Afrika subregionlari
Afrika tabiiy
resurslarga boy bo‘lishiga
qaramay, mavjud siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy
muammolar natijasida
rivojlanish darajasi past bo‘lgan
ko‘p davlatlar jam
bo‘lgan qit’a hamdir.
Umumiy maydoni – 30,3 mln km.kv.dan
ortiq bo‘lgan ushbu qit’ada 62 ta davlat joylashgan. Ularning 54 tasi mustaqil
davlatlardan iborat. Qit’ada 10 ta orol, 15 ta quruqlik ichkarisidagi, 37 tasi dengiz chegaralariga ega. Afrika hududi
5 ta subregionga ajratiladi.Shimoliy, G‘arbiy,
Markaziy, Sharqiy va
Janubiy Afrika subregionlari
bir-birlaridan geografik o`rni
xususiyatlari, tabiiy resurslar bilan ta`minlanganlik darajasi, maydonda
joylashgan davlatlar soni kabi ko`rsatkichlariga ko`ra farq qiladi.
Afrika subregionlari haqida umumiy ma`lumot
Subregionlar | Maydoni, mln km.kv | Aholi soni, mln kishi | Davlatlar soni |
Shimoliy | 8,5 | 218 | 7 |
G`arbiy | 6,0 | 341 | 16 |
Sharqiy | 6,3 | 379 | 17 |
Markaziy | 6,6 | 142 | 9 |
Janubiy | 2,7 | 61 | 5 |
Shimoliy Afrika O‘rta va Qizil dengizlar, Atlantika okeaniga chiqa olish imkoniyati mavjud bo‘lgan sababli qadimdan Yevropa hamda G‘arbiy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan edi. Hududining katta qismi subtropik mintaqaga to‘g‘ri kelganligi davlatlarning paxta, zaytun, uzum, sitrus mevalar yetishtirishga ixtisoslashishga sabab bo‘lgan. Sanoat tarmoqlari rivojlanishi esa, birinchi navbatda mineral xomashyolarni qazib olish (neft, tabiiy gaz, fosforit, temir rudasi) hamda qayta ishlash bilan bog‘liq. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan yengil va oziq-ovqat sanoati ham yaxshi rivojlan gan. Bu yerda dengiz transporti ahamiyatli hisoblanadi. Ayniq sa, Suvaysh kanalining bu mintaqa hududida joylashganligi transport xizmatlarining yuqori darajada rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, xizmatlar sohasida turizm xizmatining ham o‘rni katta. Aholisining asosiy qismini arab tilida so‘zlashuvchi xalqlar tashkil qiladi. Ko‘p asrlik tarixga egaligi sa babli, mintaqa davlatlari iqtisodiyoti uchun an’anaviy hisoblangan sug‘orma dehqonchilik, ko‘chmanchi chorvachilik, hunarmandchilik kabi tarmoqlar o‘ziga xos an’analarga egaligi bilan ajralib turadi. Misr va Jazoir subregionning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra peshqadam davlatlar hisoblanadi.
G‘arbiy Afrika Sahroyi Kabir va Gvineya qo‘ltiqlari oralig‘ida joylashgan bo‘lib, hududi tropik cho‘llar, savanna, hamda nam ekvatorial mintaqaga to‘g‘ri keladi. Ushbu subregionda Afrikaning aholi soni jihatidan yetakchi davlati - Nigeriya joylashgan. Aholisining milliy tarkibi ancha murakkab. Mustamlakachilik davrida qulchilik eng avj olgan mintaqa hisoblanadi.
Subregionning zamonaviy qiyofasini, birinchi navbatda, bu yerda qadimdan rivojlanib kelgan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashuv belgilaydi. Plantatsiya xo‘jaligining rivojlanishi bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan subregion davlatlari, asosan, texnik ekinlar yetishtirishga ixtisos lashgan. Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan monokultura ekinlarining (yeryong‘oq, turli mevalar, tabiiy kauchuk, kakao, kofe) asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi. Konchilik sanoati asosiy rivojlangan sanoat tarmog‘i hisoblanadi. Asosan, temir va uran rudalari, boksit, qalay, neft, olmos, oltin qazib olinadi. Nigeriya G‘arbiy Afrikaning iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan davlatlariga misol bo‘la oladi.
Markaziy Afrika mamlakatlari materikning markaziy qismida, nam ekvatorial o‘rmonlar hamda savanna mintaqalarida joylashgan. Subregion mineral resurslar turi va zaxirasiga ko‘ra, nafaqat Afrikada, balki jahonda oldingi o‘rinlarning birini egallaydi. Bundan tashqari, mintaqa suv, biologik (asosan o‘rmon) resurslariga ham boy bo‘lsa-da, mavjud tabiiy resurs imkoniyatlaridan to‘lig‘icha foydalanilmaydi. Markaziy Afrika ishlov berilmagan olmos, mis, kobalt, marganes, qalay, neft kabi mineral resurslarning asosiy qismini jahonning turli davlatlariga eksport qiladi. Bundan tashqari, subregion eksportida o‘rmon resurslarining salmog‘i ham katta. Asosiy sanoat tarmog‘i konchilik sanoati bo‘lib, so‘nggi yillarda yirik shaharlarda asta-sekinlik bilan qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari ham rivojlanmoqda. Aholisi, asosan, bantu oilasiga mansub xalqlardan tashkil topganligi bilan ajralib turadi. Kongo Demokratik Respublikasi subregion bo’yicha iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat hisoblanadi.
Sharqiy Afrika uchun, asosan, subekvatorial va tropik iqlim xosdir. U Hind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lganligi sababli, qadimdan Hindiston va turli arab davlatlari bilan savdo aloqalarini o‘rnatib kelgan. Boshqa subregionlardan farqli ravishda bu mintaqa mineral resurslarga nisbatan kambag‘al ekanligi bilan ajralib turadi. Shu sababli iqtisodiyotini rivojlantirishda mavjud bo‘lgan boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanishga harakat qiladi. Asosan, tropik qishloq xo‘jaligi
rivojlangan bo‘lib, jahon bozoriga kofe, choy, kokos palmasi mahsulotlari, turli ziravorlar olib chiqadi. Mintaqaning ba’zi davlatlari konchilik sanoati mahsulotlarini (mis) ham eksport qiladi. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Tashkil qilingan tabiiy bog‘lar va qo‘riqxonalar turizmni rivojlanishiga yordam beradi. Sharqiy Afrika aholisi etnik jihatdan turli qabila va urug‘, elat va millatlardan tashkil topgan. Keniya subregiondagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra peshqadam davlat hisoblanadi.

Janubiy Afrika Yevropa, Osiyo, Amerika qit'alaridan ancha uzoqda joylashgan bo`lsada. qulay transport-geografik o`ringa ega. Uning qirg‘oqlaridan muhim dengiz yo‘li yo'nalishlari o‘tadi. Janubiy yarimsharning tropik va subtropik mintaqalarida joylashgan subregion turli tabiiy resurslarga (ayniqsa, mineral resurslarga) boy. Janubiy Afrika Respublikasi nafaqat subregiondagi, balki qit'adagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat hisoblanadi. U jahon bozoriga turli mineral resurslarni yetkazib beruvchi davlatlardan biri. Uning iqtisodiyotida konchilik sanoatidan tashqari. qayta ishlovchi tarmoqlar ham salmoqli miqdorda mahsulot tayyorlab beradi. Subregionning boshqa davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi muhim o‘rin lutadi. Aholisi etnik jihatdan rang-barangligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga JAR aholisi milliy tarkibida yevropaliklarning salmog‘i ham yuqori.
Afrika katta miqdorda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy resurs imkoniyatla-riga ega. Lekin, mintaqa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi pastligi, aholisining milliy va diniy larkibidagi o‘ziga xosliklar, uning turmush hamda savodxonlik darajasining past ko‘rsatkichlari, siyosiy mustaqillikka erishish davrida etnik xususiyatlar e'tiborga olinmagan holda milliy chegaralanishning amalga oshirilganligi kabi holatlar ko'plab geosiyosiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo`lmoqda. Mavjud tabiiy resurslardan oqilona loydalanmaslik esa ekologik muammolarning (masalan, cho`llashish muammosi) yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.