loading...

Fazoviy kemalar nima uchun Floridadan uchiriladi? 

3884

Floridaning ob-havo sharoiti ancha noqulay. Shunga qaramay, 1961-yili u Mercury loyihasi doirasida boshqariladigan fazoviy apparatlar uchiriladigan joy sifatida tanlandi. Buning o'ziga xos sabablari bor. Avvalo, aholi xavfsizligini ta'minlash uchun kosmodromni odamlar yashamaydigan xilvat joyda barpo etish zarur edi. Bu jihatdan Atlantika okeani sohillari ancha afzal hisoblanadi. Chunki Sharqqa tomon yo'nalish bo'yicha uchish fazoviy apparatga Yerning aylanish kuchidan foydalanish imkonini beradi. Aks holda, u bamisoli daryo oqimiga qarshi eshkak eshgandek qiyinchilikka duchor bo'ladi. Aniqrog'i, Yerning tortishish kuchini yengish uchun katta miqdorda yonilg'i sarflaydi.
 
Ikkinchidan, Florida aylanayotgan Yerning harakat tezligi nisbatan yuqori bo'lgan ekvatorga yaqin joylashgan. Bugungi kunda esa fazoviy apparatlarni uchirish uchun dunyodagi eng qulay joy Yevropa kosmik agentligining Fransiyaning Gviana hududida joylashgan kosmodromi hisoblanadi. Chunki u ekvator shimoliga nisbatan atigi besh daraja masofada joylashgan.
 
Uchinchidan, Jon Kennedi nomidagi kosmik markazni qurish haqidagi qaror qabul qilinayotgan paytda Merrit orollari har tomonlama badastir moddiy-texnik ta'minotga ega hududlar sirasiga kirardi. Yon-atrofida armiya va harbiy-dengiz bazalari joylashgan, yaxshi yo'llar etarli, aholi esa deyarli yo'q, demak, xohlagan narsani barpo etish mumkin edi. To'g'ri, AQShda ekvatorga yanada yaqinroq joylashgan Puerto va Gavayya orollari ham bor, biroq o'sha paytlarda ularning imkoniyatlaridan foydalanish ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarardi.
 
Va nihoyat, yana bir narsani ta'kidlash lozimki, Florida garchi bo'ron va dovullar tez-tez ro'y berib turadigan subtropik iqlimi bilan mashhur sanalsa-da, aksariyat qismi o'ziga xos ob-havoga ega. Aniqrog'i, AQSh markazida girdob-uyurmalar avjiga chiqsa, janubida dovul-bo'ronlar quturadi. Bunday noqulay ob-havo hamma joyda kutilmagan noxushliklarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.
 
Mutaxassislarning uqtirishlaricha, Jon Kennedi nomidagi kosmik markaz kelajakda ham o'zining boshqariladigan fazoviy uchishlar uchun zarur mavqeini saqlab qoladi. Boshqa joyda bunday murakkab tuzilmali inshootni yaratish juda qimmatga tushadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash