loading...

Geologlar: foydali qazilmalar zaxirasi asrlarga yetadi 

5931

Xalqaro tadqiqotchilar guruhi tabiiy mineral resurslar (mis, rux v.b.) tobora soni o’sayotgan aholi va sanoat ehtiyojini qoplashga yetishini isbotlashga urindi. Bu haqda Geochemical Perspectives jurnali yozmoqda.

Tadqiqotchilar foydali qazilma zaxiralari cheklanganligi, agar qazib olish sur’ati pasaytirilmasa yaqin o’n yil ichida sob bo’lishini bashorat qilib keladi. Ammo yuqoridagi izlanish mualliflari aholi ehtiyoji o’sgan taqdirda ham foydali qazilmalar zaxirasi yana asrlarga yetadi, deb xulosa qildi. Mualliflar foydali qazilmalar bilan bog`liq muammolar yuzaga kelishini inkor etmaydi, biroq ular zaxiralar tugashi emas, iqtisodiy, ekologik yoki ijtimoiy muammolar yuz berishi ehtimolini ilgari suradi.

Olimlar foydali qazilmalarning razvedka qilingan va iqtisodiy jihatdan baholangan qismi bilan yer qobig`ida yotgan qismini chalkashtirmaslikni so’raydi. Ҳisobga olingan zaxiralar hali yer qobig`ida o’rganilmay yotgan zaxiralarning kichik qisminigina tashkil etadi, deydi olimlar. Konlarni razvedka qilish va baholash uchun mablag` zarur. Geologik kompaniyalar to qidirishga sarmoya kiritmaguncha yer ostida o’rganilmagan konlar ochilishini kutib yotadi.

Shunday qilib, o’rganilgan zaxiralar 20-40 yilga yetadi. Bunga sifati past rudalar va hali o’rganilmagan ulkan kon zaxiralari kirmaydi. Ko’p hollarda 300 metr chuqurlikkacha bo’lgan konlar razvedka qilinadi, aslida esa zamonaviy texnologiyalar yordamida 2-3 ming metr chuqurlikni ham o’rganish mumkin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash