loading...

Olimlar Oyning aniq yoshini ma`lum qilishdi. 

3312

 
Oy 4,51 milliard yil avval tashkil topgan. Bu Quyosh tizimi shakllanganidan 60 million yil o'tib ro'y bergan. Bunday xulosa Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan Science Advances ("Ilm-fan taraqqiyoti") jurnali sahifalarida e`lon qilingan maqolada keltirildi. Avvalgi taxminlarga ko'ra, Yer yo'ldoshi Quyosh tizimi shakllanganidan 150-200 million yil o'tib, Yerning hajmi Mars sayyorasi kabi bo'lgan fazoviy ob`yekt bilan to'qnashuvidan so'ng tashkil topgan, deb hisoblanardi. Maqolada ta`kidlanishicha, "Oyning yoshi haqidagi ma`lumotning muhimligiga qaramay, avval bunga javob berilmagan".

"Biz Oy bunday yoshda ekani haqidagi fikrlar o'z isbotini topgan, deb hisoblaymiz", - ma`lum qildi Kaliforniya universiteti mutaxassislar guruhi rahbari Melani Barboni. Uning so'zlariga ko'ra, maqolaga 1971 yilda Amerikaning "Apollon-14" kemasi ekipaji astronavtlarining Oy yuzasidan olgan namunalari tahlil natijasi asos qilib olingan. 

"Aniq hisob-kitoblar uchun sirkon mineralidan foydalandik, u eng yaxshi "vaqt kapsulasi” sanaladi", - dedi olim. Uning so'zlariga ko'ra, bu modda Oy yuzasidagi magmaning muzlab qolishidan paydo bo'lgan. Olimlar o'rganish chog'ida ushbu mineralda bo'lgan uranning qancha miqdori qo'rg'oshinga aylanganini o'lchashdi. Bu uslub geologik ob`yektlar yoshini aniqlashda eng ishonchlidir. Olimlarning xulosasiga ko'ra, Yerning yo'ldoshi 4,51 milliard yil avval shakllangan.

Tadqiqotchilarning so'zlariga ko'ra, Oyning yoshi haqidagi ma`lumot - "Yerning tashkil topish va rivojlanish jarayonini tushunishga yordam beruvchi kalitdir".

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash