Muhandislik inshootlari va ularning turlari
Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi
o‘zaro ta’sir asosan muhandislik inshootlari va ularning ish faoliyati orqali
ro‘y beradi.
Har qanday jamiyatda ham
xo‘jalikni rivojlantirish va jamiyat a’zolarining talablarini qondirish
maqsadida uy-joy, yo‘l, zavod-fabrika va boshqa inshootlar quriladi.
Ma’lum bir maqsadlarda
qurilgan binolar muhandislik inshootlari deb ataladi. Muhandislik inshootlarini
quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
Shaharsozlik
inshootlari. Mazkur inshootlarga ma’muriy binolar uy-joy binolari,
kommunal xo‘jalik binolari, maishiy xizmat binolari, sog‘liqni saqlash, maorif
va moliya binolari kiradi. Uy-joy binolari shaharlarda ko‘p qavatli,
qishloqlarda asosan bir qavatli binolardan iborat.
Sanoat inshootlari. Bularga tog‘-kon sanoati
inshootlari, metallurgiya sanoati inshootlari, yoqilg‘i-energetika sanoati
inshootlari, mashinasozlik sanoati inshootlari, yengil sanoat inshootlari,
qurilish sanoati inshootlari, oziq-ovqat sanoati inshootlari kiradi.
Tog‘-kon sanoati
inshootlariga karyerlar, shaxtalar, tashlamalar, ma’muriy binolar, boyitish
fabrikalari, tog‘-metallurgiya kombinati kiradi.
Metallurgiya sanoati
inshootlariga asosan qora va rangli metallurgiya zavodlari binolari kiradi.
Ularning maydoni katta va chiqindilar hajmi ham yirik bo‘ladi.
Kimyo sanoati inshootlari mineral o‘g‘it, kislota,
sun’iy tola ishlab chiqaradigan zavodlar binolaridan iborat.
Yoqilg‘i-energetika sanoati
inshootlariga neft va gazni qayta ishlash zavodlari, issiqlik elektrostansiyalari
va markazlari binolari kiradi.
Mashinasozlik sanoati
inshootlari
asosan podshipnik, stanoksozlik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik,
teplovozsozlik, vagonsozlik zavodlari binolaridan iborat.
Yengil sanoat inshootlari asosan to‘qimachilik,
tikuvchilik, poyabzal, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi zavod
va fabrikalar binolaridan iborat.
Transport
inshootlari yo‘llardan, ko‘priklardan, tunnellardan, vokzallar, aeroport va portlardan
iborat.
Suv (gidrotexnik)
inshootlari to‘g‘onlar,
suv omborlari, kanallar, kollektorlardan iborat.
Mazkur inshootlarning qurilishi va faoliyati ta’sirida atrof- muhitda salbiy yoki ijobiy o‘zgarishlar vujudga keladi.
Mazkur inshootlarning qurilishi va faoliyati ta’sirida atrof- muhitda salbiy yoki ijobiy o‘zgarishlar vujudga keladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.