loading...

Xosiyatli qimmatbaho toshlar 

5813

OLTIN
Oltin asabni mo`tadillashtiradi. Xotira va aqliy quvvatni mustahkamlaydi, yurak mushaklarini baquvvat qilib, uning ishlash qobiliyatini kuchaytiradi. Yurak xurujida, asabiylashganda, o’pka va jigarning beholligida yaxshi foyda beradi. Uning quvvatini tilla suvini ichganda bilasiz. Tayyorlash usuli: tilla taqinchoq (qimmatbaho toshlari bo’lmagan tillavor)ni 2 stakan suv solingan idishda yarim suvi qolguncha qaynatiladi. Bir choy qoshiq tilla suvini bir kunda uch marta bo’lib ichiladi. Tilla tanaga ichki harorat bag`ishlaydi, vujudni isitadi. Tilla suvini ehtiyot bo’lib ichgan ma’qul. Chunki ba’zi odamlarning badanida tillavorlardan har xil toshmalar paydo bo’lishi ham mumkin.

KUMUSH
Kumush azaldan el ichida ardoqlangan. U Oy metali hisoblanib, kimyogarlar uni juda ham qadrlashadi. Bu metall ta’sirida juda ko’p mikroblarga qiron kelgan. Shu sababli ham shohlar, aslzodalar kumush idishlardan foydalanishgan, kumush idishlarda suv saqlashgan. Ayniqsa, harbiy safarlarda lashkarboshilar kumush anjomlar, kumush tumorchalar olib yurishgan. Bu qimmatbaho metalldan qilingan plastinkalar jangchilarni yarador bo’lganda infeksiyalardan himoya qilgan. Kumush ashyolar oshqozon va o’pka xastaliklarining oldini olish uchun ham taqiladi. Kumush yurakka quvvat beradi, ko’zni ravshan etadi.

OLMOS
Olmos - nozik, qudratli va quvvatli tosh bo’lib, yurakka mador beradi, tanani oziqlantiradi. Qizil olmos salqinlik beruvchi xususiyatiga ega, u ruhni sokinlashtiradi va qon aylanishini yaxshilaydi. Rangsiz olmos esa tana haroratini anchagina muvofiqlashtiradi, asabni tinchlantiradi. Olmosni kechasi bir stakan suvga solib qo’yasiz va ertasiga shu suvni ho’plab-ho’plab ichasiz. Bu- yoshartiruvchi tosh sanaladi. Ta’qib, yursangiz, badavlat bo’lasiz va ruhiy quvvat, shodlik baxsh etadi. O’ng qo’lingizdagi so’fi barmoqqa taqilgan olmos ko’zli tilla uzuk xosiyatlidir.

ZUMRAD
Zumrad - yashil tusli qimmatbaho tosh, chiroyli tovlanishi, yaxshi jilolanishi, shaffofligi bilan ajralib turadi. Zargarlik, pichoqchilik, qandakorlik va boshqa amaliy san’at turlarida zumrad ko’p ishlatiladi.

Venera sayyorasiga mansub bu tosh xushchaqchaqlik va shodlik baxsh etadi. U tosh uyqusizlikdan, sehr-jodudan saqlaydi. Umrni uzaytirishda yordam beradi, fikrni charxlaydi. Sentyabrda tug`ilganlarni zumrad soxta do’stlardan ehtiyot qiladi, ammo egasi o’zidagi yomon fe’lni yengolmasa, maydalanib ketishi, sehrli xususiyatlarini yo’qotishi mumkin.

Naql qilishlaricha, zumrad nopoklikni yoqtirmas ekan. Unga zarracha xiyonat qilinsa, o’z-o’zidan yorilib ketar ekan.
Dilnoza BOBOYEVA,
Qiziltepa tumanidagi 27-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash