loading...

Rossiyada "soxta" quyosh hodisasi kuzatildi 

3469

2017-yil 7-8-yanvar kunlari Rossiyaning markaziy viloyatlarida kamdan-kam uchraydigan atmosfera hodisasi – "soxta" quyosh yoki ilmiy tilda aytganda, pargeliy kuzatildi. Bu hodisa quyosh nurlarining muz kristallarida sinishi bilan bog'liq. Suv muzlagani sari atmosferaning yuqori qatlamlarida oltiburchakli kristallar hosil qiladi. Ular yerga tushishining aksariyat vaqtida gorizontal holatda bo'ladi. Muayyan lahzalarda kuzatuvchining ko'rish gorizonti bu tekislik orqali o'tishi mumkin va bunda har bir kristall o'zini nurni sindiruvchi mini-linza kabi tuta boshlaydi. Natijada Quyosh atrofida doira yoki undan bir xil uzoqlikda joylashgan bir juft "soxta" quyosh paydo bo'ladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash