loading...

Dunyodagi eng yirik muzliklardan biri erishni boshladi. 

4213

Dunyodagi eng yirik muzliklardan biri, Totten eriy boshladi, deya xabar bermoqda National Geographic. Muz hajmining kichrayishi dinamikasini olimlar 2008-yildan buyon qayd etmoqda.
 

Totten Sharqiy Antarktida muz qobig‘ining bir qismi hisoblanadi. Dastlabki o‘lchovlarga ko‘ra, muzlik 538 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan. Ammo Dunyo okeani haroratining ko‘tarilishi natijasida Antarktida muz qatlami yupqalashmoqda.

Olimlar suvdan namuna oldi, uning haroratini o‘lchadi, shuningdek, o‘tgan o‘n yil ichida sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni o‘rgandi. Okean oqimi Tottenga iliq suvlarni oqizib kelishi aniqlandi, bu esa unga katta ta’sir o‘tkazadi.

Jarayonni ortga qaytarib bo‘lmaydi: Totten kamida 2008-yildan buyon erimoqda. O‘zgarishlar dinamikasini modellashtirib, mutaxassislar kelasi yildayoq u o‘n metrga yupqalashishi va o‘z massasining 63—80 milliard tonnasini yo‘qotishini prognoz qilmoqda.

Agar muzlik to‘liq erib bitsa, okean sathi 3,5 metrga ko‘tariladi, va bu global falokatga aylanadi: dunyoning ko‘plab mamlakatlari suv ostida qoladi. Shu bilan birga, jarayon sodir bo‘lishi uchun bir necha yuz yil talab qilinadi, shuning uchun insoniyat vaziyatga tayyorlanishi uchun vaqt bor.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash