Kompas tayyorlashning oddiy yo’li
Zamonaviy sayyoh
safarga chiqayotib tish-tirnog`igacha qurollanib chiqadi: smartfon, navigator, zaryadlash
qurilmasi, fotoapparat — sanasak sanog`iga yetishimiz qiyin. Lekin texnikaga har
doim ham ishonib bo’lmaydi, pand berib qolishi mumkin. Ana shunday holatlarda esa
sizga tabiat bilan yolg`iz qolganingizda qanday qilib vaziyatdan chiqib ketish borasida
o’rganganlaringiz asqotadi. Shuning uchun biz sizga kompas tayyorlashning eng oson
usulini o’rgatmoqchimiz.
Buning uchun sizga
suv uchun idish, igna va har qanday suvga cho’kmaydigan narsa (penoplast, gubka,
po’kak tiqin yoki oddiy yaproq) kerak bo’ladi.
Idishni olib, unga
suv quyamiz. So’ngra ignaning bir uchini magnitlaymiz: buning uchun magnitdan foydalaniladi,
magnit yo’q bo’lsa mato yoki sochlaringizga ishqalasangiz ham bo’ladi. Endi esa
magnitlangan ignani suvda cho’kmaydigan narsa (misol: barg) ustiga qo’yib, asta suv to’ldirilgan
idishga qo’yamiz. Bir ozdan so’ng ignaning magnitlangan uchi shimol tomonni ko’rsatadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.