradi; xarita va boshqa ma`lumotlar manbalarning tarkibi va ular bilan ishlashning izchil usullarini biladi; ulardan mustaqil foydalana oladi va xaritalardagi obyektivlarni xatosiz ko`rsatadi. O`quvchilarning, xususan, o`quv masallarini hal etishda ijodiy yodashishi, eng yangi geografik voqealardan xabardorligi rag`batlantiriladi.
- To`rt - javob to`liq va to`g`ri, ammo faktlarni ifoda etishda, tunushchalarni aniqlashda, geografik aloqadorlik va xulosalarni tushuntirishda o`qituvchining qo`shimcha savollari asosida osongina to`g`rilash mumkin bo`lgan noaniqliklarga yo`l qo`yadi.
- Uch - javob to`g`ri, o`quvchi asosan materialni tushunadi, ammo tushuncha-larni aniq belgilay olmaydi, aloqadorliklarni mustaqil tushuntirishda qiynaladi yoki faktlarni izchillik bilan ifodalay olmaydi.
- Ikki – javob noto`g`ri, asosiy faktik materialni, geografik qonuniyatlarni bilmaydi, tushunchalarni belgilashda qo`pol xatolarga yo`l qo`yadi; darslik va xarita bilan ishlay olmaydi.
- Bir – og`zaki javob yoki yoki amaliy ish natijasi yo`q.
O`quvchilarning bilimini baholashda raqamlardagi, dasturlardan
tashqari geografik nomlardagi arzimagan noaniqliklar uchun baho
pasaytirilmaydi, statistik jadval, xaritalardagi zarur ma`lumotlardan foydalana olmaganligi uchun esa baho
pasaytirilishi mumkin.
Chorak bahosi, o`rtacha arifmetik hisob bilan emas, balki barcha
baholarning salmog`ini inobatga olib chiqariladi. Bundan o`quvchining og`zaki
yoki yozma individual bahosi ahamiyatga ega.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.