loading...

Nikolas Spaykmen va klassik "Atlantizm" 

8793

 Nikolas Spaykmen (1893-1943) geosiyosat nazariyasi va amaliyotiga ulkan hissa qo‘shgan amerikalik tadqiqotchidir. U Xartlend potensial makon bo‘lib, mustaqil g‘oyalarni hal qila olmaydi, bu vazifalarni, shu jumladan, dunyoga hukmronlik qilish vazifasini Rimlend bajarishi mumkin, deb hisoblaydi.
  N. Spaykmen dunyoni uch qismga, ya’ni Xartlend, Rimlend va olisda joylashgan Afrika va Avstraliya qit’alariga bo‘ladi. Rimlend tarkibiga G‘arbiy va Markaziy Yevropa, Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Uzoq Sharq mamlakatlari va Xitoy kiritilgan.
  N. Spaykmenning g‘oyasiga ko‘ra, kim Rimlendni nazorat qilsa, u Yevropada hukmdorlik qiladi, kim Yevrosiyoni nazorat qilsa, u jahon taqdirini hal qiladi.
  N.Spaykmen AQSH ni Xartlendga nisbatan ham, Rimlendga nisbatan ham juda qulay o‘ringa ega deb hisoblaydi. U «O‘rta okean tushunchasi»ni muomalaga kiritdi va Atlantika dunyosi tomonidan Rimlend ustidan o‘rnatilgan nazorat quruqlik kuchla­rini mag‘lub bo‘lishiga va Atlantika dunyosi tobe holatga tushishiga sabab bo‘ldi, degan xulosaga kelgan.
 N.Spaykmen davlat geosiyosiy qudratini ta’minlovchi 10 ta mezonni alohida ajratib ko‘rsatadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) hudud yuzasining tuzilishi; 2) chegaralarining tabiati; 3) aholi soni; 4) foydali qazilmalarning mavjudligi yoki yo ‘qligi; 5) iqtisodiy va texnologik taraqqiyot; 6) davlat moliyaviy quvvati; 7) etnik birligi; 8) sotsial integratsiyalashish darajasi; 9) siyosiy barqarorlik; 10) millat ruhi. 
  Yuqorida keltirilgan baholash shkalasidan foydalangan holda davlatning umumiy geosiyosiy kuch-qudratini aniqlash mumkin. Agar umumiy baho uncha yuqori bo‘lmasa, bunday holat o‘z-o‘zidan ushbu davlatni boshqa davlatlar bilan strategik ittifoqlar tuzishga majbur qiladi. Bu esa mazkur davlat suverinitetiga ma’lum darajada putur yetkazadi.
  N.Spaykmen Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropa davlatlari mustaqilligining pasayishini, AQSH mustaqilligining esa oshishini bashorat qilgan edi. Bu bashorat hozirda, XXI asrda o‘zining aniq ifodasini topmoqda. Kuchlar nisbati borgan sari AQSH foydasiga hal bo‘lmoqda. Afg‘oniston, Iroq, Bosniya, Gersogovina, Kosovo va boshqa davlatlarda bo‘lib o‘tgan voqealar buni to‘la-to‘kis tasdiqlamoqda.Yuqorida keltirilgan baholash shkalasidan foydalangan holda davlatning umumiy geosiyosiy kuch-qudratini aniqlash mumkin. Agar umumiy baho uncha yuqori bo‘lmasa, bunday holat o‘z-o‘zidan ushbu davlatni boshqa davlatlar bilan strategik ittifoqlar tuzishga majbur qiladi. Bu esa mazkur davlat suverinitetiga ma’lum darajada putur yetkazadi.
 N.Spaykmen Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropa davlatlari mustaqilligining pasayishini, AQSH mustaqilligining esa oshishini bashorat qilgan edi. Bu bashorat hozirda, XXI asrda o‘zining aniq ifodasini topmoqda. Kuchlar nisbati borgan sari AQSH foydasiga hal bo‘lmoqda. Afg‘oniston, Iroq, Bosniya, Gersogovina, Kosovo va boshqa davlatlarda bo‘lib o‘tgan voqealar buni to‘la-to‘kis tasdiqlamoqda.
 
Eslab qoling!
 Rimlend — tarkibiga G‘arbiy va Markaziy Yevropa, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Iroq, Pokiston, Hindiston, Uzoq Sharq mamlakatlari va Xitoy kiritilgan hudud.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash