loading...

Firdrix Ratsel va geosiyosat 

10530

XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimi Fridrix Ratsel (1844-1904) birinchi bo‘lib dunyoga geosiyosiy nigohning (qarashning) asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqdi. Uning fikricha, makon — siyosiy resurs, taraqqiyot omili bo‘lib hisoblanadi. Ratsel o‘zining asosiy geosiyosiy g‘oyalarini «Antropogeografiya» va «Siyosiy geografiya» nomli asarlarida yorib beradi. Uning fikricha, mamlakatning mustaqil davlat sifatida «oyoqqa» turishida tarixiy taraqqiyot nazariyasi geografik sharoitning ahamiyatini hisobga olmagan. Shuning uchun ham u davlat tashqi va ichki siyosatining geografik sharoitga bog‘liq ekanligini isbotlash bo‘yicha muhim ilmiy ishlar olib bordi.

  Ratsel davlatning asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritgan: mamlakat hududining kattaligi; geografik o‘rni va chega­ralari; o‘simlik dunyosi; boshqa hududlarga bo‘lgan munosabati.

  F.Ratsel tomonidan geosiyosat sohasida juda muhim bo‘lgan quyidagi qonuniyatlar ishlab chiqilgan:
davlat makoni (madaniyat rivojlangan sari kengayib, o‘sib boradi);
— davlat siyosati (g‘oyalar, savdo, diniy targ‘ibot va boshqalarning rivojlanishi bilan bir paytda amalga oshadi);
— davlatning taraqqiyoti va kengayishi kichik davlatlarni qo‘shib olish va bosib olish hisobiga amalga oshadi;
— davlat chegarasi uning o‘sishini ta’minlashi, qudrati yoki zaif tomonlari o‘zgarishining asosiy sababchisi bo‘lishi mumkin;
— davlat rivojlanishi davomida o‘zini o‘rab turgan eng muhim tabiat elementlari — qirg‘oq chiziqlari, daryo vodiylari, tog‘lar, tekisliklar va resurslarga boy mintaqalarni qo‘shib olishga doimo harakat qiladi;
— sodda (kuchsiz) davlatlarga hududini kengaytirish haqidagi dastlabki turtki tashqaridan, yuqori darajali madaniyat markazlaridan keladi.

  Davlatlar vujudga keladi, o‘sadi, taraqqiy etadi, vaqti-soati kelganda tirik jonzotlar kabi barham topadi.

  Davlatning kengayishi yoki torayishi uning ichki hayotida ro‘y beradigan jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. F. Ratsel katta davlatlarda geografik ekspansiya (bosib olishga intilish)ga moyillik mavjudligini va bu xususiyat asta-sekin sayyoraviy (planetar) miqyosda kengayib borishini aniqlagan. Bundan tashqari, u har bir xalq va davlat o‘zining hududiy taraqqiyot konsepsiyasiga ega ekanligini asoslab berdi.

  F.Ratsel tadqiqotlarining asosiy va eng muhim jihatlaridan bin — uning «Geografik makon siyosiy kuch sifatida geosiyosat­ning asosini tashkil etadi», degan xulosasidir.

Eslab qoling!
 Geografik muhit deb Yer tabiatining kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida o‘zining hayoti va ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita ko‘rsatib turadigan qismiga aytiladi.
Geografik makon falsafiy kategoriya bo‘lib, geografik qobiq doirasida moddiy geografik obyektlarning obyektiv va bilish mumkin bo‘lgan shakli.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash